Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda maʼqullangan
Ushbu Qonun davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarni amalga oshirishdagi roli va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek mahalliy Kengashlarga saylovni saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, saylovchilarning xohish-irodasiga toʻla muvofiq hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda oʻtkazish maqsadida qabul qilinmoqda.
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 99-moddadagi “shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 102-moddaning:
uchinchi qismidagi “tegishli viloyat hokimi tomonidan” degan soʻzlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismidagi “shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 2-moddaning:
yettinchi qismidagi “viloyat hokimi tomonidan” degan soʻzlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanga boʻysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
3) 21-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Shahardagi tuman” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “shahardagi tuman yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 251-moddaning:
ikkinchi qismidagi “viloyatlarda tegishli majlislar” degan soʻzlar “viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning oʻrinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari taklif etiladi”;
yettinchi qismidagi “xalq deputatlari viloyat Kengashlarining” degan soʻzlar “xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–303-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 273-modda) 10-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
5-modda. Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov — 2017-yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilsin.
6-modda. Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining saylangan deputatlari oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq 2019-yilda oʻtkaziladigan viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari boʻyicha Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining yangi tarkiblari shakllantirilguniga qadar amalga oshiradi.
7-modda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2017-yilda Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni tashkil etish va oʻtkazish uchun tuman saylov komissiyalari tuzilishini, saylov okruglarining soni belgilanishini taʼminlasin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq saylov komissiyalari tomonidan tashkil etilishi hamda oʻtkazilishi, ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishi va aholi oʻrtasida mohiyati hamda ahamiyati tushuntirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-avgust,
OʻRQ-439-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 914-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)