10.07.2017 yildagi 482-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy mehnat bosh boshqarmalari xodimlariga mehnat organlari tizimida uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yoʻla toʻlanadigan mukofot belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yoʻla toʻlanadigan mukofotni berish yil mobaynidagi ish yakunlariga koʻra, Xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish va mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan zarur statistik maʼlumotlarni bepul taqdim etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlik hayʼatining soni va tarkibiy roʻyxatini ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 20-apreldagi 117-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 26-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
482-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 482-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) bandlik va mehnat munosabatlari sohasidagi siyosatni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, unga boʻysunuvchi Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha mintaqaviy byurolar, Chet ellarga ishga ketayotgan fuqarolarni koʻniktirish markazlari va chet ellardagi vakolatxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari (Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi taʼsischisi hisoblanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam koʻrsatish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi,
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlari,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Axborot-kompyuter markazi “Mehnat.uz”” (Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi taʼsischisi hisoblanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Vazirlikka hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga boʻysunadilar va hisobot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning qisqartirilgan nomi davlat tilida “Mehnat vazirligi”, rus tilida “Mintruda” deb yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari, shuningdek funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Vazirlik va uning hududiy tuzilmalarining vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozoridagi haqiqiy holatni respublikamiz mintaqalari boʻyicha chuqur tahlil qilish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish va aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun ish joylari kvotasini belgilash yuzasidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarni ishga joylashtirishni taʼminlash, aholini jamoat ishlariga, birinchi navbatda, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, yoʻl va uy-joy kommunal infratuzilmasini qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilishga, shaharlar va tumanlarni obodonlashtirishga, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlarida ishtirok etishga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa, band boʻlmagan yoshlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyotning hamda mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilarini ular egallagan mutaxassisliklarga muvofiq ishga joylashtirishni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnatga doir munosabatlar, mehnat muhofazasi, kasbiy va mehnat standartlari, tender tenglikka rioya etilishi, band boʻlmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor munosabatlari sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor axborot texnologiyalarini ishga joylashtirish jarayoniga faol joriy etish, jumladan, Milliy vakansiyalar bazasini yaratish va doimiy rivojlantirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashishga koʻmaklashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bozorida zamonaviy infratuzilma va raqobat muhitini yaratish, aholi bandligini taʼminlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari, taʼlim muassasalari, nodavlat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligini taʼminlashning samarali mexanizmlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlik va mehnat muhofazasi sohasida qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash, mehnat sharoitlari ekspertizasini amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va ish beruvchilar oʻrtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari boʻyicha keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam toʻlanishi boʻyicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam taʼminlanganlikdan chiqarish yuzasidan individual dasturlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri hamda uning oʻrinbosarlari quyidagi vazifa va ustuvorliklarning amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash boʻyicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tizimli ravishda muvofiqlashtirishni, bandlikning samarali shakllarini rivojlantirishni, mehnat bozorining va aholining alohida ijtimoiy-demografik guruhlari talabini hisobga olgan holda ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmalarini shakllantirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish, mehnat organlari tomonidan aholiga va ish beruvchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ulardan qulay foydalanishni taʼminlash orqali ishsizlarni, yoshlarni, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini hamda aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozoriga birinchi marotaba kirib kelayotgan, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish va amalga oshirishda koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish, ishga joylashishga muhtoj hisoblanuvchi band boʻlmagan aholi manfaati uchun kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirishning, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlarini muvofiq ravishda koʻpaytirgan holda, samarali tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalarning manzilli ijtimoiy himoyasini hamda nafaqalar va moddiy yordam toʻlashning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda bunday oilalarni tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish hamda aholining oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlashining turli shakllarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aholi bandligini taʼminlash, mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, jamiyatni isloh qilishning maqsadi va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ilmiy-tadqiqot institutlarining zamonaviy bozor munosabatlari mexanizmlari va vositalari asosida aholi bandligini taʼminlash va mehnat bozorini izchil rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda respublika va hududlarni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlari asosida mehnat resurslarining prognoz balanslarini va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha samarali chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish oʻrinlari tashkil etishning hududiy va tarmoq dasturlarini, bandlikning samarali shaklarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmalarini, iqtisodiyotni tuzilmaviy isloh va diversifikatsiya qilish boʻyicha dasturlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlari bilan uzviy bogʻlagan holda, qisqa muddatli (bir yil), oʻrta muddatli (ikki-uch yil) va uzoq muddatli (uch yildan ortiq) davrlar uchun shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish, mehnat organlari tomonidan aholiga va ish beruvchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ulardan qulay foydalanishni taʼminlash orqali ishsizlarni, yoshlarni, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini hamda aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi bilan birgalikda, mehnat resurslari balansining prognoz parametrlari asosida, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari uchun mutaxassislar tayyorlash yuzasidan davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozorida vaziyat tang boʻlgan mintaqalarda ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha maqsadli dasturlar ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi hamda manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini tadqiq qiladi hamda uning natijalari asosida ishchi kadrlarning va oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yoʻnalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta oʻzgartirish davomida, shuningdek tashkilotlar qayta tashkil etilganda, bankrot boʻlishi va tugatilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan xodimlarni ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlik va ish oʻrinlarini tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari bilan birgalikda oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarni, shu jumladan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilarini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozoriga birinchi marotaba kirib kelayotgan, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish va amalga oshirishda koʻmaklashish, ishga joylashishga muhtoj hisoblanuvchi band boʻlmagan aholi manfaati uchun kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirishning, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlarini muvofiq ravishda koʻpaytirgan holda samarali tizimini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mehnat resurslari soni hamda tarkibini oʻrganadi, uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarda ish oʻrinlarining eng kam miqdori ajratilishi va ularga ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan aholining ayrim toifalariga mansub shaxslarning ishga qabul qilinishi masalalarini oʻrganadi va tahlil qiladi, bunday shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha tashkilotlarda kvota oʻrnatish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnat bozori va aholi bandligini tahlil qilish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining bandligi darajasi va tarkibini yanada toʻliq va xolisona baholashni taʼminlash, mehnat bozoridagi mavjud nomutanosibliklarni va ularning sabablarini, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozorining holati monitoringini tashkil etadi hamda shu asosda tarmoqlar va hududlar boʻyicha yangi ish oʻrinlari tashkil etishning yillik buyurtmalarini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, shu jumladan yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, ishdan boʻshatilgan xodimlar va aholining boshqa toifalari bandligini va ularning ishga joylashtirilishi boʻyicha maʼlumotlar shakllantirilishi va tahlil etilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishni tashkil etadi, belgilangan tartibda taqdim etiladigan boʻsh ish joylari hisobini yuritadi va ular haqidagi maʼlumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlari tashkil etish, aholini ishga joylashtirish va mehnat bozori holati jarayonlarining tizimli monitoringini yuritadi va shu asosda, aholi bandligini oshirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat migratsiyasining sabablari va omillarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda yoshlar va ish bilan band boʻlmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yoʻnalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik masalalariga doir ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) band boʻlmagan aholi va mustaqil ravishda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning hisobini yuritish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlar va ishga joylashishga muhtoj band boʻlmagan aholi hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati bilan band boʻlgan fuqarolarni hisobga olishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilik, dehqonchilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq xoʻjaligining boshqa faoliyat turlarida band boʻlgan fuqarolarning hisobini yuritish va bandligini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon va fermer xoʻjaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan mehnat kafolatlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ichki ishlar organlari bilan birgalikda vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarda, — mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasini rasmiylashtirmasdan band boʻlgan shaxslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) aholi bandligi shakllarini kengaytirish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining bandligi shakllarini kengaytirish boʻyicha, bu borada yangi shakllarni joriy etish va anʼanaviy shakllarni kengaytirishga qaratilgan, uslubiy va meʼyoriy-huquqiy asoslarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati va aholining oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlashining boshqa shakllari rivojlantirilishini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga yirik korxonalar bilan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etishni kengaytirish, shuningdek oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarida yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar mehnatidan foydalanish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etishga va rivojlantirishga, nogironlar bandligini taʼminlashda kasanachilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilariga, ularni kelgusida ish bilan taʼminlash maqsadida aniq ish beruvchilarni biriktirish boʻyicha tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanganligi tizimli monitoringini amalga oshiradi, ularni ishga joylashtirishda toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlaydi va, shu asosda, bitiruvchilarning bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar, shu jumladan umumtaʼlim maktablarining yuqori sinflari oʻquvchilari oʻrtasida, mehnat bozori va bandlikning rivojlanishi istiqbollariga mos ravishda, kelajakdagi mehnat faoliyati yoʻnalishini tanlash va kasbiy-malakaviy rejalarni shakllantirish boʻyicha axborot va kasbga yoʻnaltirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ishsizlarni, nogironlarni