Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.08.2017 yildagi 590-son
Kuchga kirish sanasi
14.08.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 14.08.2017 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
Toshkent shahrida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | Toshkent shahrida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida |
Toshkent shahrida joylashgan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, ularning negizida yangi ishlab chiqarishlar va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlari tashkil qilish, shu asosda yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Toshkent shahrida joylashgan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, ularning negizida yangi ishlab chiqarishlar va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlari tashkil qilish, shu asosda yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Toshkent shahrida oʻtkazilgan xatlov yakunlari boʻyicha 44 ta boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. | 1. Toshkent shahrida oʻtkazilgan xatlov yakunlari boʻyicha 44 ta boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. |
2. Toshkent shahrida joylashgan, tadbirkorlik subyektlariga sotish tavsiya etiladigan hamda samarali foydalanish choralari koʻriladigan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. | 2. Toshkent shahrida joylashgan, tadbirkorlik subyektlariga sotish tavsiya etiladigan hamda samarali foydalanish choralari koʻriladigan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. |
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan. | * Ilova rus tilidagi matnda berilgan. |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar hamda Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qaror ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlarini baholash va savdolarga qoʻyish jadvallarini tasdiqlasin va oʻz vaqtida sotilishini taʼminlasin. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar hamda Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qaror ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlarini baholash va savdolarga qoʻyish jadvallarini tasdiqlasin va oʻz vaqtida sotilishini taʼminlasin. |
4. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar — obyektlarni balansida saqlovchilar, Toshkent shahri hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qarorning ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida tadbirkorlik subyektlariga sotish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasinlar. | 4. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar — obyektlarni balansida saqlovchilar, Toshkent shahri hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qarorning ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida tadbirkorlik subyektlariga sotish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasinlar. |
5. Toshkent shahri hokimligi mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan boʻsh turgan va tadbirkorlik subyektlariga sotishga tavsiya etilayotgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin. | 5. Toshkent shahri hokimligi mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan boʻsh turgan va tadbirkorlik subyektlariga sotishga tavsiya etilayotgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin. |
6. Belgilansinki, mazkur qarorning ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlarining yangi mulkdorlarga berilgunga qadar saqlanishi uchun ularning balansda saqlovchilari masʼul hisoblanadi. | 6. Belgilansinki, mazkur qarorning ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlarining yangi mulkdorlarga berilgunga qadar saqlanishi uchun ularning balansda saqlovchilari masʼul hisoblanadi. |
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov hamda Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov hamda Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2017-yil 4-avgust, | 2017-yil 4-avgust, |
590-son | 590-son |