27.07.2017 yildagi PQ-3152-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar mazmuni

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

I. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish

1.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2017-yil

avgust

-

Toshkent viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2.

Institutning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini tuzish tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish.

2017-yil

avgust

-

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

3.

Institutni yuqori malakali rahbar kadrlar bilan ta’minlash.

2017-yil

avgust

-

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

4.

Institut huzurida viloyat ta’lim muassasalarining ta’lim mazmunini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilish

2017-yil oktyabr

-

Xalq ta’limi vazirligi

5.

Institut professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida respublikaning boshqa hududlaridan taklif etilgan olim va mutaxassislarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati, jumladan Chirchiq shahrida qurilayotgan arzon uy joylardan imtiyozli shartlar asosida ehtiyojlardan kelib chiqib ajratish.

2017-2020-yillar

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari

Toshkent viloyati hokimligi,

Chirchiq shahar hokimligi

II. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash

6.

Institutga ajratilgan Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshidagi Chirchiq akademik litseyi (Chirchiq shahar, Istiqbol ko‘chasi, 2-A uy) va Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji (Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104-uy manzillari)dagi binolar va inshootlarda kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

2018-yildan boshlab

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi,
Moliya vazirligi

7.

Institut ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)ga mos ?amonaviy o‘quv laboratoriya bazasini tashkil etish.

2018-yil

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi

mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi,
Moliya vazirligi

8

Institutni elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish

2017-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

III. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining o‘quv-metodik va pedagogik kadrlar bilan ta’minlash

9.

Institutning ta’lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarini) tasdiqlangan o‘quv rejalari va fanlar dasturlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash.

2017-yil avgust

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

10.

Institutda maxsus fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishga jalb qilish uchun Toshkent davlat pedagogika universiteti va ta’lim muassasalaridan malakali pedagog kadrlar tarkibini shakllantirish.

2017-yil avgust

-

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

11.

Institutni o‘quv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan ta’minlash. Institutning axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish.

2017-yil oktyabr

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari,

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

12.

O‘zbekiston milliy va Toshkent davlat pedagogika universitetlari professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar o‘qish uchun Institutda masofadan o‘qitish elementlarini joriy etish uchun texnik, dasturiy va metodik shart-sharoitlar yaratish.

2018-yil

dekabr

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari,

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston milliy va Toshkent davlat pedagogika universitetlari

13.

Institut kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni va xo‘jalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish.

2018-2023-yillar

Davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha tushgan mablag‘lar

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

14.

Toshkent viloyatining yetakchi ta’lim muassasalari, korxonalari va tashkilotlari bilan birga qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlanmalarni tashkil etish.

2018-yildan boshlab

-

Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

15.

Institut professor-o‘qituvchilarini Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi tarmoq markazida va chet el oliy ta’lim muassasalarida malaka va tajriba orttirishlarini tashkil etish.

2018-yildan boshlab

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, “El-yurt umidi” jamg‘armasi

16.

Axborotlar, to‘plangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini ta’minlash. Institutda ma’ruzalar va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi respublika va xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlarini taklif etish.

Doimiy ravishda

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning grantlari

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

17.

Institutini elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish

2017-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)