19.05.2016 yildagi 451-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 19.05.2016 yildagi 451-III-son
Kuchga kirish sanasi
19.05.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Aholiga psixiatriya yordami koʻrsatilishi va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishining holati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 25-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Aholiga psixiatriya yordami koʻrsatilishi va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishining holati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, Oʻzbekistonda fuqarolar sogʻligʻini saqlash yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda, sogʻliqni saqlash tizimini isloh etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrilmoqda, ushbu sohaga ajratilayotgan budjet mablagʻlari oshib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga psixiatriya yordami koʻrsatish chogʻida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi davlat tomonidan kafolatlangan. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni psixiatriya yordami bilan taʼminlash va ularni ijtimoiy himoya qilish uchun kasalxonadan tashqarida va statsionarda psixiatriya yordami koʻrsatuvchi muassasalar barpo etilgan, ruhiy holati buzilgan voyaga yetmaganlarning umumiy taʼlim va kasb-hunar taʼlimi olishi tashkil etilgan, shuningdek mazkur toifadagi shaxslarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan boshqa choralar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarning ruhiy sogʻligʻini tekshiruvdan oʻtkazishni, ularni profilaktika qilishni, ularga tashxis qoʻyish, ularni davolash, parvarishlash, tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklashni, psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlashni, shuningdek ular faoliyatining samaradorligini oshirishni oʻz ichiga oluvchi psixiatriya yordami koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani shakllantirish boʻyicha muayyan ishlar qilingan. 2000-yilda “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining psixiatriya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining bir guruh deputatlari tomonidan aholiga psixiatriya yordami koʻrsatilishi va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishining holatini oʻrganish yakunlari ushbu sohada qonunchilik yoʻli bilan tartibga solishni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirishni talab qiladigan bir qator masalalar mavjudligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy-xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibini nazarda tutuvchi tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqish va qabul qilish yuzasidan zarur choralar koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim psixiatriya muassasalari tomonidan shaxslarni gʻayriixtiyoriy tartibda statsionarga yotqizish tartibiga rioya etilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, shuningdek ular faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni soʻzsiz amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni koʻrish talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini yanada takomillashtirish zaruriyati mavjud. Xususan, tegishli davlat organlarining vakolatlarini belgilash, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarni qoʻllash tartibini, shuningdek bemorlarni shifokor psixiatrlar komissiyasi tekshiruvidan oʻtkazish uchun olib kelish tartibi va muddatlarini aniqroq koʻrsatish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarning, shuningdek psixiatriya yordami koʻrsatuvchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar qabul qilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Aholiga psixiatriya yordami koʻrsatilishi va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishining holati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Aholiga psixiatriya yordami koʻrsatilishi va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishining holati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, shuningdek ular faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni soʻzsiz amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan psixiatriya yordami koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan qonun osti hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini va ushbu sohadagi boshqa qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda tayyorlasin va kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash, shuningdek shaxslarni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya muassasalariga yotqizish toʻgʻrisidagi ishlarni sudlar tomonidan koʻrib chiqishning mavjud amaliyotini umumlashtirish, shu asosda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi psixiatriya yordami koʻrsatilishi sohasidagi qonun hujjatlarini puxta inventarizatsiyadan oʻtkazsin hamda “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
451-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 5-son, 143-modda)