16.08.2017 yildagi PQ-3216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.05.2019 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ichki ishlar vazirligi) va uning taʼlim muassasalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan — xodimlarni, shu jumladan ularni xizmat faoliyatidan ajratmagan holda oʻqitish va maxsus kasbiy tayyorlash, majburiy qayta tayyorlash va doimiy malakasini oshirib borishning ichki ishlar organlari kadrlar salohiyatini oshirishga imkon beradigan sifat jihatdan yangi tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan — yoshlarda ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan dastlabki kasbiy bilim, yuksak vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishni nazarda tutadigan idoraviy oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash boʻyicha samarali tartibni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan — asosiy qismi sohaviy fanlarni oʻqitishdan tarkib topgan, shuningdek hududiy ichki ishlar organlariga bevosita chiqishni va tergov-tezkor tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etishni nazarda tutgan amaliy mashgʻulotlarni tashkil etishni oʻz ichiga olgan yangilangan taʼlim standartlar va oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan — taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibini malakali ilmiy-pedagogik, birinchi navbatda sohaviy fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan kadrlar bilan jamlash, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni oʻquv jarayoniga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan — oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni, shu jumladan situatsion mashgʻulotlarni, masofadan oʻqitish tizimini keng joriy etish, taʼlim oluvchilar va oʻqituvchilarni global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan — idoraviy taʼlim muassasalarida oʻqitish yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini amaliyot ehtiyojini hamda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish istiqbollarini inobatga olgan holda tizimli ravishda maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan — ichki ishlar organlari faoliyatida, birinchi navbatda huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyatlarni tergov qilish sohasida mavjud boʻlgan muammolar boʻyicha fundamental va amaliyotga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishi samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchidan — yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha tajriba almashish, hamkorlikdagi taʼlim dasturlarini joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibini, xorijiy tillarni oʻqitishni nazarda tutgan holda, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Akademiya kunduzgi taʼlim shakliga qabul maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat orqali kirish test sinovlarisiz amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada kadrlar tayyorlashning bir pogʻonali tizimi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklining muddati uch yilni tashkil etib, oʻrnatilgan tartibda stipendiya toʻlanadi va moddiy taʼminoti belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Akademiyada ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun sirtqi taʼlim shakli joriy etilib, unda oʻqitish muddati oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar uchun toʻrt yil, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun toʻlov-kontrakt asosida uch yilni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada kadrlar tayyorlashning bir pogʻonali tizimi dasturi boʻyicha olinadigan oliy maʼlumot magistr darajasiga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya kunduzgi taʼlim shakliga har yilgi qabul kvotasi 600 kishini, sirtqi taʼlim shakliga esa 200 nafar ichki ishlar organlari xodimlarini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya professor-oʻqituvchilari tarkibi lavozimlariga tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiya Serjantlar tarkibini tayyorlash boʻyicha oliy kurslari negizida — kasbiy tayyorgarlik fakulteti tashkil etilsin, uning asosiy faoliyat yoʻnalashlari etib, ichki ishlar organlarining serjant va ofitserlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash, shuningdek ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash uchun fuqarolik oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan shaxslarni maxsus kasbiy tayyorlash Akademiya kasbiy tayyorgarlik fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan olti oylik dastur boʻyicha amalga oshiriladi, uning yakunida “leytenant” maxsus unvoni va tegishli namunadagi diplom beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlash uchun oʻrta maxsus, kasbiy yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni maxsus kasbiy tayyorlash Akademiya kasbiy tayyorgarlik fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan besh oylik dastur boʻyicha amalga oshiriladi, uning yakunida “kichik serjant” maxsus unvoni hamda tegishli namunadagi diplom beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan 600 kishigacha kvotalar boʻyicha tanlov asosida amalga oshirilib, oʻrnatilgan tartibda stipendiya toʻlanadi va moddiy taʼminoti belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim mutaxassisliklari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim mutaxassisliklari roʻyxatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda idoraviy oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish kvotalarini koʻpaytirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiya tuzilmasida quyidagilar tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Pedagog kadrlarni tayyorlash kursi, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli ravishda yosh oʻqituvchilarni tayyorlash va oʻqituvchilik lavozimiga tayinlangan ichki ishlar organlari amaliyot xodimlarini qayta tayyorlash boʻyicha, shu jumladan respublika pedagogik oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini jalb etgan holda oʻquv kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika oliy taʼlim muassasalarida muntazam ravishda tashkil etiladigan kurslarda