11.08.2017 yildagi PQ-3200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan — mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning huquqlariga soʻzsiz rioya etilishini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilinishini taʼminlash, xodimlarning xizmat vazifalarini lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni korrupsiya va mansab vakolatini suiisteʼmol qilish holatlarini istisno etadigan tarzda kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan — mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatdagi xulq-atvor qoidalariga rioya etish madaniyatini, bilim va maʼnaviy-ahloqiy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan qayta tarbiyalash va axloqan tuzatish jarayonini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan — fuqarolar bilan ularni jinoiy-ijroiya sohasida tashvishga solayotgan muammolarni hal etishda samarali muloqot oʻrnatish, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzviy hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan — malakali kadrlarni tanlash, ularni maxsus kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan — mehnat bozorida talabga ega boʻlgan kasblar boʻyicha asosiy hunar va umumtaʼlim dasturlarini amalga oshirish doirasida mahkumlarni, xususan voyaga yetmagan va maʼlumotga ega boʻlmaganlarni oʻqitish sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan — mahkumlarning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish va ularni ish bilan taʼminlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan — qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarishni, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarga qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faoliyatda keng qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi (keyingi oʻrinlarda — Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi) nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining boʻlinmalarini birinchi navbatda, jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobidan, tanlov va tender savdolarini oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasini tashkil etib, uni shakllantirish manbalari sifatida jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish va qishloq xoʻjalik faoliyati, shuningdek ular tomonidan xizmatlar koʻrsatish evaziga olinadigan foydasi hisobidan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi ajratmalarni belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida davlat unitar korxonalarini tashkil etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda jazoni ijro etish tizimidagi taʼlim muassasalarining faoliyatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarga ega boʻlmagan mahkumlarni, birinchi navbatda voyaga yetmaganlarni kasbiy tayyorlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutadigan takliflarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning boʻlinmalari va muassasalarining faoliyatiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqini faqat prokuratura organlariga bergan holda mahkumlarga qoʻllanilgan intizomiy jazolarni avtomatlashtirilgan hisobini yuritish tizimini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarni nazorat qilish va tekshirish boʻyicha zamonaviy texnik vositalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning boʻlinmalari va muassasalari oʻrtasida, shu jumladan mahkumlarga masofali video-uchrashuv tashkil etish imkoniyatini nazarda tutgan holda himoyalangan aloqa kanali boʻyicha videokonferensiya tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari 2023-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yil 1-noyabrga qadar 2018 — 2022-yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlarini kapital qurish va rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli parametrlar va manzilli dasturiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va texnik jihatdan qayta jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarida muayyan turdagi mahsulotlar uchun buyurtmalarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalariga ajratilgan yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yildan boshlab, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalari kommunal xarajatlarning alohida moddalarini, kelgusida esa — ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi ayrim jazoni ijro etish muassasalarini bosqichma-bosqich budjet hisobidan moliyalashtirishdan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻliq saqlab turishga oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari rahbarlari maqsadli parametrlar va manzilli dasturga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻliq amalga oshirilishi, shuningdek, Markazlashtirilgan jamgʻarmani shakllantirilishi va uning mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nazorat-taftish inspeksiyasi va boshqa sohaviy xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 2019-yil va keyingi yillarda xarajatlar smetasini tasdiqlashda majburiy tartibda Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromad va xarajatlari hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, shuningdek boʻysunuvida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab davlat grantlari asosida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olgan bitiruvchilarni keyinchalik Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning boʻlinmalari va muassasalariga ishga joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmasi boʻyicha taqsimlashni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining boʻlinmalari va muassasalari tuzilmalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Markazlashtirilgan jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda davlat unitar korxonalarni tashkil etish va yuqori malakali menedjerlarni keng jalb qilish orqali jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarish va qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning boʻlinmalari va muassasalarining ishchi va xizmatchilari shtat meʼyorlarini, lavozim nomlarini, razryad va bazaviy tarif stavkalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarining moddiy-texnika taʼminotiga boʻlgan ehtiyojini tanqidiy oʻrganish natijalari asosida ularni birinchi navbatda jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan jihozlash, shuningdek vazirlik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha kompleks choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-dekabrga qadar jazoni ijro etish muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasida jazoni oʻtash hamda afv etishni amalga oshirish tartibi va shartlari bilan tanishish uchun axborot stendlari va (yoki) xuddi shu maqsadlardagi texnik