05.06.2017 yildagi F-4956-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Qozogʻiston Respublikasida tashkil etilgan savdo uylari orqali tovarlar eksportini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish, Qozogʻiston Respublikasida tashkil etilgan savdo uylari orqali, shu jumladan, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahalliy tovarlarning keng turlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni tashkillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Qozogʻiston Respublikasi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan tashrifi natijalari boʻyicha erishilgan Qozogʻiston Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ilovaga muvofiq qoʻshma korxonalar (keyingi oʻrinlarda — savdo uylari deb yuritiladi) tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2017-yilning 1-iyunidan boshlab “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzvinsanoatxolding” XK, “Oʻzsanoateksport” AJ, “Oʻztreyd”AJ, “Oʻzagroeksport” AJ, shuningdek, ularning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sugʻurtalash polisini taqdim etmasdan, ustav jamgʻarmasida, mazkur tashkilotlarning umumiy ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan, ushbu qarorning ilovasida belgilangan Qozogʻiston Respublikasidagi savdo uylari manzillariga tovarlarni konsignatsiya shartlarida yetkazib berishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2005-yil, 8-son, 40-bet) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandi, quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzvinsanoatxolding” XK, “Oʻzsanoateksport” AJ, “Oʻztreyd”AJ, “Oʻzagroeksport” AJ, shuningdek, ularning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar, ustav jamgʻarmasida, mazkur tashkilotlarning umumiy ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan Qozogʻiston Respublikasidagi savdo uylari manziliga yetkazib berilishi mumkin.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-4956-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi F-4956-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar (savdo uylari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “NefteximTreyding” Oʻzbekiston-Qozogʻiston savdo uyi” MCHSH — neft-kimyo va kimyo mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish boʻyicha. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari ulushi: “Oʻzbekneftgaz” MXK — 17 foiz, “Oʻzkimyosanoat” AJ — 17 foiz, “Oʻzsanoateksport” AJ — 17 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Markaziy Osiyo savdo uyi” MCHSH — oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish boʻyicha. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari ulushi: “Oʻzagroeksport” AJ — 17 foiz, “Vinpromimpeks” MCHJ — 17 foiz, “Oʻztreyd” AJ — 17 foiz.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 462-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)