18.05.2017 yildagi PF-5044-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, suv-energetika resurslarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanadigan gidroenergetika resurslari ulushini izchil oshirish, yangi ekologik toza energiya hosil qiluvchi quvvatlarni tashkil etish, mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq qondirishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining gidroelektrostansiyalari, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bogʻliq boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” birlashmasi negizida “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, “Oʻzbekgidroenergo” AJ Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Oʻzbekgidroenergo” AJning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, gidrotexnik inshootlardan xavfsiz va samarali foydalanishni taʼminlash, shuningdek, gidroenergetika obyektlarini markazlashtirilgan texnologik boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidroenergetika salohiyatini kompleks oʻzlashtirish asosida gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda respublikamizning energetika balansi tarkibida gidroenergetikaning ulushini koʻpaytirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik, oʻrta, kichik va mikro gidroelektrostansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida zamonaviy va har tomonlama chuqur asoslangan ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizning suv salohiyatiga tejamkorlik bilan munosabatda boʻlishni taʼminlash, gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanishda mavjud flora va faunani saqlash, shuningdek, mamlakatimizning iqlim, tabiiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini samarali boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidroenergetika sohasida oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni tizimli asosda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJ “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining gidroelektrostansiyalari, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bogʻliq boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” birlashmasi, “ToʻpolangsuvGESqurilish” MChJ, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan tuzilgan amaldagi bitimlar doirasida huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan “Oʻzbekgidroenergo” AJning dastlabki ustav kapitali gidroenergetika energiya hosil qiluvchi korxonalarining davlat ulushi nominal qiymat boʻyicha berilishi, shuningdek, “Gidroloyiha” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ va “Suvsanoatmash” AJning ustav kapitalidagi aksiyalarning davlat paketlari hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekgidroenergo” AJga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha ijro etuvchi va masʼul organ vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning gidroelektrostansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablagʻlar, faoliyat yuritayotgan gidroelektrostansiyalarni saqlab turish xarajatlarini chegirib tashlagan holda, qayta investitsiyalash yoʻli bilan Dasturda nazarda tutilgan yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltiriladi hamda yuridik shaxslarning foyda soligʻi soliq bazasidan chiqariladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning gidroelektrostansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya uchun haq toʻlash qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda isteʼmolchi jismoniy shaxslar uchun pirovard tarifning 85 foizi miqdorida shakllantiriladigan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PF-5586-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, energetika tizimi barqaror va ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekenergo” AJ:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markazi orqali “Oʻzbekgidroenergo” AJ korxonalarining tezkor-dispetcher boshqaruv masalalari umumiy muvofiqlashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 100 foiz xarid qilinishini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekgidroenergo” AJni tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya (Gʻ.I. Ibragimov) chuqur va tahliliy tanqid asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini tasdiqlash uchun bir hafta muddatda belgilangan tartibda kiritsin, unda “Oʻzbekgidroenergo” AJ va uning tarkibiga kiradigan korxonalarning faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlarini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5044-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5044-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJni tashkil etish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha Ishchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Gʻ.I. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi

Z.T. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

Sh.R. Hamroyev

qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

moliya vaziri oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

R.A. Gʻulomov

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

A.X. Abdullayev

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi

M.I. Shodiyev

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

A.A. Yoʻldoshev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

N.S. Joʻrayev

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

F.I. Salomov

“Oʻzbekenergo” AJ raisi

A.D. Nimatullayev

“Oʻzdavenergonazorat” DI boshligʻi

P.D. Soy

“Gidroproyekt” AJ direktori

A.A. Mirzayev

“Oʻzbekenergo” AJ milliy dispetcherlik markazi direktori

A.A. Vahobov

“Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ bosh direktori v.v.b.

T.V. Pavluxina

“Gidrospetsstroy” AJ direktori v.v.b.

X.K. Ishmuradov

“Suvsanoatmash” AJ raisi

Sh.Sh. Abdurazoqov

qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari ATD departamenti mudiri

J.T. Mirzamahmudov

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD departamenti mudiri, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya ishiga tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislari ham jalb etilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShARH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston gidroenergetika resurslariga boy mamlakat hisoblanadi. Bu borada respublikamizda oʻzlashtirilishi mumkin boʻlgan gidroenergetika resurslari yiliga 27,4 milliard kilovatt/soat elektr energiya ishlab chiqarish hajmiga tengligini aytishning oʻzi kifoya. Shu bilan birga, hozirgi kunda mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatining atigi 6,5 milliard kilovatt/soati yoki 23,7 foizi oʻzlashtirilgan, xolos.

