21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2899
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining buyrugʻi, 21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2899
Kuchga kirish sanasi
25.07.2017
Hujjat 05.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2899]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
411-son

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2017-yil 20-iyundagi 411-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlikka nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya — yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya — nomzodlarning nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifat boʻyicha ekspert-auditor — mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega boʻlgan mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) ularning professional malakasi va kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, zimmasiga yuklangan vazifalar, funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini, sifatni baholash faoliyatining samaradorligini oshirish hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini berish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy maʼlumotli, muvofiqlik sertifikati va sifatni baholash sohasida uch yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan, sifatni baholash sohasida malaka oshirgan, shuningdek sertifikatlashtirishdan oʻtgan sohasi boʻyicha jami 4-marta akkreditatsiya va inspeksiya nazoratlarida ishtirok etgan mutaxassislar sifat boʻyicha ekspert-auditorlikka attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlar har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Attestatsiya haqqoniylik, davriylik, oshkoralik va xolislik prinsiplariga qatʼiy rioya qilingan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Attestatsiya mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tuziladigan Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Attestatsiya komissiyasini tuzish va faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Attestatsiya komissiyasi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bosh direktorining buyrugʻiga asosan Agentlik, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining mutaxassislari orasidan kamida toʻqqiz aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(7-band Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019-yil 14-noyabrdagi 147-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-1, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2899-1/4109-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik bosh direktori attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlikning Muvofiqlikni baholash va sifat tizimlarini joriy etish boshqarmasi attestatsiya komissiyasining ishini tashkil qiluvchi ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi organ quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtish uchun ariza topshirgan nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtish uchun ariza topshirgan nomzodlarni attestatsiya oʻtkazish joyi va kuni haqida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat oʻtkazish uchun nomzodlarga beriladigan taxminiy savollarni tuzadi va attestatsiya komissiyasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Attestatsiya komissiyasining yigʻilishi har uch oyda bir marotaba oʻtkaziladi, attestatsiyadan oʻtish uchun arizalar kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Attestatsiya komissiyasining yigʻilishi attestatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining qarori bilan qabul qilinadi. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlar taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nomzod attestatsiyadan oʻtish uchun attestatsiyadan oʻtish haqidagi ariza bilan Agentlikka murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha anketasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirmaning nusxalari. Agar nomzod xorijiy bilim yurtini tamomlagan boʻlsa, xorijiy mamlakatlarda olingan maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya va inspeksiya nazoratlarida ishtirok etganligini tasdiqlovchi buyruq nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasining ish joyidan tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma, yoki ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyidan tavsifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimni sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisidagi muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sifat boʻyicha ekspert-auditor Sifat boʻyicha ekspert-auditorning attestatsiyadan oʻtganligi haqida guvohnomaning (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin attestatsiyadan oʻtish haqidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hujjatlar kelib tushgan kunidan boshlab ikki kun muddatda attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan nomzodga attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishni rad etish asoslari koʻrsatilgan javob xati yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishni rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagilar attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etish yoki mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishni boshqa asoslar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nomzodlarni attestatsiyadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida nomzod attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlar taqdim etgan hamda attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan nomzodlar attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi, bu haqda nomzod xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan nomzod attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblanadi va unga guvohnoma berish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Attestatsiya suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohasi, shu jumladan muvofiqlikni baholash sohasida ish yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayonida berilgan savollar va nomzodning javoblari (ip oʻtkazib belgilangan tartibda tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan) maxsus jurnalda qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Attestatsiya komissiyasi nomzodning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodni attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Ovoz berish nomzodning ishtirokisiz oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan nomzodlar attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Agentlik bosh direktorining buyrugʻiga muvofiq tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirmagan Agentlik, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti, “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK va muvofiqlikni baholash organlarining mutaxassislaridan besh kishidan iborat tarkibda tuziladi.
(26-band Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019-yil 14-noyabrdagi 147-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-1, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2899-1/4109-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nomzodning arizasi (shikoyati) roʻyxatga olingan kundan boshlab yetti kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. Arizani (shikoyatni) koʻrib chiqish jarayonida nomzod ishtirok etishi mumkin. Nomzodning arizani (shikoyatni) koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etmasligi uni koʻrib chiqmaslikka asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgarishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, nomzod arizasini (shikoyatini) qanoatlantirish haqida qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi nomzodga va attestatsiya komissiyasiga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran ikki kun muddatda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Guvohnomani berish, uni qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlikka attestatsiyadan oʻtgan xodimga ikki kun muddatda ushbu Nizomga 2-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi va Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish sifat boʻyicha ekspert-auditorining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, uning arizasi asosida ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar sifat boʻyicha ekspert-auditor oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qayta rasmiylashtirilgan guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak. Oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sifat boʻyicha ekspert-auditorining arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Dublikatni berishda sifat boʻyicha ekspert-auditorga Agentlik tomonidan “Dublikat” belgisi qoʻyilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

2-ILOVA

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi)

‎‎Sifat boʻyicha ekspert-auditorning attestatsiyadan oʻtganligi haqida
‎GUVOHNOMA

__________

№____________________

(seriyasi)‎

‎‎(milliy muvofiqlik belgisi) ‎‎Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestrida quyidagi raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi:
Ushbu bilan‎ ‎‎_________________________________________________________
‎‎(sifat boʻyicha ekspert-auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi)
____________________________________________________________________________________________
‎‎“Oʻzstandart” agentligida attestatsiyadan oʻtganligi tasdiqlanadi
‎_____________________________________________________

‎‎(sifatni baholash sohasining nomi)

‎‎va u sifat boʻyicha ekspert-auditorlik faoliyatini yuritishi mumkin.
Guvohnoma ‎_______________________________‎gacha amal qiladi.

‎‎(yil, kun va oy)

‎‎Attestatsiya komissiyasi raisi: ‎‎_________________________________________________________

(imzo)‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 718-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2899-1/4109-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)