07.07.2017 yildagi PQ-3117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasida ilmiy-texnikaviy bazani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasida ilmiy-texnikaviy salohiyatni yanada rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikasining yangi turlarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiyaviy siyosatni olib borish, respublikaning qishloq xoʻjaligida resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan yuqori quvvatga ega qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizatsiya vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi oʻrtasida 2016-yilning 28-sentabrida mamlakatlarimiz oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash va ilgʻor texnologiyalar bilan almashishni, shuningdek, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik oʻzbek-koreya markazini tashkil etishni nazarda tutadigan Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha oʻzaro anglashuv Memorandumi (keyingi oʻrinlarda — Memorandum) imzolandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Memorandumga muvofiq Oʻzbekiston tomoni ishlab chiqarish maydonlarini va ularni rekonstruksiya qilishni, Koreya tomoni — qoʻshma markaz faoliyatini tashkil etish uchun zarur uskunalari taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan Memorandumni amalga oshirishda Oʻzbekiston tomonidan masʼul tashkilotlar etib “Oʻzagrotexmash” AJ, Koreya tomonidan — Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Texnologiyalarni rivojlantirish Koreya instituti belgilandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tarkibiy oʻzgartirishlarni taʼminlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-sonli Farmonida nazarda tutilgan “Tajribaviy ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan konstruktorlik byurosini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tuzilmasida “Agrosanoatmashinjiniring” MCHJ tashkil etildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan “Toshkent traktor zavodi” AJ kreditorlari qoʻmitasi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga, shu jumladan, “Traktor” QKB” UK va “OʻzAgrotex KB” MCHJ muvofiq aksiyadorlik jamiyatining sotilmagan va kreditorlar tomonidan talab etilmayotgan aktivlarini Toshkent shahri hokimligiga topshirish taklifi maʼkullangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiy korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Traktor” QKB” UK va “OʻzAgrotex KB” MCHJning ustav kapitallaridagi “Toshkent traktor zavodi” AJ ulushini davlat ulushini shakllantirish uchun “Oʻzagrotexmash” AJ ustav kapitaliga belgilangan tartibda topshirish orqali keyinchalik nominal narxi boʻyicha “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning ustav kapitaliga topshirish hisobiga ularni Toshkent shahri hokimligiga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrosanoatmashinjiniring” MCHJni “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta nomlash, keyinchalik unga ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktor ishlari, texnologik loyihalashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, tajriba-eksperimental ishlab chiqarish boʻyicha boʻlinmalarni oʻz ichiga olgan “Traktor” QKB” UK va “OʻzAgrotex KB” MCHJni birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agromash-BMKB” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzagrotexmash” AJ aksiyalar paketini baholash tashkiloti tomonidan belgilangan narxda Markazning ustav kapitaliga topshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasining amaliy masalalari boʻyicha ilmiy-tekshirish va innovatsiya ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurs tejovchi agrotexnologiyalar boʻyicha paxta, gʻalla, bogʻdorchilik-uzumchilik, sabzavot-dukkakli oʻsimliklarni qayta ishlash uchun zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasining yangi turlarini, shuningdek, maxsus texnikaning boshqa turlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mashinalar va uskunalarning tajriba namunalarini ishlab chiqarish uchun texnologik asbob-uskunalarni ishlab chiqish va tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq korxonalarida ularni keyinchalik joriy etish maqsadida, zamonaviy texnologiyalar va uskunalardan foydalangan holda yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi tajriba namunalarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasining yangi namunalarini sinovdan oʻtkazishni oʻz ichiga olgan tarmoqdagi ilmiy-tekshirish, innovatsiya va tajriba-konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq korxonalari va respublikaning boshqa tashkilotlari oʻrtasida ilmiy-texnikaviy kooperatsiyani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Texnologiyalarni rivojlantirish Koreya institutini hisobga olgan holda, mashinasozlik sohasidagi ilgʻor xorijiy ilmiy-tekshirish institutlari, injiniring markazlari, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Markaz qayta tashkil etilayotgan “Traktor” QKB” UK va “OʻzAgrotex KB” MCHJning intellektual mulki obyektlari, ilmiy-konstruktorlik ishlanmalari va boshqa texnik hujjatlar, shuningdek, ilmiy-texnik loyihalar va mazkur tashkilotlarning tuzilgan shartnomalarini amalga oshirishni hisobga olgan holda huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ Markazning taʼsis hujjatlarini, uning tuzilmasi, shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek, uni yuqori malakali mutaxassislar bilan butlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Koreya tomonining Memorandumiga muvofiq 2016-yilning dekabr oyida — 2017-yilning fevral oyida “Agrosanoatmashinjiniring” MCHJ manziliga 364,4 ming AQSH dollari miqdoridagi dasturiy taʼminot, hisoblash va oʻlchash uskunalari yetkazib berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya tomoni bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston — Koreya qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik Markazini tashkil etish loyihasini yanada amalga oshirish boʻyicha ishlarni davom etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning amalga oshirilib borilishi toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tarmoqda yagona texnik siyosatni samarali olib borishni taʼminlash, ilmiy-texnik va texnologik rivojlantirishda ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash, texnik va iqtisodiy asoslangan qarorlarni ishlab chiqish, shuningdek, ushbu tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari, olimlar, muhandislar va konstruktorlari, shu jumladan, manfaatdor boshqa vakillar ichidan shakllantiriladigan tegishli mahalliy va xorijiy ilmiy-tekshirish muassasalari bilan samarali oʻzaro bahamjihat harakatlarni amalga oshirish uchun “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ huzurida Ilmiy-texnikaviy kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Ilmiy-texnikaviy kengash toʻgʻrisidagi Nizomni, shuningdek, 2020-yilgacha ilmiy-tekshirish, innovatsiya va tajriba-konstruktorlik ishlarining tarmoq dasturlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz 2020-yilning 1-yanvarigacha qoʻshilgan qiymat soligʻi, mulk soligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasiga boʻlgan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markaz talabnomalariga koʻra Markaz loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan chet ellik mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz talabnomalariga koʻra Markaz loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan chet ellik mutaxassislarga davlat bojlarini undirmagan holda koʻp martalik vizalar berilishini va vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik yashash joyiga propiska qilinishini va vaqtinchalik propiska muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Markaz talabnomalariga koʻra Markaz loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun belgilangan tartibdagi ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu chet ellik fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3117-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 638-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)