Gidroenergetika resurslari tabiiy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbai boʻlgani sababli ulardan foydalanishni har tomonlama kengaytirish respublikamizning zamonaviy taraqqiyot strategiyasiga mosdir. Bu sanoat va kommunal korxonalari, qishloq xoʻjaligi va hududlarda aholining elektr energiyasiga oshib borayotgan ehtiyojini kafolatli qoplashni, mamlakatimizdagi organik yoqilgʻi zaxiralaridan oqilona foydalanish va ularni tejashni, shuningdek, atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqarilishi kamaytirilishini taʼminlaydi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston gidroenergetika sohasi 36 ta gidroelektrostansiyalarni oʻz ichiga oladi, ulardan 25 tasi 40 — 80 yil muqaddam ishga tushirilgan va oʻzining texnik resurslarini deyarli oʻtab boʻlgan, asbob-uskunalar va inshootlar modernizatsiya va rekonstruksiyaga muhtojdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisidagi PQ-2947-sonli qarori respublikamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi gidroenergetik resurslar ulushini oshirish, yangi ekologik toza ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlash maqsadida qabul qilindi.

Aytish joizki, gidroelektrostansiyalarning umumiy sonidan yiliga oʻrtacha 5,2 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega 28 tasi “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiradi, yiliga oʻrtacha 1,3 mil�iard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega 8 ta gidroelektrostansiya esa Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi “Oʻzsuvenergo” birlashmasi tasarrufidadir. Bu kabi boʻlinish pirovardida gidroenergetika sohasini texnik boshqarishning zaruriy yaxlitligini taʼminlamaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan mamlakatimizning suv-energetika resurslarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, gidroenergetikani rivojlantirishga izchil ravishda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilishini taʼminlash maqsadida ilgari “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” birlashmasiga qarashli boʻlgan barcha gidroelektrostansiyalarni birlashtiruvchi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish koʻzda tutilgan.

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati zimmasiga quyidagi muhim vazifalar yuklanmoqda:

gidroelektrostansiyalarda elektr energiya ishlab chiqarish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, gidrotexnik inshootlardan xavfsiz va samarali foydalanishni taʼminlash, shuningdek, gidroenergetika obyektlarini markazlashtirilgan texnologik boshqarish;

gidroenergetika salohiyatini kompleks oʻzlashtirish asosida gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda respublikamizning energetika balansi tarkibida gidroenergetikaning ulushini koʻpaytirishni taʼminlash;

yirik, oʻrta, kichik va mikro gidroelektrostansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida zamonaviy va har tomonlama chuqur asoslangan ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

yangi gidroelektrostansiyalar quri� va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

respublikamizning suv salohiyatiga tejamkorlik bilan munosabatda boʻlishni taʼminlash, gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanishda mavjud flora va faunani saqlash, shuningdek, mamlakatimizning iqlim, tabiiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini samarali boshqarish;

gidroenergetika sohasida oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni tizimli asosda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Oʻz navbatida, “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi va masʼul organ funksiyalari yuklatilganligini taʼkidlash lozim.

Mamlakatimiz energetika tizimining barqaror va ishonchli faoliyatini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining quyidagi huquqlari saqlab qolindi:

mavjud Milliy dispetcherlik markazi orqali “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati korxonalarini tezkor-dispetcherlik boshqarish masalalarini yaxlit muvofiqlashtirish;

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yuz foiz xarid qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon ijrosi doirasida qabul qilingan “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tashkil etilayotgan “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining tuzilmasi tasdiqlandi va uning ustav jamgʻarmasini shakllantirish va taʼsis hujjatlarini tasdiqlash bilan bogʻliq tegishli topshiriqlar berildi.

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga respublikamizda va xorijda, jumladan, yetakchi xorijiy injiniring, konsalting va qurilish kompaniyalari bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun konsorsiumlar va ixtisoslashgan shuʼba korxonalar tashkil etishga ruxsat berildi.

Qabul qilingan qaror bilan “Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyati “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish borasida bosh loyihalovchi etib belgilandi, “ToʻpolangsuvGESqurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga esa xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalaridan tashqari “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha bosh pudratchi funksiyalari yuklandi.