vositalar bilan jihozlanishini, shuningdek ushbu maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil yakuni boʻyicha jazoni ijro etish muassasalari davlat unitar korxonalarining ishlab chiqarish va qishloq xoʻjalik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan, shu jumladan ularning faoliyatini tahlili hamda boshqa xoʻjalik subyektlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini maqsadga muvofiqligini inobatga olgan holda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jazoni ijro etish muassasalari faoliyatining qonuniyligi ustidan, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning huquqlarini soʻzsiz taʼminlanishi, ularni saqlash tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, korrupsiya va mansabni suiisteʼmol qilish holatlarining, shu jumladan ishlab chiqarish faoliyatida samarali oldi olinishi va aniqlanishiga alohida eʼtibor qaratgan holda, qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3200-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — JIEBB) ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — mahkumlar) jazosini ijro etish, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni (keyingi oʻrinlarda — qamoqqa olingan shaxslar) saqlash, ularni qoʻriqlash va boshqa yerga koʻchirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish va tashkil etishni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV) markaziy apparatining mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. JIEBB oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. JIEBB boʻlinmalari va muassasalari tizimi quyidagilardan tashkil topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor harakat otryadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy omborxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmalari jazoni ijro etish boʻlimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiya koloniyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergov hibsxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan kasalxona.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. JIEBB oʻz faoliyatini bevosita yoki oʻz boʻlinmalari va muassasalari orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor harakat otryadi favqulodda holatlarda JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash va oʻrnatilgan tartibni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy omborxona mol-mulk, asbob-uskuna va jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni hisobga olish va saqlash, shuningdek JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari ehtiyojlari uchun asosiy vositalar, tovar-moddiy qimmatliklarni markazlashtirilgan tarzda sotib olish va tarqatish uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmalari jazoni ijro etish boʻlimlari ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazoni ijro etishni tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari va mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan kasalxonalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari quyi turuvchi boshliqlarning yuqori turuvchi boshliqlarga va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga boʻysunuvi va hisobot berishi asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. JIEBB oʻz faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. JIEBB mustaqil balansga, bank hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻzining toʻliq nomi yozilgan blank va muhrga, shtampga ega, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan taʼsis etiladigan JIEBB faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari aks ettirilgan ramzga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. JIEBBning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar JIEBBning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarga nisbatan jinoiy jazolarni ijro etish, qamoqqa olingan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlashni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida va tergov hibsxonalarida qoʻriqlash va xavfsizlikni taʼminlash, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarni tuzatish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini aniqlash va oldini olish, shuningdek ularga ozod etilganidan soʻng ijtimoiy moslashishlari uchun koʻmaklashish faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarini moliya-xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish, mahkumlarning bandligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash va joy joyiga qoʻyish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda JIEBB quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mahkumlarga nisbatan jinoiy jazolarni ijro etish, qamoqqa olingan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlashni tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarning, shuningdek ish yurituvida jinoyat ishi boʻlgan boshqa organlarning hukmlarini, ajrimlarini va qarorlarini aniq va soʻzsiz ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarning jazoni ijro etish uchun oʻz vaqtida yuborilishini, ularning joylashtirilishini, shuningdek mahkumlarning va qamoqqa olingan shaxslarning belgilangan tartibda bir jazoni ijro etish va tergov hibsxonasidan boshqasiga koʻchirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amnistiya va afv etish toʻgʻrisidagi hujjatlarni oʻz vaqtida ijrosini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarning va qamoqqa olingan shaxslarning ajratib qoʻyilishi, qoʻriqlanishi va nazorat qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlarining jinoyat ish yurituvi sohasidagi xalqaro hamkorlik bilan bogʻliq, shu jumladan chet fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan mahkumlarni topshirish (ekstraditsiya qilish) bilan bogʻliq qarorlarining ijro etilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlarining ijro etilishini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jazoni ijro etish muassasalarida va tergov hibsxonalarida qoʻriqlash va xavfsizlikni taʼminlash, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida va tergov hibsxonalarida huquq-tartibot va qonuniylikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari hududlarida boʻlgan mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning, shuningdek xodimlar (ishchilar va xizmatchilar) va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, ishlab chiqarishdagi mehnatga mahkumlarni jalb etadigan tashkilotlar obyektlarini nazorat qilishning zamonaviy muhandislik-texnik vositalaridan foydalangan holda lozim darajada qoʻriqlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning taklif, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar tomonidan jazoni ijro etish, qamoqda saqlashning