va aholining mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan boshqa toifalarini mehnat bozorida raqobatbardoshliklarini oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsiz fuqarolarni, nogironlarni va aholining mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan boshqa toifalarini kasb-hunarga qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil qilishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni kasb-hunarga qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni tashkil etish masalalarida davlat-xususiy tadbirkorlik hamkorligining samarali mexanizmlarini shakllantirishda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilotlarda kvotalangan ish oʻrinlarini (eng kam ish oʻrinlari sonini) belgilash boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va bunday shaxslar ishga joylashishi uchun ish beruvchilar tomonidan ish oʻrinlari ajratilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) band boʻlmagan aholini ishga joylashtirishni taʼminlash va aholi bandligiga koʻmaklashish xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga ish qidirib murojaat qilgan fuqarolarning ishga joylashishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga ishga joylashish va bandlikni taʼminlash sohasida xizmatlar koʻrsatishda nodavlat sektorining rolini oshirish va rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ishga joylashishlarida koʻmaklashish faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlariga, shu jumladan ularga uslubiy yordam koʻrsatish orqali ularning malakaviy raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashtirish sohasida, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bazasida, “yagona oyna” tamoyili asosida kompleks xizmatlar koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ofislar tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashtirish va aholi bandligini taʼminlash sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini, fuqarolarni ishga joylashtirish jarayonlarini yengillashtirish imkonini beruvchi hammabop maʼlumotlar bazasi yaratilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari faoliyatini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy qoʻllab-quvvatlash taʼminlanishini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masallari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlari tizimida ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarini tashkil etadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni “Usta-shogird” usulida kasbga yakka tartibda qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari bazasida ishsizlar va band boʻlmagan aholini (kasb-hunarga qayta tayyorlashning maxsus qisqa muddatli dasturlari boʻyicha) kasb-hunarga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda ishsizlar va band boʻlmagan aholini, mehnat bozorida talabga ega boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli kurslarining oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) jamoat ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda jamoat ishlarining hajmi va turlarini aniqlaydi va vaqtinchalik band boʻlmagan fuqarolarni yirik investitsiya loyihalarida, yoʻl va uy-joy kommunal infratuzilmasining qurilishida, ularni taʼmirlash va rekonstruksiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlarida tashkil etiladigan jamoat ishlaridagi ishtirokini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan fuqarolarning jamoat ishlaridagi ishtirokining belgilangan tartibda moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida, Gʻaznachilikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalarida ochiladigan gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlaridagi, jamoat ishlari moliyalashtiriladigan mablagʻlar jamlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) mehnatga haq toʻlash va normalashtirish, mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni normalash va ishchi kasblarining hamda mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlarining tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchilarning asosiy kasblari boʻyicha ishchilarga malaka razryadlari berish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda eng muhim ijtimoiy-mehnat normalari va normativlarining roʻyxatini aniqlaydi va ularning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ishtirokida mehnat va bandlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning mehnat sohasida ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda asosiy xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining klassifikatorini, tarmoqlararo xarakterga ega boʻlgan alohida lavozimlar va kasblar boʻyicha kasbiy-malakaviy tasniflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining tasdiqlangan Klassifikatorida koʻrsatilgan ishchi kasblari va xizmatchilar lavozimlari nomlarining ilgari normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarda ishlatilgan kasblar va lavozimlarga aynanligini va mutanosibligini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga va boshqa tashkilotlarga mehnatni normalash, zamonaviy mehnat standartlarini joriy etish, mehnatga haq toʻlashni tashkil etish, ishlar, kasblar va lavozimlarning tarif-malaka maʼlumotnomalarida aks ettirilmagan lavozimlar va ishlarni tarif setkasining tegishli razryadlariga kiritish masalalarida amaliy va uslubiy yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyotning alohida tarmoqlari va sektorlari uchun xodimlar sonining va mehnatga haq toʻlash fondining minimal normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari uchun lavozimlar kiritish va boshqaruv xodimlari, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar sonining normativlarini belgilash shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga doir takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini va mehnatga haq toʻlashni tartibga solish usullarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga haq toʻlash tizimini, yagona tarif setkasini, ish haqini tumanlar boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda ish beruvchilarning respublika darajasidagi birlashmalari oʻrtasidagi Bosh bitimni tayyorlashda va tuzishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli kasaba uyushmalari organlarining (xodimlar boshqa vakillik organlarining) hamda ish beruvchilarning (ular birlashmalarining) takliflariga koʻra tarmoq va hududiy bitimlari tuzishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomalarining, shu jumladan elektron shaklda (masofadan) tuziladigan shartnomalarning yangi shakllarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili, joriy kalendar yiliga, Ish vaqtining normasi hisobini yarim yilliklar, choraklar va oylar boʻyicha ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish vaqtini hisobga olish masalalarida tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) mehnat va mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonunchilikning bajarilishini taʼminlash masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar tomonidan, ularning tashkiliy huquqiy shakli va xoʻjalik faoliyati turidan qatʼi nazar, mehnat qonunchiligiga va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash, shuningdek mehnat sharoitlari noqulay ishlarda ishlayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar tomonidan nogironlar uchun ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirish sharoitlari taʼminlanishi yuzasidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonunchilikning bajarilishini taʼminlash maqsadida meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va aholi bandligi masalalarini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bazasining kompleks va tizimli tahlili asosida aholi bandligining oʻsishini taʼminlashdagi mavjud gʻov va toʻsiqlarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga doir huquqlarini va xodimlarning huquqiy himoyalanganligini taʼminlash boʻyicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bolalar mehnatidan foydalanish monitoringini tashkil etadi va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanishga barham berish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat muhofazasi sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat xavfsizligini taʼminlash va sharoitlarni baholash boʻyicha qonunchilik bazasini yaratish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishini va qayta koʻrib chiqilishini, ularni kelishish va tasdiqlashni tashkil qiladi, mehnat sharoitlari boʻyicha ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish yuzasidan metodik yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan mehnat muhofazasi masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi va ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq ravishda uning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni maxsus tekshirishni oʻtkazishni yoki oʻzining vakillarini bunday tekshirishlarda qatnashishini hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish materiallarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va tegishli xulosa berilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozori professional qatnashchilarining Yagona reyestrini yuritadi va ularga tegishli tartibda ularning Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozori professional qatnashchilarining Yagona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlarining va asbob-uskunalarining jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha mutaxassisning malaka sertifikatini qonunchilikda belgilangan tartibda beradi va ularning reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining takliflariga koʻra imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish, qoʻshimcha taʼtil, qisqartirilgan ish kunini belgilash boʻyicha xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning, qoʻshimcha taʼtil, qisqartirilgan ish kunida ishlash boʻyicha beriladigan imtiyozlarning amaldagi roʻyxatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat muhofazasi boʻyicha baholash natijalariga koʻra belgilangan mezonlarga muvofiq tashkilotlarni kasbiy xavflilik toifasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarda mehnat muhofazasi holati boʻyicha monitoring yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishda jarohatlanish sabablarini tahlil qiladi va davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga ularning oldini olish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat muhofazasi sohasida xizmatlar koʻrsatish bozorining malakali qatnashchilari faoliyatini, qonunchilikda belgilangan tartibda monitoring qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning mehnatga oid huquqlarini taʼminlash, mehnat va mehnat muhofazasi qonunchiligini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirish va axborot berish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar toʻlanishi boʻyicha tizimli monitoringni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalarni oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish, shuningdek oʻzini oʻzi band qilishning turli shakllarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali kam taʼminlanganlikdan chiqarish individual dasturlarini ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tijorat banklari, aholiga ijtimoiy himoya va yordam choralari koʻrsatayotgan boshqa davlat organlari, shu jumladan nodavlat notijorat organlari bilan birgalikda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalar aʼzolariga, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik shaklidagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mikrokreditlar olishida koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarining kompleks tahlili asosida aholi tashqi mehnat migratsiyasining oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini hamda norasmiy tashqi mehnat migratsiyasini keskin qisqartirish, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishning meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda va xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish va ruxsatnomalar berish masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda ishga joylashtirish va ularning mehnatga oid huquqlarini taʼminlash jarayonlarini tartibga solish boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet elda ishga joylashtirishni tashkillashtirish, chet elda ishga joylashishga nomzodlar uchun avvaldan koʻniktirish chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali, ularning chet ellarda mehnat faoliyatini yuritish boʻyicha huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun va ish beruvchilarga — xorijiy ishchi kuchini jalb etish uchun ruxsatnomalar berishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha nodavlat tashkilotlar faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini amalga oshirishga ruxsatnoma (tasdiqnoma)larning belgilangan tartibda berilishini amalga oshiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan tashkilotlarda ishlayotgan xorijiy fuqarolarning hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchidan foydalanishni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) mehnat va aholi bandligini taʼminlash sohasidagi xizmatlarning sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirishni taʼminlovchi zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona texnik siyosatni amalga oshirish, tarmoqning axborot tizimlarini yaratishda yagona usul va vositalarni qoʻllash orqali mehnat va bandlik sohasida axborot tizimi shakllantirilishi va rivojlantirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy vakansiyalar bazasini yaratadi va doimiy yangilab boradi hamda undan aholining interaktiv usulda qulay foydalanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va aholi bandligi sohasida axborot-qidiruv tizimini va interaktiv xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik masalalarida xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik sohasida oʻzaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik masalalari yuzasidan Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi va Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlari boʻyicha ish koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining, mehnat va bandlik masalalari boʻyicha tuzilgan boshqa xalqaro shartnomalar bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi, belgilangan tartibda tegishli hisobot va maʼruzalar tayyorlaydi va taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda mehnat huquqlariga rioya etilishi boʻyicha xalqaro tashkilotlar vakillarining ishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik donorlar va kredit tashkilotlarining aholi bandligini taʼminlash va mehnat muhofazasi maqsadlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlarini belgilangan tartibda jalb etishni va ulardan foydalanishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlik va mehnat munosabatlari sohasida xalqaro shartnomalarni imzolash haqida takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning tegishli tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar bilan vazirlikning vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r)aholi va ish beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot masalalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlik va ishga joylashtirish muammolarining yechimi boʻyicha fuqarolar va ish beruvchilarning fikr-mulohazalari, takliflari va qonuniy talablarini oʻrganadi va tahlil qiladi hamda, shu asosda, ularning yechimiga qaratilgan amaliy choralar boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnat organlarining yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha takliflar va amaliy choralar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sherikchilik doirasida aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga hamda mehnat va bandlik masalalari boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishi yuzasidan jamoat nazoratini takomillashtirishga ish beruvchilarni jalb etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga mehnat va mehnat muhofazasi qonunchiligini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) moliya-xoʻjalik faoliyati sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etadi va jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimida moliya ishlarini, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni mablagʻ bilan taʼminlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik idoraviy mansub tashkilotlarining shtatlar jadvallarini kelishadi, moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha balanslar va hisobotlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlarning markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalardan samarali foydalanishini taʼminlaydi, Vazirlik tizimidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) faoliyatining boshqa sohalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda qonunchilik buzilishini bartaraf etish boʻyicha zarur harakatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda oʻzining vakolati doirasida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish va ularga yordam koʻrsatishga koʻmaklashadi, jabrlangan fuqarolar huquqlarini tushuntiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi, rahbarlari va mutaxassislari attestatsiyasini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda oʻz vakolati doirasida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda aholi turmush darajasi va farovonligi yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishda va uni yanada oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bevosita oʻzi tomonidan, shuningdek hududiy boʻlinmalar va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalaridagi faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan axborotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan zarur statistik maʼlumotlarni davlat statistika organlaridan bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlari va standartlari masalalari boʻyicha qonunchilikka, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiyalar qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlarni hamda fuqaro-huquqiy shartnomalar asosida ish bajarayotgan (xizmatlar koʻrsatayotgan) shaxslarni mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq ravishda ularning sogʻligʻiga yetkazilgan zarar yuzasidan belgilangan tartibda maxsus tekshirishlarni oʻtkazish va tekshirishlarda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslarga maʼmuriy jazolar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar faoliyatini hamda mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf tugʻdiradigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar oʻz vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida, Vazirlikka va unga idoraviy mansub tuzilmalarga tegishli davlat mulkini bir tuzilmadan ikkinchisiga, belgilangan tartibda, bepul foydalanish huquqi bilan berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boʻlinmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va xonalarni sotish yoki buzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish hamda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarini joylashtirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yangi binolar, inshootlar va xonalar sotib olish, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining tuzilmasini aniqlash va shtatlar birligini va mehnatga haq toʻlash fondini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha mintaqaviy byurolar tashkil etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda — boshqa davlatlarda Vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari va idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlarini, ular tomonidan faoliyatning asosiy parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, moddiy ragʻbatlantirish tartibini, miqdorlarini va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi buyurtmalarni tender oʻtkazmasdan joylashtirish: Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ilmiy ishlar bajarish va tadqiqotlar oʻtkazishni — idoraviy mansub Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazida; sohaga oid axborot-kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va saqlashni — idoraviy mansub “Axborot-kompyuter markazi “Mehnat.uz” MCHJ”da;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni — Respublika mehnat organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish kurslarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari va idoraviy mansub tashkilotlarga uchinchi shaxslarga koʻrsatilgan pulli xizmatlar uchun toʻlovlarning tariflarini va ularning miqdorlarini belgilash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish oʻrinlari tashkil etayotgan hamda