Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 22.06.2001 yildagi 264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Hujjat 07.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAQD PUL MUOMALASINI MUSTAHKAMLASh VA TIJORAT BANKLARINING MASʼULIYATINI OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA- TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkazilgan tekshirishlar jarayonida sotilgan tovarlar va xizmatlar uchun olingan tushumni banklar kassalariga oʻz vaqtida topshirishdan boʻyin tovlash, tijorat banklari tomonidan hisob raqamlari ochishni kechiktirish, mehnatga haq toʻlash va boshqa xoʻjalik ehtiyojlari uchun naqd pul berishning belgilangan tartibini buzish, mijozlarning hisob raqamlariga mablagʻlarni oʻtkazish va koʻchirish boʻyicha toʻlov talabnomalari va topshiriqnomalarini oʻz vaqtida bajarmaslik hollari aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq organlari, bank muassasalari va ichki ishlar organlarining savdo tushumining toʻliq va oʻz vaqtida inkassatsiya qilinishini tashkil etish va nazorat qilish, bir qator isteʼmol tovarlari, shu jumladan tamaki va alkogolli mahsulotlar bilan noqonuniy savdo qilinishiga chek qoʻyish borasidagi oʻzaro hamkorligi sust amalga oshirilayapti. Ayrim mintaqalarda, ayniqsa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida naqd pul emissiyasining darajasi yuqoriligicha qolayotganligi mutlaqo chidab boʻlmaydigan holdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan hollar mamlakatdagi pul muomalasi jarayonlariga salbiy taʼsir etmoqda, bank tizimiga boʻlgan ishonchga putur yetkazmoqda, bankdan tashqari muomalaning oʻsishiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul muomalasini mustahkamlash, naqd pul tushumining toʻliq inkassatsiya qilinishini taʼminlash, tijorat banklarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xizmat koʻrsatish borasidagi masʼuliyatini oshirish, tijorat banklariga nisbatan ishonchni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qayd etilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, tijorat banklari tomonidan savdo tashkilotlarining kunlik tushumlari oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi, naqd pul berishning belgilangan tartibiga rioya etilishi, hisob raqamlariga mablagʻlarni oʻtkazish va koʻchirish boʻyicha toʻlov hujjatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan zarur nazorat amalga oshirilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi naqd pul tushumini oʻz vaqtida va toʻliq inkassatsiya qilishni tashkil etish, tijorat banklarining mijozlarga xizmat koʻrsatish borasidagi masʼuliyati masalalarini qoʻshma kengaytirilgan majlisda koʻrib chiqsinlar. Yoʻl qoʻyilgan har bir tartibni buzish holati batafsil tekshirilsin va aybdor shaxslar egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha qatʼiy maʼmuriy javobgarlikka tortilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, tijorat banklari va ularning hududiy boʻlinmalari, barcha darajalardagi soliq organlarining rahbarlari belgilangan naqd pul muomalasi qoidalari va normalarining soʻzsiz bajarilishi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kassa intizomiga qatʼiy rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan naqd pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan naqd pul tushumini yashirish hollari aniqlangan taqdirda soliq organining qaroriga koʻra ularga yashirilgan naqd pul tushumi miqdorida jarima solinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan savdo qilish qoidalari buzilgan, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanilmagan va naqd pul mablagʻlari bank kassalariga oʻz vaqtida topshirilmagan hollarda shaharlar va tumanlar hokimliklari soliq organlarining taqdimnomasiga koʻra chakana savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini bir oygacha muddatga toʻxtatib qoʻyadi, qoidabuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda esa ruxsatnoma bekor qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar (tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularni ulgurji yetkazib beruvchilar) tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-martdagi 125-son qarorida belgilangan xalq isteʼmol tovarlarini ulgurji sotish qoidalari buzilishi savdo qilish qoidalarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi, buning uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini jalb etish boʻyicha faoliyatni, shu jumladan depozit omonatlarning manfaatli yutuqli turlarini tashkil etish, depozit sertifikatlari chiqarishni kengaytirish yoʻli bilan faollashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning bank depozit sertifikatlari va yutuqli omonatlari boʻyicha oladigan daromadlari toʻlov manbaida soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mijozlarning, ayniqsa olis mintaqalar va qishloq aholi yashash joylaridagi mijozlarning, har kuni qamrab olinishini taʼminlovchi inkassatsiya yoʻnalishlarini kengaytirish, inkassatsiya xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha zarur kompleks chora-tadbirlar koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankning inkassatsiya xizmati naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish boʻyicha xizmatlarni vositachilik toʻlovlari undirmasdan amalga oshirsin, keyinchalik mazkur xarajatlar tijorat banklari tomonidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklariga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarda hisob raqamlarini oʻz vaqtida ochish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarga, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga, banklarning depozit hisob raqamlarida mablagʻlar mavjud boʻlganda naqd pulni oʻz vaqtida berish;
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning hisob raqamlariga mablagʻlarni oʻtkazish va koʻchirishning belgilangan tartibiga rioya etishga doir belgilangan talablarni buzganliklari uchun zarar koʻrgan tomonga bank ustav sarmoyasi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha boʻlgan miqdorda jarima toʻlash shaklidagi jazo jarimalarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, xato amalga oshirilgan elektron toʻlovlar natijasida elektron toʻlovlarni amalga oshirish va pul mablagʻlarini qaytarishning belgilangan muddatlari buzilishi bundan mustasno.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-fevraldagi 18-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 35-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi bilan birgalikda koʻrsatilgan jazo jarimalari miqdori va ularni qoʻllash tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, tijorat banklari va ular filiallarining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlari va bosh buxgalterlari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar, shu jumladan bank tomonidan toʻlangan jarima qisman ular tomonidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan mijozlarga nisbatan oʻz shartnomaviy majburiyatlari buzilishiga doir qismi boʻyicha xoʻjalik sudlarining qarorlarini koʻrib chiqish va ijro etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar va ularning mijozlari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarning hal etilishiga oid daʼvo arizalarini qabul qilish va sudda koʻrib chiqish, davlat boji toʻlashni sud muhokamasi yakunlangunga qadar kechiktirish hamda keyinchalik bojni aybdor tomondan undirib olish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda tadbirkorlik faoliyatining yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirish ruxsat etiladigan turlari mezonlari va roʻyxatini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 22-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 79-modda; 2005-y., 40-son, 307-modda; 2006-y., 6-7-son, 35-modda; 46-47-son, 458-modda; 2009-y., 22-son, 258-modda, 25-son, 288-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son; 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)