belgilangan tartibiga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida tegishli belgilangan normalarga mos keladigan ushlab turish shart-sharoitlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning moddiy-maishiy taʼminotini va ularga tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etish, shuningdek mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash va ularning majburiy davolanishini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahkumlarni tuzatish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini aniqlash va oldini olish, shuningdek ularga ozod etilganidan soʻng ijtimoiy moslashishlari uchun koʻmaklashish faoliyatini tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar oʻrtasida qonunlarga itoatkorlik, shaxsga, jamiyatga, insoniy qadriyatlar va anʼanalarga nisbatan hurmatni shakllantirish, bilim va madaniy darajasini oshirishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqbuzarliklarni sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida tezkor-qidiruv faoliyatining samaradorligini tizimli ravishda tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalariga taqiqlangan predmetlarning (narkotik vositalar, psixotrop, portlovchi va zaharli moddalar, diniy-ekstremistik xarakterdagi adabiyotlar va boshqalar) kirib kelish yoʻllarini aniqlash va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar oʻrtasida huquqiy targʻibot boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarni ozod etilganidan soʻng keyinchalik ishga joylashtirish maqsadida ularni mehnat bozorida talab boʻlgan kasbni egallashlari uchun kasbga tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalaridan qochgan mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar, shuningdek manzil-koloniyalarda saqlanayotgan va ushbu muassasalar hududini oʻzboshimchalik bilan tark etgan mahkumlarni qidirish va ushlashni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarini moliya-xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish, mahkumlarning bandligini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va buxgalteriya hamda statistik hisobotlarni lozim darajada yuritish, olib borilayotgan moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini maqsadga muvofiqligi hamda qonunchilikka mosligi ustidan nazorat qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarida ishlab chiqarish hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, mol-mulkdan maqsadga muvofiq tarzda foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻriqlash, shuningdek ularni saqlanishi va oqilona ishlatilishi boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari moddiy-texnik bazasining rivojlantirilishi va takomillashtirilishini taʼminlash, ishlab chiqarish faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini, ilgʻor tajriba va texnologiyalarni, boshqaruvning yangicha usul va shakllarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ishlab chiqarish (qishloq xoʻjaligi) uchastkalarida, alohida hollarda esa boshqa korxonalarda mahkumlarning axloqiy va moddiy manfaatdorligi uchun shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan ularning ish bilan bandligini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kadrlarni tanlash va joy joyiga qoʻyish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari axborot-tahliliy ishlarini tashkillashtirish, ularning faoliyatini rejalashtirish va prognoz qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy jazoni ijro etish va qamoqda saqlash faoliyatini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha uslubiy materiallar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash va joy joyiga qoʻyish, ularni qayta tayyorlash va jangovar, jismoniy hamda ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, professional darajasini oshirish boʻyicha tadbirlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari shaxsiy tarkibining jangovar va safarbarlik tayyorgarligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarning harakatlanish uchun shayligi ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar (ishchilar va xizmatchilar) va ularning oila aʼzolarini huquqiy, ijtimoiy himoyasini hamda shaxsiy xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar oʻrtasida oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarini tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. JIEBB huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. JIEBB oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari va boshqa muassasalarning bazalaridan (shu jumladan elektron bazalaridan) axborot, statistik va boshqa materiallarni soʻrash hamda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi, davlat organlari, jamoat tashkilotlari vakillarini tarbiyaviy profilaktika tadbirlarga, mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiyasi va adaptatsiyasiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarni belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha boshqa yerga koʻchirishni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarni huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), shuningdek, tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarni maʼnaviy-axloqiy saviyasini rivojlantirish, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilayotgan shaxslarga ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatishda fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatchilik vakillari va fuqarolarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarni umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquvini taʼlim organlari bilan hamkorlikda tashkil etishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozod etilayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va ularning maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari boʻyicha ijtimoiy moslashuv markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarga malakali davolash-diagnostika va shoshilinch yordam koʻrsatish, turli xil ekspertiza va koʻrikdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash organlari bilan JIEBB va uning muassasalarining tibbiy kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ular tomonidan barcha turdagi tibbiy xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan manzil-koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarni tibbiy vositalar bilan taʼminlash masalalari yuzasidan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari bilan mahkumlarni nogironligini tasdiqlash va belgilash, ularning kasbiy mehnatga qobiliyatini yoʻqotganlik darajasini aniqlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, taʼlim, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlardan JIEBB faoliyatini tartibga