Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.06.2000 yildagi 248-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 13.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ELEKTR ENERGIYASI UChUN OLDINDAN HAQ TOʻLASh TIZIMIGA EGA BOʻLGAN ELEKTR ENERGIYASI ELEKTRON HISOBLAGIChLAR IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yaxshilash, elektron elektr hisoblagichlarni respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish, elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash tizimini joriy etish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Isroilning “MRK Family LTD”, “NISCO” va “Balshin” kompaniyalari bilan elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash tizimiga ega boʻlgan elektron elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish, montaj qilish va xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Toshkent shahrida elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash tizimiga ega boʻlgan 100 ta elektron elektr hisoblagichlarni oʻrnatish va foydalanish boʻyicha eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash tizimiga ega boʻlgan elektron elektr hisoblagichlar va ularga dastur tuzuvchi qurilmalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining texnika-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va valyuta bilan oʻz xarajatini oʻzi taʼminlashni nazarda tutgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ekspertizaga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkil etilayotgan Oʻzbekiston — Isroil qoʻshma korxonasi dastlabki ustav jamgʻarmasining miqdori 2 mln AQSh dollarini tashkil etishi va quyidagi tartibda taqsimlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning 70 foizini yoki 1,4 mln AQSh dollarini Isroil “MRK Family LTD”, “NISCO” va “Balshin” kompaniyalarining pul mablagʻlari, elektron elektr hisoblagichlar, dastur tuzuvchi qurilmalar, nazorat-sinash uskunasi va 100 ta elektron elektr hisoblagichlar tarzidagi badali tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning 30 foizini yoki 0,6 mln AQSh dollarini “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining asosiy va aylanma mablagʻlar tarzidagi badali tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi Toshkent shahar hokimligi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahrida yilning yoz va qish davri sharoitlarida elektron elektr hisoblagichlar va elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash tizimidan foydalanish boʻyicha eksperiment oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda texnika-iqtisodiy asoslar loyihasi tasdiqlangandan soʻng uch oy muddatda 2001—2005-yillarda respublika korxonalarida butlovchi qismlarning kamida 60 foizini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning mukammal dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoʻshma korxona elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish uchun ustav jamgʻarmasiga badal sifatida keltirilgan asbob-uskuna, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzstandart” agentligi “MRK Family LTD” “NISCO” va “Balshin” kompaniyalari tomonidan keltiriladigan asbob-uskunalar va butlovchi qismlar belgilangan tartibda sertifikatsiyalanishni taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248-son