Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 05.09.2017 yildagi 696-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Hujjat 11.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-sonli “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yaxshilash, ambulatoriya-poliklinika va statsionar tibbiy yordam koʻrsatayotgan tashkilotlarning faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati oʻzining idoraviy mansub tibbiyot tashkilotlari rahbarlari va xodimlari hamda aholiga, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
696-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda tibbiyot tashkilotlari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish uchun mijozlarni yoʻllash va tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga saqlanadigan yoki imtiyozli shaxslar toifasi uchun koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tuman, viloyat va respublika miqyosidagi tibbiyot tashkilotlariga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning amal qilishi shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish tartibiga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tibbiy yordam turlari, hajmi va tibbiy yordamning sifati standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz — kasalligi bor yoki yoʻqligidan va sogʻligʻining holatidan qatʼi nazar, unga yordam koʻrsatilayotgan yoki tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning imtiyozli toifasi — ijtimoiy maqomi va/yoki ayrim kasalliklarning mavjudligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarorlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan mijozlar toifasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ambulatorida tibbiy yordam koʻrsatish — tunu kun kuzatishga muhtoj boʻlmagan mijozlarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statsionarda tibbiy yordam koʻrsatish — tunu kun kuzatish, parvarish qilish va davolashga muhtoj boʻlgan mijozlarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifoxonaga yotqizish — statsionarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun mijozni tibbiyot tashkilotiga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-tanlov komissiyasi — mijozni shifoxonaga yotqizish belgilari mavjudligini aniqlash uchun tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri) va respublika miqyosidagi tibbiyot tashkilotlarida tashkil etiladigan komissiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mijozlarni tibbiyot tashkilotlariga yoʻnaltirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun yoʻllanma olish uchun mijoz yashash joyi boʻyicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mijozlarni tibbiy yordam olishning darajasiga muvofiq tibbiy yordam olish uchun yoʻnaltirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan — tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalariga yoʻllanma beriladi. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar boʻyicha dispanser roʻyxatida turgan mijozlarga yoʻllanmalar toʻgʻridan-toʻgʻri kasallik ixtisosligi boʻyicha tegishli viloyat tibbiyot tashkilotlariga berilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari tomonidan — tibbiyot birlashmalarining tegishli statsionar boʻlinmalariga yoki viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan — respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yoʻllanma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahrida mijozlarni tibbiy yordam olish uchun yoʻllash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan — tegishli markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarga yoʻllanma beriladi. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar boʻyicha dispanser roʻyxatida turgan mijozlarga yoʻllanmalar kasallik ixtisosligi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli shahar (respublika) tibbiyot tashkilotlariga berilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalar tomonidan — shahar (respublika) darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yoʻllanma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Imtiyozli toifaga kiradigan yoʻllanma berilgan mijozlarga bepul tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida beriladigan order rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organlari mijozlarning imtiyozli toifasini bepul tibbiy yordam olish uchun oʻzining idoraviy mansub tibbiyot muassasalariga yoʻnaltirishi mumkin. Imtiyozli toifaga kiradigan mijozlarni shifoxonaga yotqizish maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror tibbiyot tashkilotining tibbiy-tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) darajasida (pullik tashkilotlar, boʻlim va palatalar bundan mustasno) — aholining (mijozlarning) barcha toifalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat (Toshkent shahri) va respublika darajalarida (pullik tashkilotlar, boʻlim va palatalar bundan mustasno) — mijozlarning imtiyozli toifalariga koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan tashqari tibbiy va boshqa yordamlar qoʻshimcha hisoblanadi va mijoz tomonidan belgilangan tartibda ularning haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida yoki notoʻgʻri qoʻyilgan tashxis yoki tibbiyot tashkilotining tibbiyot xodimlari harakatlari tufayli yuzaga kelgan asoratlar bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar tegishli tibbiyot tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Umumiy amaliyot vrachining yoʻllanmasi boʻyicha tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari tibbiyot xodimlari mijozga tegishli tibbiy yordam koʻrsatadi va keyingi davolanish tartibini quyidagicha belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam koʻrsatilishiga ehtiyoj boʻlmagan hollarda — mijoz yashash joyi boʻyicha keyinchalik ambulatoriya sharoitida davolanishi uchun tegishli tavsiyalar bilan umumiy amaliyot vrachiga qayta yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam koʻrsatilishiga ehtiyoj boʻlgan hollarda — mijozning tibbiy hujjatlari koʻrib chiqish va xulosa berish uchun tibbiyot birlashmasining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi qoshidagi tibbiy-tanlov komissiyasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozga keyinchalik shifoxona sharoitlarida tibbiy yordam koʻrsatilishi zarurligi tasdiqlangan holda — tibbiy tanlov komissiyasi xulosasi asosida mijozga tuman (shahar) yoki viloyat (Toshkent shahri) darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotiga yoʻllanma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tibbiy-tanlov komissiyasi tarkibi va tibbiy yordam koʻrsatish darajasiga bogʻliq ravishda shifoxonaga yotqizishga koʻrsatmalarni aniqlash tartibi hamda mijozlarni respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yoʻnaltiruvchi tibbiyot tashkilotlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar mijoz tibbiy yordam olish uchun tegishli yoʻllanmasiz (ordersiz) tibbiyot tashkilotiga bevosita murojaat etsa, tibbiy yordam belgilangan tartibda pullik asosda koʻrsatiladi, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladigan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tibbiy yordam olish uchun tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotiga berilgan yoʻllanma qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi, uning shakli va saqlash muddati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mijozlar tibbiyot tashkilotlariga qabul boʻlimi (registratura) tomonidan qabul qilinadi, ular mijozlarni ish tartibi, tibbiy yordamlar roʻyxati, ushbu yordamni koʻrsatish va olish shart-sharoitlari, vrach-mutaxassislar malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi bepul, tushunarli va ishonchli axborot bilan taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tibbiyot xodimlari mijozlarga ularning sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan, tekshirish natijalari, qanday kasali borligi, qanday tashxis qoʻyilganligi, kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash usullari va bu usullar bilan bogʻliq xavf-xatar, tibbiy aralashuvning ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari, amalga oshirilgan davolashning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlarning talabi boʻyicha ularga tibbiy hujjatlardan ularning salomatligi holatini aks ettiruvchi koʻchirma taqdim etiladi. Mijozlarga tibbiy hujjatlarning asl nusxalarini berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy hujjatlarning shakli, ularni toʻldirish tartibi va saqlash muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mijozlarning tibbiy hujjatlaridagi mavjud maʼlumotlar vrach siri boʻlib, u faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda mijozning roziligisiz taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mijozning oʻz kasaliga doir maʼlumotlarni bilgan holda oʻz ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozning ahvoli oʻz xohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni esa kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mijozning manfaatini koʻzlab tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini konsilium hal qiladi, basharti konsiliumga yigʻilishning imkoni boʻlmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tibbiyot tashkilotlarining rahbarlari yoʻllanmalarning toʻgʻri berilishi hamda tasdiqlangan tibbiy yordam sifati standartlariga hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga muvofiq tibbiy yordam koʻrsatilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga ajratilayotgan mablagʻlar maqsadli ishlatilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻllanmalar toʻgʻri berilishini va tasdiqlangan tibbiy yordam sifati standartlariga muvofiq tibbiy yordam koʻrsatilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizomning qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 960-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 20.06.2023-y., 07/23/196/0402-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)