08.11.2016 yildagi 623-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 08.11.2016 yildagi 623-III-son
Kuchga kirish sanasi
08.11.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B. Zokirovga “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil yoʻllarining — shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarining holati hamda ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash istiqbollari toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 2016-yil 12-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil yoʻllarining — shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarining holati hamda ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash istiqbollari toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B. Zokirovning yozma javobini koʻrib chiqib taʼkidlaydiki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, transport tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning 8-sentabr kuni boʻlib oʻtgan parlament palatalarining qoʻshma majlisida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, shuningdek ularning ulkan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini inobatga olgan holda mamlakatimiz rahbariyati va Hukumati tomonidan avtomobil yoʻllarining — shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarining holatini yaxshilash boʻyicha muhim chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, kelgusi yillarda mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari holatiga alohida eʼtibor qaratish rejalashtirilmoqda. Xususan, 2017-yilda 2016-yilga nisbatan taqqoslanganda ularni oʻrtacha 2,7 baravardan koʻproq uzunlikda rekonstruksiya qilish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, mazkur masala aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan 15 ta oʻrtacha muddatli maqsadli dasturlardan biriga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil yoʻllarining — shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarining holati hamda ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash istiqbollari toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B. Zokirovning yozma javobi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning kelgusi yil uchun rejasini shakllantirishda avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shu jumladan “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari ijrosining oʻrganilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha mazkur sohani tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 8-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
623-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 11-son, 356-modda)