03.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2910
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori, 03.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2910
Kuchga kirish sanasi
07.08.2017
Hujjat 07.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2910]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2017-yil 30-iyun,

53/QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. ABDUXAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-Q/Q-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017-yil 30-iyundagi 53/QQ va 20-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan akademik litseylarda boʻsh (vakant) boʻlgan oʻqituvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimiga nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Tanlov boʻsh (vakant) boʻlgan oʻqituvchi lavozimlariga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov mazkur Nizomga asosan tuziladigan Akademik litseyning oʻqituvchi lavozimiga nomzodlarni tanlab olish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademik litseylarning oʻqituvchi lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda oliy maʼlumotli va kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademik litseylarga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan oʻqituvchilar tanlovda ishtirok etmagan holda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimini egallash uchun oʻtkaziladigan tanlovda nomzodlar oʻz arizalariga asosan ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudning hukmiga koʻra pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslar tanlovga qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Akademik litseylarda oʻqituvchilar tanlovini oʻtkazish boʻyicha taxminiy savollar majmui akademik litseylardagi har bir oʻqituvchi mutaxassisligi boʻyicha alohida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlov oʻtkazishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimi boʻshagan kundan boshlab 10 kun ichida akademik litseyning manzili va murojaat etish uchun telefon raqamlari koʻrsatilgan holda boʻsh (vakant) oʻqituvchi lavozimiga tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek akademik litseyning rasmiy veb-saytida (agar mavjud boʻlsa) eʼlon beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilgan kundan boshlanadi va 20 kun davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan hujjatlarni qabul qilib olish va ularni saqlash uchun akademik litseyning kadrlar boʻyicha inspektori masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish uchun akademik litsey direktori nomiga ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi koʻrsatiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlardan mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hujjatlarni topshirgan shaxsga ularning qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish muddati tugaganda tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan nomzodlarning soni 1 nafardan oshmasa, tanlov oʻtkazilmaydi va akademik litsey tomonidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon qaytadan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlov oʻtkazish uchun akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan toq sondagi kamida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda komissiya tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya raisi — akademik litsey direktori (u boʻlmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya kotibi — akademik litseyning kadrlar boʻyicha inspektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya aʼzolari — akademik litseyning direktor oʻrinbosari, tegishli kafedra mudiri, kamida 5 yil pedagogik ish stajiga va malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov ikki bosqichda — test va suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlov nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin 10 kun ichida va har bir bosqich boʻyicha alohida kunlarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov boʻlib oʻtadigan kuni va vaqti haqida tanlov oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin komissiya kotibi tomonidan nomzodlarga xabar beriladi va bir vaqtning oʻzida akademik litseyning eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi hamda akademik litseyning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Test savollari tanlov oʻtkazilayotgan oʻqituvchi lavozimi mutaxassisligi boʻyicha tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Test savollari komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va u ularning oshkora qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov oʻtkazish uchun akademik litsey tomonidan alohida auditoriya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov oʻtkazilayotgan auditoriyaga mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nomzodga test topshiriqlarini bajarish uchun 40 ta test savoli beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Test savollarini yechish uchun 2 soat vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Nomzodlarga beriladigan test savollari kitob shaklida boʻladi va uning titul varagʻida nomzodning F.I.O., tanlov oʻtkazilgan kun, test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaxsning (shaxslarning) F.I.O. va imzosi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻgʻri javob test savoli kitobidagi test savolining oʻzida belgilanadi. Bunda test savolida berilgan variantlardan (A, B, C, D) biri havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanilgan holda doiraga olish orqali belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javoblarni belgilashda oʻchirish va tuzatishlarga hamda bir nechta javobni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida nomzodning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyada nomzodlar va komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya kotibi nomzodlarga tanlov oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzodlar test materiallarini komissiya kotibiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Komissiya aʼzolari test sinovlari oʻtkazilgandan soʻng 3 soat ichida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar soni) tegishlicha har bir nomzodning test kitobi titul varagʻiga yozib qoʻyishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Nomzodning test savollariga bergan toʻgʻri javoblari komissiya tomonidan berilgan har bir toʻgʻri javob uchun — 2,5 ball bilan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Test sinovlari natijalari test sinovlari oʻtkazilgan kunda nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Test sinovlari natijalariga koʻra 55 balldan yuqori ball toʻplagan nomzodlar test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va ular tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Suhbat tanlov oʻtkazilayotgan oʻqituvchi lavozimining mutaxassisligi va pedagogika boʻyicha savol-javob shaklida oʻtkaziladi. Bunda savollar biletida 5 ta savol beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Savollar bileti komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Nomzodlar suhbat oʻtkaziladigan auditoriyaga kiritilgan vaqtda savollar biletlari orasidan birini tanlab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Nomzodlarga savollar biletidagi savollarga tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Biletdagi savollarga belgilangan muddatdan oldin javob berish uchun tayyor boʻlgan yoki biletdagi savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod komissiya aʼzolariga oʻz biletidagi savollarni navbat bilan oʻqib eshittiradi va ushbu savollarga ogʻzaki javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Nomzodning savollarga bergan toʻgʻri javoblari komissiya tomonidan berilgan har bir toʻgʻri javob uchun — “20” ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Nomzod tomonidan savolga javob berilgandan soʻng, komissiyasining har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, oʻquvchiga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Suhbat natijalari suhbat yakunlangandan soʻng nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oʻrtacha arifmetik balli “60” balldan kam boʻlgan nomzod suhbatdan oʻtmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan (oʻrtacha arifmetik balli “60” va undan yuqori boʻlgan) nomzodlar komissiya qaroriga asosan tanlovdan oʻtgan hisoblanadi va akademik litseyning oʻqituvchisi lavozimiga tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tanlov oʻtkazish natijalari komissiya bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan nomzodlar akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga komissiya faoliyatida ishtirok etmagan akademik litsey xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod tanlov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, tanlov natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellyatsiya apellyatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 787-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 27.04.2024-y., 10/24/2910-2/0306-son)