06.07.2017 yildagi PQ-3115-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida bolalar buyumlari va oʻyinchoqlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonani tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining bolalar buyumlari va oʻyinchoqlariga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirish, boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish hamda talab yuqori boʻlayotgan sifatli, zamonaviy mahalliy bolalar buyumlari va oʻyinchoqlari, boshqa raqobatdosh, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 336-uyda joylashgan sobiq “Toshoʻyinchoq” zavodining maydoni 12 ming kv. metrli asosiy binolari va inshootlari hamda umumiy yer maydoni hududi 2,8 ga boʻlgan boshqa binolar va inshoot (keyingi oʻrinlarda — obyekt)lari uzoq muddat davomida boʻsh boʻlib, ishlab chiqarish liniyalari yaroqsiz holga kelib qolgan va faoliyat yuritmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hozirgi vaqtda zavodning barcha binolari va inshootlari tutash hududlari bilan birga davlat mulkiga oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni balans qiymatida xoʻjalik yuritish huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga bepul topshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik obyektni baholash kompaniyasi tomonidan belgilangan qiymat boʻyicha, sifatli, zamonaviy mahalliy bolalar buyumlari va oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish hamda investitsiyalarni jalb etish sharti bilan bankning boshqaruv kompaniyasi — “NBU INVESTMENT” MChJ mulkiga (ustav fondiga) oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda obyektni qabul qilish-topshirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, obyektni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga qabul qilish-topshirish hamda uni keyinchalik “NBU INVESTMENT” MChJning mulkiga (ustav fondiga) topshirish soliqqa tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “NBU INVESTMENT” MChJ bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-martigacha boʻlgan muddatda investitsiyalarni jalb etishni va ichki bozor kabi tashqi bozorlarda ham sotishga moʻljallangan zamonaviy mahalliy bolalar buyumlari va oʻyinchoqlari ishlab chiqarilishi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari)ni tashkillashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning but saqlanishi va oqilona foydalanilishi, obyekt negizida yaratiladigan korxonalar yangi investorlarga sotilgunga qadar ishlab chiqarish quvvatlarining yuklanishini, barqaror moliya-xoʻjalik faoliyati barqarorligini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “NBU INVESTMENT” MChJga loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt negizida 100 foizgacha ulush bilan qatnashgan holda, shu jumladan, boshqa investorlar ishtirokida korxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barpo etilayotgan korxonalarni yoki ularning ustav fondidagi ulushlarni korxonalar tiklanib borishiga qarab, yangi investorlarga mablagʻ qanday valyutada sarflangan boʻlsa shunday valyuta bilan bozor qiymatida sotish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy nochor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmonining 8-bandi obyekt hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida “NBU INVESTMENT” MChJ ishtirokida tashkil etilayotgan korxonalarga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “NBU INVESTMENT” MChJga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-martgacha obyekt hududida, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda, qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishda parallel tarzda loyihalash va moliyalashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, keyinchalik uskuna, butlovchi buyumlar, texnika va texnologiyalar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallarni sotib olish boʻyicha belgilangan tartibda import shartnomalari ekspertizasini oʻtkazgan holda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan uskunalar, butlovchi buyumlar, texnika va texnologiyalar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilarni aniqlashga, istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 6-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3115-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 612-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)