Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining
Qarori
“Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 26-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2705-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 30-iyuldagi 16, 19-mh, 33/QQ-son “Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2705, 2015-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 410-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Madaniyat vaziri M. MURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-may,
9Q/Q-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-may,
28-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUHAMEDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-may,
33/QQ-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2017-yil 3-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 405-modda)