pedagog kadrlarning malakasi oshirishni, ularning hududiy ichki ishlar organlarida oʻqitish sohasi yoʻnalishi boʻyicha stajirovka oʻtashlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar tarkibidan yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun nomzodlarni tanlab olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Chet tillar markazi, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursantlar tomonidan chet tillarini oʻrganishi uchun shartnoma asosida mazkur sohadagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda qoʻshimcha oʻquv kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursantlarni xorijiy ilmiy-maʼrifiy tadbirlar va seminar-treninglarda ishtirok etishga, tajriba almashishga, xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirish va stajirovka oʻtashga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonida chet tillarni qoʻllash asoslari boʻyicha dasturiy oʻqitishni tashkil etish orqali oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyati boʻyicha amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, ularni takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlariga oʻta murakkab, viloyatlararo xususiyatga ega, respublikada shov-shuvga sabab boʻlgan, shu jumladan uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli ravishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha metodik va amaliy qoʻllanmalar, tavsiyalar ishlab chiqish, ulardan ichki ishlar organlari faoliyatida foydalanishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2-ilovada keltirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (keyingi oʻrinlarda — idoraviy akademik litseylar) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan yuksak vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga, dastlabki kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega aqlan va jismonan yetuk yoshlarni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga kirishlari uchun maqsadli chuqur tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi tartib oʻrnatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy akademik litseylarining oʻquv-metodik jarayonni muvofiqlashtirish, ularga amaliy jihatdan va axborot-resurslari orqali koʻmaklashish — Akademiya tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorligini taʼminlash esa — Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy akademik litseylar direktorlarining lavozimlari Akademiya kasbiy tayyorgarlik fakulteti boshligʻiga tenglashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan xodimlar bilan jamlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy akademik litseylarning maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari va oʻqituvchilar tarkibiga akademik litseylarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy akademik litseylarni zarur oʻquv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari taʼlimga ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy akademik litseylarga qabul Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadigan kvotalar boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Akademiya kunduzgi taʼlim shakliga qabul faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari tarkibidan amalga oshiriladi;
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga va Harbiy-texnika institutiga oʻqishga kirishda idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yongʻin xavfsizligi instituti yoki Harbiy-texnika institutiga oʻqishga kira olmagan idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki ishlar vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlarini boshlangʻich tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining (keyingi oʻrinlarda — oʻquv markazlari) oʻqituvchilar tarkibi — Akademiya kasbiy tayyorgarlik fakulteti oʻqituvchilar tarkibiga, ularning maʼmuriy, xoʻjalik va boshqa boʻlinmalari xodimlari esa viloyatlar ichki ishlar boshqarmalaridagi shunga oʻxshash boʻlinmalar xodimlariga tenglashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari safdorlar tarkibi xodimlarining boshlangʻich tayyorlashni, qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni oʻquv markazlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv markazlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va unga metodik rahbarlik qilish Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti bilan birgalikda Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi haqidagi takliflari maʼqullansin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirgan shaxslar — kursantlar qatoriga, sirtqi taʼlim shakliga, kasbiy tayyorgarlik fakultetiga, rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti (oliy kurslar)ga oʻqishga kirgan, shuningdek oʻquv markazlariga yuborilgan shaxslar esa — tinglovchilar qatoriga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoraviy akademik litseyi, shuningdek ushbu taʼlim muassasasiga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanlari koʻpaytirilishini nazarda tutgan holda Akademiyada oʻqitiladigan fanlar uchun yangilangan oʻquv yuklamasining hajmi tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi muammolarni tadqiq etish uchun 2018-yil 1-yanvardan boshlab Akademiyada Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ochilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrgacha 2-ilovaga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini bino va inshootlari, moddiy-texnik vositalari, oʻquv uskunalari va boshqa mulklari bilan birga, ularning maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari va oʻqituvchilar tarkibini saqlab qolgan holda, operativ boshqarish huquqi bilan bepul topshirsin, Ichki ishlar vazirligi esa ularni qabul qilib olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda idoraviy akademik litseylarga aylanayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining boʻshatilayotgan pedagog kadrlarining mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibini malaka oshirish va stajirovka oʻtashi uchun, birinchi navbatda iqtidorli ilmiy-pedagogik kadrlar qatoridan, yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga yuborishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda nomzodlarga chet tillarni oʻrgatish nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda oʻrta-maxsus, kasbiy taʼlim davlat taʼlim standarti asosida idoraviy akademik litseylarning chuqur oʻrgatilishi lozim boʻlgan mutaxassislik fanlarini nazarda tutgan holda oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab idoraviy akademik litseylarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish taʼminlasin, bunda belgilangan talablar ijrosining taʼsirchan monitoringini amalga oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli boʻlishini taʼminlash va oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirishda ularga tizimli ravishda zarur metodik va amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-noyabrgacha akademik litseylar oʻqituvchilar tarkibi ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini va yangi belgilangan talablarga mos kelishini aniqlash maqsadida attestatsiyadan oʻtkazsin va uning natijasiga koʻra lavozimlarni yuqori malakali pedagogik kadrlar bilan jamlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich oʻquvchilari belgilangan tartibda amaldagi oʻquv dasturlari va taʼlim shart-sharoitlari boʻyicha, ushbu taʼlim muassasalarining oʻquv binolarida oʻqishni yakunlanishini taʼminlasin, bunda ular yaqin atrofdagi shunga oʻxshash taʼlim yoʻnalishlaridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari roʻyxatiga kiritilib, ularning rahbariyatiga oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish yuklatilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy akademik litseylarga oʻquvchilarda ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisidagi tasavvurni hosil qilish, oʻquv dasturlarni ishlab chiqish, oʻquv mashgʻulotlarini sifatli tashkil etish va oʻtkazish masalalarida, Ichki ishlar vazirligining tajribali amaliyot xodimlari va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini jalb etgan holda, har tomonlama koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mutaxassisliklar joriy etilgani va taʼlim muddati qisqarganini inobatga olgan holda, 2017-yil 1-noyabrgacha Akademiyada kadrlarni tayyorlash boʻyicha yangilangan davlat taʼlim standartlari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga test sinovlari bekor qilinishi va idoraviy akademik litseylarda nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimi joriy etilishini inobatga olgan holda, Akademiyaga, shu jumladan sirtqi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash tartibi va oʻqishga qabul qilish qoidalarini tasdiqlashni nazarda tutadigan Hukumat qarorining loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, ikki oy muddatda moliyalashtirilishining aniq manbalarini belgilagan holda Akademiyada situatsion poligon qurish hamda Modellashtirish va simulyatsiya markazi faoliyatini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrdan boshlab ichki ishlar organlari xodimlarini masofadan, shu jumladan konferensiya aloqani qoʻllagan holda, oʻqitish tizimini joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagi rahbarlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining rahbarlari — ichki ishlar organlari xodimlarini sifatli va toʻlaqonli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari — idoraviy akademik litseylarning samarali faoliyat koʻrsatish, oʻquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida ularga zarur amaliy yordam koʻrsatish, shuningdek oʻqishga nomzodlarning xolisona va sifatli tanlab olish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaga toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladigan oʻqitishning mablagʻlari, uning budjetdan tashqari Jamgʻarmasiga jamlanadi, ularning kamida 70 foizi oʻquv va moddiy-texnik bazani rivojlantirishga, 30 foizdan oshmagan qismi esa ishda yuqori natijalarga erishgan professor-oʻqituvchilar tarkibi va oʻquv-yordamchi xodimlarni pul taʼminotining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olmaliq, Samarqand va Toshkent shahrida joylashgan oʻquv markazlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihozlash — Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, Fargʻona va Dashtobod shaharlarida esa Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab yangi kiritilgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oylik muddatda ushbu qaror talablariga muvofiq ravishda Akademiya hamda idoraviy akademik litseylarning ustavlarini, oʻquv markazlari toʻgʻrisidagi nizomini, shuningdek ularning shtat jadvalini va moddiy-texnik jihozlanish normativlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-sentabrgacha Akademiyaning kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi tasdiqlansin, bunda masofadan oʻqitish shakllari qoʻllanishi va sayyor oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi koʻzda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda idoraviy akademik litseylar oʻquvchilari uchun kiyim namunalari, shuningdek ushbu taʼlim muassasalarining oʻziga xosligini aks ettiruvchi ramziy belgilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining, birinchi navbatda huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi ehtiyojni hisobga olgan holda muammolarni ilmiy tadqiq qilishni tashkil etish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin, bunda oʻz tadqiqotlarining natijalarini amaliyotga samarali joriy etgan izlanuvchilarning ragʻbatlantirilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining Ichki ishlar vazirligiga topshirilishini hisobga olgan holda, xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy akademik litseylarda oʻquv-tarbiya jarayonining yanada yuqori tashkiliy va kasbiy darajada amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida, ularning oʻquv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 2018-yildan boshlab har yili Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xorijiy davlatlar davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3216-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim mutaxassisliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mutaxassislik nomi

