22.06.2000 yildagi 239-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOZORLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHSULOTLAR SOTISH UCHUN ZARUR SHART-SHAROITLAR YARATISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, keyingi vaqtlarda respublikada bozorlar faoliyatini tartibga soluvchi zarur meʼyoriy-huquqiy baza yaratildi, ularni tartibga keltirish, isteʼmolchilarning huquqini taʼminlash, shuningdek, bozorlarda savdoni tashkil etishni takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq shunga qaramay, bozorlarda hamon sotuvchilarning faoliyati va xaridorlar uchun maqbul sharoitlar yaratilmagan, olib-sotarlarga qarshi kurash olib borilmayapti, belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga zarur darajada rioya qilinmayapti, noqonuniy yigʻimlar undirilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, koʻpchilik hollarda bozorlar hududida mahsulotlarning sifati va isteʼmol xususiyatlarini aniqlaydigan laboratoriyalar mavjud emas, bozorlarning rahbarlarini vijdonli va sofdil mutaxassislardan tanlash ishlari boʻshashtirib yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning bir qancha tumanlari va shaharlari hokimlari bozorlar faoliyatini takomillashtirishga, savdo uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga, isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirishga zarur eʼtibor bermayaptilar, yangi savdo oʻrinlari tashkil etish va ularning moddiy bazasini mustahkamlashda zarur tashabbus koʻrsatmayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bularning barchasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan zarur nazoratning yoʻqligi oqibatida kelib chiqqan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlarda savdoni tashkil etishni tartibga solish va uning tizimini takomillashtirish, ularning moddiy bazasini mustahkamlash, xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning ushbu mahsulotlarni keltirish, saqlash va sotishlari uchun ularga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar Hamza tumani (Muhammadxoʻjayev) va Samarqand shahar Siyob tumani (Rafiqov) hokimlari bozorlar faoliyatini tashkil etish va ular ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha qoniqarsiz ishi uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Shayxontohur tumani (Odilov), Jizzax viloyati Zomin tumani (Soibnazarov), Buxoro shahar (Kamolov) hokimlariga bozorlar ishiga rahbarlik qilish ishlari boʻshashtirib yuborilgani uchun hayfsan eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Sobir Rahimov (Toshpoʻlatov), Chilonzor (Qosimov), Yakkasaroy (Mirqosimov) tumanlari, Qarshi (Qorayev), Urganch (Yusupov), Ohangaron (Rasulov), Yangiyoʻl (Qoraboyev) shaharlari hokimlariga bozorlarni nazorat qilish boʻshashtirib yuborilganligi va bozorlar hududida zarur tartib taʼminlanmaganligi qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida sanab oʻtilgan tumanlar va shaharlar hokimlari bozorlar ishini tubdan yaxshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrilmagan taqdirda ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishgacha boʻlgan javobgarlikning qatʼiy choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlarning zarur darajada ishlashini tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik respublika shaharlari va tumanlari hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda bir oy muddatda bozorlar faoliyatidagi mavjud nuqsonlarni, ularning aksiyalari paketlari amalda joylashtirilishini, dividendlar toʻlanishini, olingan daromadlar shakllantirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishining toʻgʻriligini oʻrganib chiqsinlar hamda kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha 2000-2001-yillarda har bir bozorning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturini ishlab chiqsinlar. Dasturni ishlab chiqishda har bir dehqon bozorining chegarasini aniq belgilash, avtotransport toʻxtash joylarini tashkil etish uchun zarur maydonlar ajratilishi, bozorlar hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tushirish va yuklash uchun maxsus maydonlar tashkil etish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini keltirish boʻyicha kompleks pulli xizmatlar koʻrsatish masalalari hal etilishiga alohida eʼtibor bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon bozorlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻsiqsiz keltirilishini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsuloti ortilgan avtomashinalar bozorlar hududiga kirganligi uchun haq undirmasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan shartnomalar tuzish, shu jumladan, fyuchers shartnomalari tuzish boʻyicha tashkil etilgan savdo-xarid korxonalari ishini faollashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda bozorlarning rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsinlar, uning natijalariga koʻra bozorlarning nomunosib va oʻz obroʻsini toʻkkan rahbarlarini egallab turgan lavozimlaridan qatʼiyan ravishda boʻshatsinlar, bunda ularning bozorlar maʼmuriyati tarkibidagi boshqa lavozimlarda qolishiga yoʻl qoʻymasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik yigʻimni va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirib oluvchi turgʻun punktlarning zarur darajada ishlashini taʼminlasinlar, bunda har 500 sotuvchiga (savdo oʻrniga) bitta punkt toʻgʻri kelishi, shuningdek, ularning kassa apparatlari bilan taʼminlanganligi nazarda tutilsin,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtotrans” korporatsiyasi hududiy tashkilotlari va “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati bosh boshqarmasining hududiy organlari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dehqon bozorlariga yetkazishning mavjud yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqsinlar va zaruriyat boʻlganda buning uchun qulay boʻlgan yoʻlovchi tashish va yuk avtotransportlari qatnovining yangi yoʻnalishlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandni bajarish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2000-yil 15-iyulgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bevosita ularni yetishtiruvchilar tomonidan dehqon bozorlariga belgilangan tartibda tashib keltirilishi va sotilishi borasida biron-bir cheklashlar taqiqlansin. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ularni yetishtiruvchilar tomonidan bozor hududiga erkin tashib keltirilishiga va sotilishiga toʻsqinlik qiluvchi bozorlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishgacha javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslar tomonidan respublika tashqarisiga chiqarish bojxona organlariga mahsulotni olib ketuvchi shaxs pasportini, yukning bojxona deklaratsiyasini va fitosanitariya sertifikatini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bozorlar barcha daromadlarining, shu jumladan, bir martalik yigʻimning va koʻrsatilgan xizmatlar haqining toʻliq tushishi, shuningdek, daromadlar tegishli qismining mahalliy budjetlarga oʻz vaqtida ajratilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni tashuvchi avtotransport respublikaning butun hududi boʻylab erkin harakatlanishini taʼminlasin. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tashiyotgan avtotransportning erkin harakatlanishiga noqonuniy toʻsqinlik qiluvchi mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatʼiy javobgarlikka tortilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar hududida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon bozorlari hududiga keltirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifati va isteʼmol xususiyatlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan doimiy nazoratni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda bozorlardagi barcha nazorat-oʻlchov vositalarini xatlab chiqsin hamda ular huzurida ishlab turgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalarni attestatsiyadan oʻtkazsin va ularning texnologik jihozlanganligini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bozorlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni xatlovdan oʻtkazsinlar, respublikada bozorlar tashkil qilishni, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va ular faoliyatini tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqsinlar, Hukumat qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-iyun, 2000-y.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239-son