1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar doirasida Toshkent shahrida Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlaridagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida kichik sanoat zonalari barpo etilgani va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani, ularning hududida toʻqimachilik, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika mahsulotlari, mebel, zamonaviy qurilish materiallari hamda ichki va tashqi bozorda xaridorgir boʻlgan boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 513 ta kichik korxonalar faoliyat yuritayotgani qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilning oʻzida ushbu korxonalar tomonidan 1,1 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, 140 mln AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi tovarlar eksport qilindi, 11 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi raqobatdosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalar rivojlanishini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning muhandislik kommunikatsiyalari va zarur infratuzilma bilan taʼminlangan alohida hududlarda toʻplanishini taʼminlash, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyatni mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahrida 1-ilovada keltirilgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli 10 yillik ijaraga, keyinchalik ijara muddatini yana 10 yilga uzaytirish imkoniyati bilan (loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan) ijara toʻlovining quyidagi imtiyozli stavkalari asosida beriladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maydonlari uchun — ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan, davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi miqdorida;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari uchun — qoʻshimcha koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan, Toshkent shahridagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan yer soligʻining eng kam stavkasi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ ishtirokchilariga davlat xizmatlari KSZ hududlarida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar tomonidan koʻrsatiladi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ ishtirokchilariga ular mahsulotlarini eksport qilishda koʻmaklashish maqsadida KSZ hududida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining vakolatxonalari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona soliq toʻlovini eng kam miqdordan — egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan yer soligʻining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlash toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talab KSZ direksiyasiga tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZning zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish uning chegarasiga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent shahrining shahar budjeti mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ koʻchmas mulkiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonalari tomonidan toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda KSZ tashkil etish maqsadida bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq, davlat mulki obyektlarining belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazilishini, shuningdek tarkibida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlari ulushini topshirilayotgan aktivlarning baholash qiymati summasiga tegishlicha kamaytirgan holda Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda 1-ilovaga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZ barpo etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin va ular faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish tashkilotlarini jalb qilgan holda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan KSZdan tashqaridagi zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, tegishli infratuzilmani barpo etish, shaharsozlik, sanitariya, yongʻinga qarshi, tabiatni muhofaza qilish talablariga soʻzsiz rioya etishni nazarda tutadigan tegishli loyiha-reja hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etsin va ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv, ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi (balansda saqlovchi nomidan) va KSZ hududida xizmat koʻrsatish shartnomasining namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va Toshkent shahar hokimligi rahbarlari zimmasiga KSZda joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi, tabiiy gaz (resurs va transport imkoniyatlarini hisobga olgan holda) va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorga muvofiq, tashkil etilayotgan KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektni KSZ hududida joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, ikki yil muddatga yuridik shaxslarga solinadigan mulk soligʻi va foyda soligʻi, shuningdek yagona soliq toʻlovidan (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllayotgan subyektlar uchun) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar KSZ ishtirokchilari tomonidan eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritilgandagina taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ ishtirokchisining yillik tushumi eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam boʻlsa, ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar bekor qilinadi, ularni tegishli hisobot yili uchun qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy hajmining kamida 30 foizi eksportga realizatsiya qilinganda yana ikki yilga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda qarorning ushbu bandi bilan taqdim etiladigan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda KSZ hududida tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlarni tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banklarining KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarga bank xizmatlari koʻrsatishi uchun Toshkent shahridagi KSZ hududida 2-ilovaga muvofiq, mini-banklar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklariga KSZ ishtirokchi-tashkilotlari uchun loyihaning oʻzini-oʻzi qoplanishiga qarab, jumladan, imtiyozli davrni hisobga olgan holda, uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzstandart” agentligi KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarga standartlashtirish, metrologiya, sifat menejmenti tizimlarini joriy qilish, mahsulotni sertifikatlashtirish, markirovkalash, qadoqlash masalalarida belgilangan tartibda amaliy koʻmak koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligi va tijorat banklarining Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalari Kafolat jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Kafolat jamgʻarmasi) tuzish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 50 mln AQSH dollari miqdoridagi bir martalik ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliyaviy institutlar, chet el hukumat tashkilotlari va donorlarning ulushlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafolat jamgʻarmasi tomonidan kafillik berish, boʻsh qoldiq mablagʻlarini investitsiya qilishdan tushgan daromadlar hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, Kafillik jamgʻarmasi quyidagi shartlar bajarilganda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi boʻyicha KSZ ishtirokchilariga taʼminot taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni mahalliylashtirish darajasi yil davomida kamida 60 foiz boʻlishi taʼminlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining kamida 10 foizi yil davomida eksport qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlari boʻyicha kafillik berilayotgan KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlar bir yildan kam boʻlmagan davr mobaynida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarining Kafolat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar, idora va xoʻjaliklar birlashmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan shakllantirilgan KSZda ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilishi uchun tavsiya qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxati tadbirkorlik subyektlariga yetkazishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda KSZda oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqarishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar, boʻshab yotgan va samarali foydalanilmayotgan obyektlar va yer uchastkalarini aniqlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tahlil natijalari asosida taqdim etilgan asoslangan takliflar asosida ushbu qarorning 1-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2973-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

“Sovplastital” AJ ishlab chiqarish hududi (1-IV hududlar)
9,4
71,5
“Rele va avtomatika” AJ ishlab chiqarish hududining bir qismi
1,0
5,5
5.
Bektemir kichik sanoat zonasi
Sobiq “Motor zavodi” AJ 2-hududidagi bino va inshootlar
5,0
29
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Yergeodezkadastr” qoʻmitasi tomonidan aniqlashtirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Topshirayotgan obyektlar va hududlar “Oʻzagrotexsanoatxolding” bilan aniqlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Elektr texnika va kompozit materiallar yoʻnalishida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish uchun topshirilayotgan hududlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati bilan kelishilgan holda imkoniyati cheklangan odamlar uchun ish oʻrni yaratuvchi korxonalarni joylashtirish va, istisno tariqasida, koʻchmas mulk ijarasidan tushayotgan mablagʻlarni “ Choʼtka” MCHJ hisobiga oʻtkazish uchun.