19.06.2017 yildagi PF-5087-son
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, biznes hamjamiyati va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va sog‘lom sherikchilik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlar bilan biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha dolzarb axborot almashinuvining doimiy kanalini, avvalo viloyatlar, shaharlar va tumanlarda joriy etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning amaliy natijalariga erishish, o‘zining biznesini tashkil etish va yuritishda aholiga har tomonlama ko‘mak berish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2022-y., 06/22/75/0150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
 LexUZ sharhi

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xususiy mulk muhofazasi va kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, investitsiya muhiti va ishbilarmonlik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.

Mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlarning huquqlari ustuvorligini, xususan, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlab beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.

Bugungi kunda yurtimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‘i kichik va xususiy biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ular respublikamiz mehnatga layoqatli aholisining 78 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlamoqda.

Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga, avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim etilishini ta’minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini endi boshlagan davrlarda ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni taqozo etadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarning hal etilish� nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, maqomi, yo‘nalishi va faoliyati ko‘lami, mulk shaklidan qat’i nazar, tadbirkorlik subyektlarini birlashtirib turuvchi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni avvalo tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi va biznesning qonuniy manfaatlari muhofazasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyati tubdan takomillashtirilishini nazarda tutadi.

Farmonda Savdo-sanoat palatasining quyidagi aniq va eng muhim vazifalari belgilab berilgan:

a) tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida — tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa, ularning o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, sohaning jadal rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik roli va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz tuman va shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;

vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda tahlil natijalarini tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga taqdim etish;

tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining avvalambor mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi ustidan jamoat nazoratini o‘rnatishning samarali tizimini joriy etish va ularning faoliyati bo‘yicha mustaqil baholash mezonini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat arizalari bilan murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyati monitoringini amalga oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata a’zolarining ishtirok etishi.

b) ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida — tadbirkorlikka oid qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish;

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;

tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga faol jalb qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar bo‘yicha ekspert kengashlarini tashkil etish;

tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

respublika tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi me’yorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha har chorakda tahlil o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga ularni yaxshilash bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflarni taqdim etish.

v) tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida — tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rs�tish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari va sharoitlarini taqdim etish, maslahat yordami va axborot ta’minotini taqdim etishda quyidagilar orqali ko‘maklashish:

yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarni joylashtirish uchun biznes-inkubatorlar yaratish va faoliyatini tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish;

tadbirkorlarning investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olishga ko‘maklashishini ta’minlash;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, ular faoliyati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilganida tadbirkorlik subyektlariga huquqiy va yuridik yordam ko‘rsatish;

moliyaviy va tovar-xomashyo resurslari, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, texnologik mashinalar va qurilmalar, ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, yer uchastkalaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish;

Savdo-sanoat palatasi a’zolari va hamkorlari ishtirokida jamoatchilik asosida qo‘mitalar, ishbilarmonlik va muvofiqlashtirish kengashlarini tashkil etish;

innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, “startup” loyihalar, yoshlarning, avvalambor oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarining jadal o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko‘maklashish.

g) davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida — davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari — qonunchilik, sud va ijro hokimiyatlari, shuningdek, bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa subyektlari bilan o‘zaro ha�korlikning samaradorligiga xizmat qiladigan tizimning yangi shakllarini joriy etish;

tadbirkorlik subyektlari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni samarali tashkil etishga ko‘maklashish, “to‘g‘ridan to‘g‘ri va qayta aloqa” tamoyili bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning amaliy va samarali mexanizmini yaratish;

tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash, vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish, shuningdek, ularning ijro etilishi monitoringi va tahlilini olib borish;

viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, davlat xizmatlari taqdim etuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash.

d) tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohasida — tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va shaharlarda quyidagi usullar orqali kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy kurslarini tashkil etish:

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi va uning hududiy filiallari bilan kasb-hunar kollejlari negizida mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarda o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;

markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni o‘qitish bo‘yicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish;

xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning professional malakasini doimiy oshirishda tadbirkorlarga yaqindan ko‘maklashish, hududlar va tadbirkorlik sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etish;

ta’limni tashkil etish uchun oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari, amaliyotchi-mutaxassislar, yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

e) tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida — mamlakatimizdagi tadbirkorlik subyektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta’minlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish;

biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash;

tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yo‘naltirish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ularga huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda yordam ko‘rsatish;

tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlarga har tomonlama ko‘maklashish;

ushbu muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet eldagi vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.

Davlatimiz rahbarining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash to‘g‘risidagi xulosani berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Ya’ni, tadbirkorlik sohasidagi barcha loyihalar majburiy ravishda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi zarur.

Nazorat organlari tomonidan rejalashtirilgan tekshiruvlar haqida avvaldan Savdo-sanoat palatasiga xabar berilishi, shuningdek, davlat organlari, jumladan, nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari huzurida tashkil etiladigan jamoat maslahat kengashlari tarkibiga Savdo-sanoat palatasi vakillarining kiritilishi tartibi joriy etilmoqda.

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida biznes-hamjamiyati bilan davlat organlari o‘rtasida muloqot qilishing samarali mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Farmonda Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari hamkorlikda xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining hisobotlarini tinglash nazarda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan muammoli masalalarni, biznes-g‘oyalarni hamda loyihalarni muhokama qilish bo‘yicha tizimli asosda uch�ashuvlar o‘tkazish, biznes doiralar, ilmiy hamjamiyat, Hukumat va aholi o‘rtasidagi muloqotlarga ko‘maklashish maqsadida har yili biznes-hamjamiyat, mintaqaviy va xalqaro biznes vakillarining Iqtisodiy forumini o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni hamda berilgan qo‘shimcha huquq va vakolatlarni to‘liq va samarali amalga oshirish maqsadida Farmon ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unda Savdo-sanoat palatasining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.

Xususan, Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlarining tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlarining xizmatlari, biznes-xizmatlardan bir joyda foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish va imkoniyatlarni taqdim etish orqali tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Bunda tashkil qilinayotgan Markazlarning tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmati ko‘rsatish subyektlari bilan, shuningdek, bank, lizing, sug‘urta, auditorlik, baholash, rieltorlik kompaniyalar va boshqalar kabi bozor infratuzilmasi subyektlari bilan uzviy aloqalar tashkil qilish nazarda tutilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shahrida ularning shahar va tumanlarda bo‘linmalari bilan Markazlar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, xorijiy investorlar, shuningdek, chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofaza qilishini ta’minlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tarkibida Xalqaro arbitraj sudini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Qabul qilingan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kafolat�ari kuchayishini ta’minlash, biznesni tashkil etish va yuritishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish, sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadbirkorlar bilan axborot almashinuvining samarali usulini joriy etish imkonini beradi va mamlakatimizda xususiy mulk va tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga xizmat qiladi.