25.07.2017 yildagi 539-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabini va Muhammad Yusufning byusti oʻrnatilgan xiyobonni tashkil etish toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek sheʼriyatining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan nodir isteʼdod sohibi, Vatan kuychisi, badiiy teran, falsafiy sheʼrlari bilan xalqimiz koʻnglidan chuqur joy olgan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish hamda ularning isteʼdodlarini keng namoyon qilishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (keyingi oʻrinlarda — ijod maktabi) va Muhammad Yusufning byusti (keyingi oʻrinlarda — byust) oʻrnatilgan xiyobon tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, ijod maktabida har bir sinfdagi oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi, 7-sinflarga esa ijodiy tanlovlar, test va boshqa sinovlar asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ijod maktabining moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlar salohiyatidan hamda mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda, keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey binosining 1-qavatida 150 oʻrinli oʻquv binosini ixtisoslashtirilgan maktabga moslashtirish boʻyicha taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va uni foydalanishga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
byustning ijodiy va texnik parametrlarini ishlab chiqish hamda uni sifatli yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida byust oʻrnatilgan xiyobonni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Andijon viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ixtisoslashtirilgan maktabda taʼmirlash hamda byust oʻrnatilgan xiyobonni tashkil etish ishlarini amalga oshirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi etib — Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyihachi tashkilot etib — “Andijonfuqaroloyiha” MCHJni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchi tashkilotni, istisno tariqasida, tanlov savdolari oʻtkazilmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, maktabda taʼmirlash ishlari, byust yaratish hamda byust oʻrnatiladigan xiyobonni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini tizimli ravishda amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ijod maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uni oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida ijod maktabining taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov va Andijon viloyatining hokimi Sh.K. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 25-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
539-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 738-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)