O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
“Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2390-1]
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyuldagi 452-son “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 21-avgustdagi 118-son “Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2390, 2012-yil 19-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 38-son, 440-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyul,
153-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 764-modda)