Beriladigan malaka

Taʼlim shakli

Taʼlim muddati

I. Oliy maʼlumotli kadrlarni oʻqitish

1.

Tergov faoliyati

yurist

kunduzgi

3 yil

2.

Tezkor-qidiruv faoliyati

yurist

kunduzgi

3 yil

3.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati

yurist

kunduzgi

3 yil

4.

Ekspert-kriminalistik faoliyat

yurist

kunduzgi

3 yil

5.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyati

yurist

kunduzgi

3 yil

6.

Xizmat faoliyatini psixologik taʼminlash

yurist

kunduzgi

3 yil

7.

Jinoyatlarni oldini olish va fosh etish faoliyati

yurist

sirtqi

4 yil /3 yil *

71‎.

Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati‎

yurist‎

kunduzgi‎

3 yil‎

II. Rahbar kadrlarni tayyorlash

8.

Ichki ishlar organlarining boshqaruv faoliyati

menedjment

(oliy maʼlumot negizida)

1 yil

III. Kasbiy tayyorgarlik fakultetida kadrlarni oʻqitish

9.

Profilaktik faoliyati

mutaxassis

6 oy

10.

Yoʻl-patrul faoliyati

mutaxassis

6/5 oy **

11.

Migratsiyani va fuqarolikni rasmiylashtirishni taʼminlash faoliyati

mutaxassis

6/5 oy **

12.

Patrul-post faoliyati

mutaxassis

6/5 oy **

13.

Qoʻriqlash faoliyati

mutaxassis

6/5 oy **

14.

Jazoni ijro etish faoliyati

mutaxassis

6/5 oy **

15.

Maʼmuriy faoliyatni taʼminlash

mutaxassis

6/5 oy **

151‎.

Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati

mutaxassis

6/5 oy**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ichki ishlar organlarida kamida 3 yillik ish stajiga ega xodimlarning sirtqi taʼlim shaklida oʻqish muddati oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar uchun — 4 yil, oliy maʼlumotga ega boʻlganlar uchun esa 3 yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlanish uchun fuqarolik oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan shaxslarni kasbiy tayyorlash — olti oylik dastur boʻyicha, serjantlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlanish uchun — oʻrta maxsus, kasbiy va oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni kasbiy tayyorlash — besh oylik dastur boʻyicha amalga oshiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PQ-4346-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4346/3213-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga aylantiriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Oʻzgartiriladigan akademik litsey
va kasb-hunar kollejlarining nomi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining nomi

1.

Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 2-sonli Nukus akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyi

2.

Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyi

3.

Buxoro davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Buxoro akademik litseyi

4.

Jizzax pedagogik instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik litseyi

5.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyi

6.

Navoiy informatika va elektron sanoat kasb-hunar kolleji

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Navoiy akademik litseyi

7.

Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Namangan akademik litseyi

8.

Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi

9.

Guliston davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyi

10.

Termiz davlat universiteti qoshidagi 5-sonli Jarqoʻrgʻon akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Surxondaryo akademik litseyi

11.

Davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Uchtepa akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi

12.

Baytqoʻrgʻon xizmat koʻrsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2-sonli Toshkent akademik litseyi

13.

Fargʻona politexnika instituti qoshidagi 3-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Fargʻona akademik litsey

14.

Urganch davlat universiteti qoshidagi 3‑sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 844-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son, 30.05.2019-y., 07/19/4346/3213-son, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son; 22.08.2023-y., 07/23/282/0631-son; 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)