21.09.1999 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN TOVARLARGA SHTRIXLI KODLASHNI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belgiya) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamgʻalanadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavstandart” markazi tomonidan shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzstandart” agentligiga:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash tizimini joriy etish boʻyicha yagona siyosatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shtrixli kodlash tizimini qoʻllash tartibini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlarni turli manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan taʼminlash funksiyalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 1999-yil sentabr oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xoʻjaligi va savdo korxonalari vakillarini koʻrsatib oʻtilgan tizimni qoʻllash xususiyatlari bilan tanishtirish uchun “Oʻzbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli kodlash)” mavzuyida respublika seminari oʻtkazsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli kodlashni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi etiketkalar yoki oʻrash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni tamgʻalashni — 2000-yil 1-martgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa barcha tovarlarni tamgʻalashni — 2000-yil oxirigacha joriy etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, oʻz mahsulotiga “EAN International” shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari undan ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholini va tovar ishlab chiqaruvchilarni Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarni shtrixli kodlashni joriy etish tartibi, qoidalari va muddatlari toʻgʻrisida keng xabardor qilishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
438-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 438-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar — bevosita yoki ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali sotish uchun tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan va/yoki yetkazib beriladigan (isteʼmol qilish va ishlab chiqarish maqsadidagi) mehnat mahsuloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va ishlab chiqarish, savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yoxud xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtrixli kod bilan tamgʻalash — shtrixli kodni tovar birligi yuzasiga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EAN shtrixli kodi — tovar birliklarini identifikatlashtirish va ularni tamgʻalash uchun “EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi qoidalarida belgilangan oʻlchamlar bilan va joylashtirilgan holda izchil joylashtirilgan parallel shtrixlar va ular oʻrtasidagi oraliqdagi kombinatsiyalar bilan ifodalangan raqamli kod;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovarlarni EAN shtrixli kodlari bilan tamgʻalash “Oʻzstandart” agentligi, “EAN International” — tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasining standartlari va meʼyoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamgʻalanishi kerak boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlari tashkilotning va Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlariga muvofiq ishlab chiqariladigan mahsulotning shtrixli kodida foydalaniladigan tovar kodini olish uchun “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazida roʻyxatdan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari — shtrixli kodlashtirilishi kerak boʻlgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchilar “Oʻzstandart” agentligiga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Davlat reyestriga kiritish va shtrixli kodlarning original-maketlarini olish uchun davlat standartlari talablariga muvofiq mahsulotlar haqidagi axborotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik faoliyati subyekti — shtrixli kod qoʻyilgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchi buyurtmachining talabiga koʻra uni yetkazib berish boshlangunga qadar maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun buyurtmachiga mahsulotlar (tovarlar)ning asosiy isteʼmol tavsifnomalari toʻgʻrisida axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “EAN Uzbekistan” markazida roʻyxatdan oʻtkazilmagan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ishlab chiqariladigan va yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni EAN shtrixli kodlari bilan tamgʻalash huquqiga ega emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari shtrixli kodlash boʻyicha standartlar va mazkur Nizom talablarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. TOVARLARNI EAN SHTRIXLI KODLARI BILAN TAMGʻALASH
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni EAN shtrixli kodlari bilan tamgʻalash tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ushbu Nizom qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan respublikada ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlar (tovarlar) tamgʻalanadi, quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq hunarmandchiligi va mualliflik ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi buyurtmalar boʻyicha tayyorlangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meʼyoriy hujjatlarda (Davlat standartlari, tarmoq standartlari, texnik shartlar, amal qilinuvchi texnik materiallar, korxona standartlari va boshqalarda) oʻrash-joylash yoki etiketka yopishtirish nazarda tutilmagan yoxud texnik sabablarga koʻra ularda EAN shtrixli kodlarini koʻrsatish mumkin boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish yoki boshqacha oʻlchash yoʻli bilan bevosita xaridorga sotiladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik ishlov beriladigan va chakana savdoda sotilmaydigan ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar va detallar holidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba namunalar (turkumlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaga keltirilayotgan va tayyorlagan mamlakat kodiga ega boʻlgan mahsulotlar (tovarlar) bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shtrixli kodni yozib qoʻyishning texnikaviy imkoniyatini “EAN Uzbekistan” avtomatik identifikatlashtirish markazi belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahsulotlarga (tovarlarga) qoʻshimcha ishlov beradigan (qadoqlash, idishga qayta joylash va boshqalar) tadbirkorlik faoliyati subyektlari ularni EAN shtrixli kodi bilan tamgʻalashni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. TOVARLARNI ULGURJI SAVDODA TAMGʻALASH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ulgurji savdo korxonalari chakana savdoga “EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasining yoki “UCC” Shimoliy Amerika Xalqaro tashkilotining shtrixli kodlari bilan (qayta kodlashsiz) tamgʻalangan tovarlarni yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo korxonalari tayyorlovchilardan, vositachilik tashkilotlari va jismoniy shaxslardan mahsulotlar (tovarlar) yetkazib berish yuzasidan shartnomalar (kontraktlar) tuzishda mahsulotga (tovarga) va ular joylangan idishlarga roʻyxatdan oʻtkazilgan shtrixli kodlarni yozib qoʻyish toʻgʻrisidagi talabni kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ulgurji savdo korxonalari, shtrixli kodlar bilan tamgʻalanmagan mahsulotlar (tovarlar) qabul qilingan taqdirda, ularni mustaqil ravishda EAN shtrixli kodi bilan tamgʻalashni taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. TOVARLARNI CHAKANA SAVDODA SOTISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Chakana savdo korxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni (tovarlarni) sotuvchi boshqa korxonalar ulgurji va toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beruvchilardan roʻyxatdan oʻtkazilgan shtrixli kodlarsiz mahsulotlar (tovarlar)ni qabul qilish huquqiga ega emas, shtrixli kodlash muddatlari ushbu qarorda belgilangan mahsulotlar (tovarlar)ning tegishli toifasini shtrixli kodlash joriy etish boshlangungacha ulgurji savdo korxonasiga kelib tushgan mahsulot (tovar)lar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Chakana savdo korxonalari, shtrixli kodlar bilan tamgʻalanmagan mahsulotlar (tovarlar) qabul qilingan taqdirda, ularni mustaqil ravishda EAN shtrixli kodi bilan tamgʻalashni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 9-son, 56-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)