aholining ijtimoiy zaif toifalariga kiruvchi shaxslarni, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini, imkoniyati cheklangan shaxslarni, harbiy xizmatdan boʻshatilganlarni ishga joylashtirayotgan ish beruvchilarga nisbatan ijtimoiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash, ish beruvchilarni Vazirlikning faxriy nishonlari, yorliqlari va guvohnomalari bilan taqdirlash hamda ommaviy axborot vositalarida bu boradagi eng yaxshi ish beruvchilar haqida maqola va materiallarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilarning yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish borasidagi samarali faoliyatlarini ragʻbatlantirish va ijtimoiy masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida ular oʻrtasida belgilangan tartibda tanlovlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha ijtimoiy reklama mahsulotlariga buyurtma berish hamda ularni davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda va ushbu mahsulotlardan aholining keng foydalanishi imkoniyatini taʼminlovchi boshqa usullarda bepul joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarga xizmat koʻrsatish, inventarlar va xoʻjalik vositalari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikalarni saqlash va ulardan foydalanish ishlarini bajarish, dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan belgilangan tartibda, shu jumladan autsorsing shartlarida shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish yuzasidan belgilangan tartibda taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butunjahon Internet axborot tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro tashkilotlarda ifodalash hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa mamlakatlarning vakolatli tashkilotlari bilan mehnat, bandlik va mehnat migratsiyasi masalalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, zarur hollarda, davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka boshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazir oʻrinbosarlarining va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda idoraviy mansub tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va Vazirlik tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparatining xarajatlari smetasini va shtatlar jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi, Vazirlikning respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarining xarajatlari va daromadlari smetasini, shtatlar jadvallarini hisobga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, shuningdek Vazirlik idoraviy mansub tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy apparat boʻlinmalari, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni hamda Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat xodimlarini, Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy organlar rahbarlarini qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirini — Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat bosh mehnat huquq inspektorini va davlat bosh texnik inspektorini — tegishlicha — Davlat mehnat huquq inspeksiyasi hamda Mehnat muhofazasi inspeksiyasi va mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi rahbarlarini — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlarini -tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari direktorlarini — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlari jamgʻarmasining ijrochi direktorini — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mehnat huquq inspektorlarini, davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlarini — tegishli ravishda Davlat mehnat huquq inspeksiyasi va Davlat mehnat muhofazasi va sharoitlari ekspertizasi tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bandlik bosh boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini taʼminlash maqsadida Vazir rahbarning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri “Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashining raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Vazirlikning tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi va xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini tashkil etish boʻyicha Vazirlikning vakolatli organi hisoblanadi va davlat unitar korxonasi shaklida yuridik maqomga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining muassisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mehnat organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslari mehnat organlari tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha bazaviy oʻquv-metodik markaz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslari tashkilotlarning kadrlar xizmatlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni shartnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.Davlat mehnat huquq inspektorlari, mehnat muhofazasi boʻyicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari mehnatga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari boʻyicha, tegishli ravishda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining bosh mutaxassislariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosarlari, shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlik va mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda vazirlik faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tanqidiy koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlikni taʼminlash borasida qonunchilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha vazirlik va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir aniq choralar koʻrgan holda, quyi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitib borishni tashkil qilish,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ish bilan taʼminlashning hududiy va tarmoqlar dasturlarining hamda qabul qilingan Harakatlar strategiyasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha beshta ustuvor yoʻnalishlarining — mehnat bozorini tartibga solish va ijtimoiy sohani rivojlantirish qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi natijadorligini har chorakda tizimli ravishda koʻrib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro intizomi darajasini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli koʻrib chiqish, aholi bandligi va ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasidagi eng muhim muammolarni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼatning kengaytirilgan koʻchma majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, ularda bandlik, mehnat bozori, mehnat munosabatlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilishning muhim masalalarini joyida muhokama qilishni taʼminlash hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat qarorlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Vazirlik tizimini moddiy-texnik taʼminlash va xodimlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlik tizimining moddiy-texnik taʼminoti va xodimlarining mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablagʻlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vazirlik markaziy apparati va hududiy organlarining xodimlariga mehnat organlari tizimidagi uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har yillik bir yoʻla toʻlov quyidagi miqdorda amalga oshiriladi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 3 yildan 5 yilgacha — 0,5; 5 yildan 10 yilgacha — 0,8; 10 yildan 15 yilgacha — 1,0; 15 yildan ortiq — 1,5. Uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har yillik bir yoʻla toʻlov olish huquqini beradigan mehnat staji kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibda hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 482-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Bandlik jamgʻarmasi deb ataladi) bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining samarali faoliyat koʻrsatishi tadbirlarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bandlik jamgʻarmasi yuridik shaxs tashkil etmasdan respublika va mahalliy darajalarda tashkil etiladigan davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlari uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika va mahalliy darajada tashkil etilgan Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi, Gʻaznachilikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan ochiladigan uning gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlarida (keyingi oʻrinlarda Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilik hisob raqamlari deb ataladi) jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan yagona ijtimoiy toʻlov ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi uchun davlat mehnat huquqi inspektorlari va davlat mehnat muhofazasi texnik inspektorlari, shuningdek mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertizasining mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan tartibda solinadigan maʼmuriy jazolar summalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boʻlinmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va xonalarni sotishdan tushadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan, ularni baholash va sotish bilan bogʻliq aniq xarajatlardan tashqari, toʻliq hajmda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavka boʻyicha, har bir ishga yoʻllangan fuqaro uchun aniq belgilangan miqdorda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qoladigan sof foydaning muassis tomonidan belgilanadigan miqdordagi qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blankalarini sotishdan tushadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarida va boshqa moliyaviy tashkilotlarda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tegishli ravishda Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bandlik jamgʻarmasining asosiy yoʻnalishlari va ularni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Bandlik jamgʻarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozorini barqaror va muvozanatli rivojlantirishni taʼminlash, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga maqsadli yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini, shuningdek ish qidirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarga va band boʻlmagan aholiga, birinchi navbatda, yoshlar, ayollar va nogironlarga kasb-hunarga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha sifatli xizmatlar koʻrsatilishini tashkillashtirishga hamda mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir xarajatlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida (keyingi oʻrinlarda aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari deb ataladi) ish qidiruvchi va ishsiz maqomiga ega sifatida roʻyxatga olingan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlik boʻyicha nafaqalar, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda koʻchib oʻtish munosabati bilan kompensatsiyalar toʻlash, ishsizlarga moddiy yordam berish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan beriladigan stipendiyalarni toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining ayrim boʻlinmalari, vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari, ishsizlarni va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlari, ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazlarini qonunchilikka muvofiq saqlash va moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek mehnat organlarini joylashtirish uchun binolar, xonalar sotib olish, qurish, ularni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar va fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlari tashkil etish tadbirlarini mablagʻ bilan qisman taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-maʼlumotnomalar chiqarish va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash va unga haq toʻlash masalalari boʻyicha normativ-uslubiy va yoʻriqnoma materiallar ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda respublika darajasida va hududiy darajada ijtimoiy kuzatuvlarni tashkil etish va oʻtkazish, ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha aholining ayrim guruhlari oʻrtasida anketa soʻrovlari oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bilan band boʻlmagan aholiga yordam koʻrsatish, shu jumladan maslahatlar berish va kasbga yoʻnaltirishni tashkillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ish bilan taʼminlash maqsadli hududiy dasturlarini ishlab chiqishni hamda mehnat bozorida vaziyat murakkab boʻlgan tuman va shaharlarda ish oʻrinlari tashkil etishni, shu jumladan alohida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalarini tayyorlashni, xizmatlar koʻrsatish, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida obyektlar tashkil etish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirishni va arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlik va mehnat muhofazasiga taalluqli masalalar boʻyicha maslahatlar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish, maqolalar, broshyuralar, qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash va chop etish, shu jumladan video-audioroliklar va filmlar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va boshqa tadbirlarni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash va ishga joylashtirish, boʻsh ish oʻrinlari va band boʻlmagan aholining hisobini yuritish sohalarida axborot-kompyuter tizimlari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularga oid dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va texnika vositalari sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellarga ishga yuborilgan fuqarolarini ishga joylashtirishni tashkil etish va ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro loyiha va shartnomalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilikdagi shaxsiy raqamiga tushadigan mablagʻlarning 5 foizini yoʻnaltirish orqali mehnat organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash jamgʻarmasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagilarning amalga oshirilishini taʼminlaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilikdagi shaxsiy raqamida yagona ijtimoiy toʻlovdan ajratmalarni jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarga ishsizlik nafaqalarini, kompensatsiyalarni, stipendiyalarni, moddiy yordamni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida tayinlash, moliyalashtirish va toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining moliyaviy ahvolini tizimli ravishda tahlil qilish va prognozlash hamda uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona ijtimoiy toʻlovdan ajratmalar miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi davr uchun budjet buyurtmasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlarining kelgusi yil uchun prognozi loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi budjetining ijrosi boʻyicha hisobotlarni, shuningdek yiliga bir marta — Bandlik jamgʻarmasi daromadlari va uning mablagʻlaridan foydalanishning ahvoli toʻgʻrisidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining toʻlovlar subyektlari va moliyalashtirish obyektlari boʻyicha toʻliq hisobi va elektron maʼlumotlar bazasi yuritilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlik jamgʻarmasi vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bandlik jamgʻarmasining yagona ijtimoiy toʻlov va boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladigan mablagʻlarining yetmish foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tasarrufida qoladi hamda ular kelgusida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari oʻrtasida qayta taqsimlanadi, oʻttiz foizi esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tegishli hududiy bandlik bosh boshqarmalari tomonidan toʻlov hujjati orqali oʻtkazilib, markazlashgan holda respublika darajasida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Joylarda tashkil etilgan Bandlik jamgʻarmasining yetishmagan mablagʻlari Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarining respublika qismi hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, hisobot davrining yakuniga koʻra, joylarda tashkil etilgan Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamidagi qolgan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qaroriga binoan uning respublika qismiga, keyinchalik qayta taqsimlash uchun yoʻnaltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil boshida Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilikdagi shaxsiy hisobida boʻsh turgan mablagʻlari, qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining defitsitini qoplashga yoʻnaltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bandlik jamgʻarmasi daromadlari prognozini koʻrib chiqish va kelishish hamda uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har yili, lekin joriy yilning birinchi iyulidan kechikmay kelgusi yil uchun Bandlik jamgʻarmasi daromadlarining tushish manbalari va uning mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha prognozni (keyingi oʻrinlarda Bandlik jamgʻarmasi budjeti loyihasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi, ushbu prognoz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar boʻyicha Jamgʻarmaga tushum manbalari boʻyicha oʻtgan yilda haqiqatda tushgan mablagʻlar va joriy yilning birinchi yarim yilida kutilayotgan daromadlar ijrosini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasiga qonun hujjatlarida belgilangan toʻlovlar boʻyicha moliyaviy hisobot yili oxiridagi tashkilotlarning (ish beruvchilarning) hududlar boʻyicha kreditorlik qarzlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrib chiqilayotgan davr uchun tasdiqlangan prognozlarning bajarilishidan kelib chiqib, foydalanish yoʻnalishlari va hududlar boʻyicha, oʻtgan yilda Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan amalga oshirilgan xarajatlarning yakuniy koʻrsatkichlari va xarajatlar qismining joriy yilning birinchi yarim yilida kutilayotgan ijrosini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan yilgi xodimlar soni va ish haqining oʻsish surʼatlarini eʼtiborga olib, hisoblangan ish haqi fondi prognozini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan Bandlik jamgʻarmasi budjeti loyihasini koʻrib chiqishda Bandlik jamgʻarmasiga kelgusi yil uchun yagona ijtimoiy toʻlovdan ajratmalar stavkalarining prognoz qilinadigan oʻzgarishini va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar taʼsirini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bandlik jamgʻarmasining koʻrib chiqilgan va kelishilgan budjeti loyihasi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi bilan birga Budjetnoma tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bandlik jamgʻarmasi budjetining asosiy parametrlarini oʻn ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlik jamgʻarmasi budjetining asosiy parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan olingandan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari uchun, kelgusida ularning ish yakunlarini koʻrib chiqqan holda, Jamgʻarma tushumlari manbalari boʻyicha daromadlarining va uning mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha xarajatlarining kelgusi yilgi asosiy parametrlarini choraklarga boʻlgan holda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati yigʻilishlarida ular faoliyati yakunlarining koʻrib borilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Bandlik jamgʻarmasi budjetining tasdiqlangan koʻrsatkichlarini bajarish uchun Bandlik jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bandlik jamgʻarmasining ijro etuvchi organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagilar Bandlik jamgʻarmasining ijro etuvchi organlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika darajasida — Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy darajada — Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish shuʼbalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijro etuvchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari prognozini va hisobot balanslarini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlarining bajarilishi hisobini va hisobotini yuritadi, Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etuvchi tomonidan tasdiqlagandan soʻng tegishli moliya organlariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha auditni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarining tushishi va ulardan foydalanilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan qatʼiyan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishsizlarga ishsizlik nafaqalarining, kompensatsiyalar, stipendiyalar, moddiy yordam va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda hududiy mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 657-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/39/0608-son, 13.08.2018-y., 09/18/652/1702-son, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)