Oʻz navbatida, “Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyatiga “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan holda, gidroenergetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun eng yaxshi mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha va injiniring tashkilotlarini, shuningdek, yetakchi mutaxassislar va ekspertlarni, subpudratchilar sifatida ularning ishini muvofiqlashtirgan holda, shartnoma asosida jalb etish huquqi berildi.

Gidroenergetika sohasining oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli, kasb-hunarga ega malakali kadrlarga boʻlgan talabini aniqlash va ularni respublikamizning oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, tayyorlash boʻyicha masʼul organ funksiyalari “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga yuklandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi xamda “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda bajarish uchun quyidagi topshiriqlar berildi:

gidroenergetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy maʼlumot yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoʻnalishlari, kasblari va mutaxassisliklari roʻyxatini hamda ularni tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini aniq belgilash;

gidroelektrostansiyalarda, gidrotexnika va gidroenergetika bilan bogʻliq korxona va tashkilotlarda majburiy oʻqish, amaliyot va tajriba oʻtashni kiritgan holda, taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini zamonaviy talablar va xalqaro tajriba asosida tanqidiy qayta koʻrib chiqish;

har yili ixtisoslashtirilgan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish davomida 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Dastur amalga oshirilishini inobatga olgan holda, gidroenergetika sohasining malakali mutaxassislarga boʻlgan haqiqiy talabini nazarda tutish;

oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tanlagan kasblari va mutaxassisliklari boʻyicha gidroenergetika sohasidagi korxona va tashkilotlarda ish bilan taʼminlanishlari ustidan nazorat, shuningdek, birinchi navbatda, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlari javobgarligini oshirishning amaliy mexanizmlarini taʼminlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan Farmoni va qarori amalga oshirilishi quyidagilarga imkon yaratadi:

birinchidan, respublikamizda mavjud barcha gidroelektrostansiyalarning moddiy-texnik bazasini va ularga xizmat koʻrsatuvchi qurilish, montaj, taʼmirlash, sozlash, ilmiy-loyihalashtirish tashkilotlarini yagona gidroenergetika sohasiga birlashtirish;

ikkinchi�an, elektr energiyasini ishlab chiqarish tartibini muvofiqlashtirish, gidroelektrostansiyalarning asbob-uskunalari va inshootlaridan koʻp yillik xavfsiz foydalanish strategiyasini amalga oshirish, sohani dinamik rivojlantirish, huquqiy va normativ-metodik bazasini takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirish orqali gidroenergetikaning tashkiliy, moliyaviy va texnologik boshqaruvini amalga oshirish;

uchinchidan, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni qoʻllab, ularni ehtimoliy mujassamlashtirish va standartlashtirish, gidroelektrostansiyalarni loyihalashtirish, qurish va nazorat qilishda xalqaro ilmiy-texnik yutuqlarni qoʻllash orqali yuqori energetika koʻrsatkichlarini va gidroelektrostansiyalarning maqbul ish tartibi va samaradorligini taʼminlash;

toʻrtinchidan, mamlakatdagi gidroenergetika resurslaridan toʻlaqonli foydalanish, mavjud boʻlgan gidroelektrostansiyalarni yangilash va toʻliq ishlashini taʼminlash, Oʻzbekiston energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini oshirish uchun turli quvvatlardagi gidroelektrostansiyalarni qurishni taʼminlovchi gidroenergetikani bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini tatbiq etish;

beshinchidan, mavjud tabiiy salohiyat va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat orqali respublikamizda suv va energetika manbalari kompleks oʻzlashtirilishini taʼminlash, energetika, suv xoʻjaligi, irrigatsiya, ichimlik suvi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yoʻlida ulardan oqilona foydalanish;

oltinchidan, yuqori texnologik mehnat faoliyatining nufuzini ragʻbatlantirgan holda, gidroenergetika sohasida bilim olishga, koʻnikma va malakalarini oshirishga, turmush tarzi va sifatini koʻtarishga intiladigan malakali muhandis-texnik va kasb-hunarli kadrlarni amaliy tayyorlash, oʻstirish va tarbiyalash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati fa�liyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimizning energetika mustaqilligini kuchaytirish, mavjud gidroelektrostansiyalardan samarali va xavfsiz foydalanish, yuqori manevrli va samarali yangi elektr energiyasi ishlab chiqarish tashkilotlarini yaratish orqali Oʻzbekistonda yagona gidroenergetika sohasini yaratish yoʻlida ulkan qadam hisoblanadi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 378-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)