soluvchi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni olish hamda tegishli organlar va tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu loyihalarni tayyorlash boʻyicha komissiyalar (ishchi guruhlar) tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB muassasalarida qonunchilikka, Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyati koʻrsatmalari va farmoyishlariga rioya etilishi yuzasidan moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning moddiy-texnik va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha takliflarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish uchun investitsiyalar (shu jumladan xorijiy) jalb qilish boʻyicha choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. JIEBB quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB boʻlinmalari va muassasalari ishi haqida zarur maʼlumotlarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. JIEBB oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. JIEBB faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. JIEBBga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — JIEBB boshligʻi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. JIEBB boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 5 nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. JIEBB boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB ishini tashkil etadi va faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda shaxsan javobgar boʻladi, oʻz oʻrinbosarlari va JIEBB tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining vakolatlarini va funksional vazifalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBBning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari, tarmoq boshqarmalari, boʻlimlari, boʻlinmalari va xizmatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni, JIEBB shaxsiy tarkibining funksional vazifalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari xodimlari (ishchilari va xizmatchilari)ni saqlash uchun budjet ajratmalari doirasida smeta xarajatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, kapital taʼmirlash, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarni mehnatidan foydalanishning istiqbolli va yillik ish rejalarini, moliyaviy rejalarni, iqtisodiy normativlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarini tezkor-xizmat, ishlab chiqarish va moliya-xoʻjalik faoliyati natijalarini, ular ishini tekshirish materiallarini, prokuratura organlari taqdimnomalari va boshqalarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarining barcha shaxsiy tarkibi bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatma va farmoyishlar, shuningdek sharh va metodik tavsiyalar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari xodimlarini (ishchi va xizmatchilari) lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan shaxslar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Toshkent shahrida joylashtirilgan JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari xodimlarini (ishchi va xizmatchilari) ragʻbatlantirish, ularga intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalasini hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida JIEBB xodimlariga mehnat taʼtil beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda JIEBB xodimlarini xizmat safariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBBning boʻlinmalari va muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar yoki JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari xodimlari (ishchilari va xizmatchilari) tomonidan yoʻl qoʻyilgan jinoyatlar, hodisalar, qonun buzilishi, xizmat va mehnat intizomi, tovar-moddiy boyliklarni oʻzlashtirish holatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazishni tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabulini amalga oshiradi, shikoyat, ariza va takliflarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarini saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan moliyaviy mablagʻlarni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni oʻtkazish uchun moliyaviy mablagʻlarni sarflash normasi va tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligiga quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari xodimlarining (ishchi va xizmatchilari) cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari tuzilmasiga va shtatlar soniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda JIEBBning boʻlinmalari va muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari rejimi turini va ularni toʻldirish limitlarini oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida turli rejim turlaridagi ajratilgan uchastkalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB boshliq oʻrinbosarlari, boʻlinmalari va muassasalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarining maxsus unvonlar berish oʻz vakolati doirasiga kirmaydigan xodimlariga maxsus unvonlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarining xodimlarini (ishchi va xizmatchilar) davlat mukofotlariga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEBB boshligʻi boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati jazoni ijro etish boʻlim boshliqlari bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati jazoni ijro etish boʻlim boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari boshliqlari JIEBB boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari boshliqlari JIEBB boshligʻi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari boshliqlari oʻrinbosarlari, shuningdek jazoni ijro etish boʻlimlari xodimlari JIEBB boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalari xodimlari JIEBB boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi JIEBB boʻlinmalari va muassasalari xodimlari tegishlicha JIEBB boshligʻi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari va mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan kasalxonalar xodimlarining xizmat muddati mehnat staji hisoblanayotgan vaqtda xizmatning bir kuni xizmatning ikki kuni deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ish yuritish va maxfiylik rejimini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar JIEBB tomonidan belgilangan tartibda mustaqil amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. JIEBB, uning boʻlinmalari va muassasalarini moddiy-texnik vositalar va boshqa mol-mulk bilan taʼminlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jazoni ijro etish muassasalari, tergov izolyatorlari hamda mahkumlar va qamoqda saqlanayotgan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarni tashkil etish va tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 838-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)