Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.11.2018 06.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2879
ONLINE TRANSLATE
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining Qarori, 06.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2879
Kuchga kirish sanasi
15.05.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.11.2018
Hujjat 15.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2879]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 515-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3085, 06.11.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 14-martdagi 1-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi), Kengashning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalari (bundan buyon matnda viloyat komissiyalari deb yuritiladi), tuman va shahar hududiy komissiyalari (bundan buyon matnda tuman komissiyalari deb yuritiladi), nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda nazorat qiluvchi organlar deb yuritiladi) yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazorat qiluvchi organlar yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini Kengash qarorlari asosida tekshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni va qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirishga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning taʼriflari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar — xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tartibida tekshirish — yakka tartibdagi tadbirkorlarning ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish ular oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan joyda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda quyidagi masalalar koʻriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq va tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) buyumlarda Davlat asillik tamgʻasi oʻrni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi asillik tamgʻa belgisining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sanitariya, veterinariya, yongʻin xavfsizligi, sanoat xavfsizligi nazorati, energetika hamda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziyalanadigan faoliyat bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ham tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish faqatgina quyidagi nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari — mazkur Nizomning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi — mazkur Nizomning 5-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha davlat nazorati organlari — mazkur Nizomning 5-bandi “b” va “g” kichik bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sanitariya, veterinariya, yongʻin xavfsizligi, energetika nazorati organlari, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida — mazkur Nizomning 5-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli litsenziyalovchi organlar — mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish, tekshirish oʻtkazishni rad etish yoki murojaatda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish, tekshirishlar oʻtkazish muddatini koʻchirish hamda tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar boʻyicha qarorlar tegishlicha Kengash raisi (uning oʻrinbosarlari) yoki ushbu Nizomda nazarda tutilgan vakolatlar doirasida viloyat komissiyalari raislari tomonidan (tekshirishga ruxsat berishdan tashqari) imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash va uning hududiy komissiyalari majlislarida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatlar tegishlicha Kengash raisi va uning hududiy komissiyalari raislari tomonidan imzolanadigan qaror shaklida, Kengash va uning hududiy komissiyalari majlislari oraligʻida tezkor koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan hujjatlar xat shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kengash qarori bilan ruxsat berilgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tekshirishga tegishli nazorat qiluvchi organ yuqori tashkilotining mazkur masala boʻyicha buyrugʻi asosida ushbu nazorat qiluvchi organ markaziy apparati yoki tarkibiy boʻlinmalarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqiga ega boʻlgan xodimlari yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlari Kengash qarori bilan ruxsat berilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda oʻtkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishni oʻzlarining quyi boʻlinmalariga topshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli asoslar mavjud boʻlganda (yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha toʻxtatganda, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari vaqtincha faoliyat yuritmaganda, yakka tartibdagi tadbirkor kasalligi va boshqa sabablar) tekshirish muddati tegishlicha Kengash yoki viloyat hududiy komissiyasi qarori asosida keyingi muddatlarga koʻchiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻtkazilgan tekshirish natijalariga rozi boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga, sudga, huquqni muhofaza qiluvchi organga yoki boshqa idoralarga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkorlar nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, nazorat qiluvchi organlar oʻzlarining yuqori tashkilotlari buyruqlari asosida Kengash yoki uning hududiy komissiyalari bilan qoʻshimcha ravishda kelishmasdan, faqat yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlarida koʻrsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yakka tartibdagi tadbirkorlar ularda oʻtkazilayotgan qisqa muddatli tekshirish haqidagi va ular faoliyatini tekshirishni amalga oshirishga ruxsat olgan nazorat qiluvchi organlarning nomi va tekshirish muddatlari toʻgʻrisidagi axborotni tegishlicha Kengash, viloyat yoki tuman komissiyasi ishchi organidan bepul olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish yoki nazorat tartibida tekshirish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida tekshirishlar bir kun davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari asosida Kengash qaroriga muvofiq oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nazorat qiluvchi organlarga xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi holatlari toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ushbu nazorat qiluvchi organlar tomonidan dastlab oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda murojaatning anonim emasligi, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi, qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiqligi, shuningdek unda bayon etilgan masalalarni oʻrganish ushbu nazorat qiluvchi organ vakolatiga tegishli ekanligi, murojaatda qayd etilgan holatlarni tekshirish davomida oʻrganish imkoni mavjudligi, murojaatda koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyat koʻrsatayotganligi oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar murojaatni koʻrib chiqish doirasida yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, nazorat qiluvchi organning markaziy apparati Kengashga qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish soʻralayotgan yakka tartibdagi tadbirkorning nomi yoki tekshirilishi lozim boʻlgan shoxobchasi (shoxobchalari), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, uning manzili, faoliyat turi, ushbu tadbirkorlik subyekti tomonidan talablari buzilgan qonun hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish moʻljallangan muddatni koʻrsatgan holda qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida xat yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlarning quyi tuzilmalari yuqoridagi maʼlumotlarni toʻliq koʻrsatgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisida oʻzlarining markaziy apparatiga murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatga tekshirishda oʻrganilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha unifikatsiyalashgan nazorat savolnomasi ishlab chiqilib, nazorat qiluvchi organ rahbari tasdiqlagan tekshirish dasturi ilova qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nazorat qiluvchi organlarning yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi murojaatining asosliligi, tekshirish dasturining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiqligi Kengash va uning viloyat hududiy komissiyalari ishchi organlari tomonidan, zaruratga qarab, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijalariga koʻra qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatlar boʻyicha Kengash ishchi organi tomonidan qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish, oʻtkazishni rad etish, murojaatda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki undagi ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish toʻgʻrisidagi takliflar murojaatlar kelib tushgandan keyin besh ish kun muddatda tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish boʻyicha tayyorlangan takliflar Kengash raisi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Kengash raisiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning xatini oʻrganish natijasida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish uchun asoslar mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, tekshirish oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida Kengash raisi oʻrinbosariga taklif kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bogʻliq qisqa muddatli tekshirishlarga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklif, nazorat qiluvchi organlar murojaati asosli boʻlgan taqdirda murojaat kelib tushgan kuni tayyorlanadi va Kengash raisi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Kengash raisiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi murojaat yoki tekshirish dasturi belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoxud qonun hujjatlarida belgilangan asoslar murojaatda toʻliq koʻrsatilmagan hollarda Kengash ishchi organi uch ish kunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish uchun ular tegishli nazorat qiluvchi organga Kengash kotibi imzosi bilan qaytarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash ishchi organi tomonidan qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror Kengash raisi tomonidan imzolangandan keyin bir ish kunida tegishli nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tekshirish dasturi Kengash ishchi organi tomonidan kelishilib, unga Kengash qarori raqami, kelishilgan kun sanasi qayd etiladi va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarning yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi holatlari boʻyicha bevosita Kengashga berilgan murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday murojaatlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun tegishli nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yuqori nazorat qiluvchi organlar oʻzlarining hududiy boʻlinmalariga yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish haqidagi topshiriqlarni, bunday tekshirishni oʻtkazish boʻyicha Kengash qarori mavjud boʻlgan taqdirdagina, yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nazorat tartibida tekshirish nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻzi ilgari oʻtkazgan tekshirish natijalari boʻyicha faqat dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan holatlar boʻyicha va muddatda yoki yakka tartibdagi tadbirkor murojaatiga asosan undan oldinroq muddatda, bir ish kuni davomida nazorat qiluvchi organning buyrugʻi asosida Kengash yoki uning hududiy komissiyasining qoʻshimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkor tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan muddatda nazorat tartibida tekshirish oʻtkazishga rozi boʻlmasa, nazorat tartibidagi tekshirish muddati nazorat qiluvchi organning murojaati asosida Kengash yoki viloyat hududiy komissiyasi qarori bilan belgilanadi. Bunda oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) nazorat tartibida tekshirish oʻtkazishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tekshirishlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishni Kengashning qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori, nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrugʻi hamda tekshirish dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishda nazorat qiluvchi organning vakolatlari va tekshirish dasturida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida tekshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkor nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxs (shaxslar), tekshirish oʻtkazish muddati va tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat nomi, raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tekshiruvchi mansabdor shaxs (shaxslar) tekshirish boshlanishidan oldin yakka tartibdagi tadbirkorni tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga oʻz xizmat guvohnomasi va tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini koʻrsatadi, shuningdek mazkur Nizomning 20-bandi birinchi xatboshida koʻrsatilgan tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlar nusxalarini tilxat olingan holda topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan yakka tartibdagi tadbirkorga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan yakka tartibdagi tadbirkorning mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, tekshiruvchi mansabdor shaxs (shaxslar) tomonidan ularning oʻzlari va tekshirilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshiruvchi mansabdor shaxs (shaxslar) tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tekshiruvchi mansabdor shaxs (shaxslar) tekshirish boshlangandan keyin yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan taqdim etilgan “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ga tegishli yozuvlarni belgilangan tartibda kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda majburiy tartibda tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining elektron shakli toʻldiriladi. Bunda tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining qogʻoz shaklini toʻldirish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ning toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uni taqdim etilmaganligi toʻgʻrisida tekshiruvchi mansabdor shaxs (shaxslar) tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tekshirish bilan yakka tartibdagi tadbirkorning bevosita tekshirish oʻtkazish yilidan oldingi besh kalendar yildan koʻp boʻlmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish oʻtkazilayotgan kalendar yil davrlarini tekshirishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishni oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar boʻyicha qayta tekshirish oʻtkazish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Tekshirish dalolatnomasi (maʼlumotnomasi) kamida ikki nusxada tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish dalolatnomasining (maʼlumotnomasining) nusxalari nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi (shaxslari) va yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan imzolanadi va bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilgan yakka tartibdagi tadbirkor oʻtkazilgan tekshirish natijasi boʻyicha oʻz eʼtirozlarini dalolatnomada (maʼlumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, tekshiruvchi mansabdor shaxs (shaxslar) bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi bir ish kuni davomida yakka tartibdagi tadbirkorga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma (maʼlumotnoma) nazorat qiluvchi organning ichki idoraviy hujjati bilan belgilangan tartibda roʻyxatga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini tekshirishlar yakka tartibdagi tadbirkorlar soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi, soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan oʻzining mijoziga unda soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahatlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor tekshirish oʻtkazish vaqtida advokat xizmatidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatilgan birlashmalar vakillari, soliq maslahatchilarini, advokatlarni tekshirishda ishtirokini taʼminlash yakka tartibdagi tadbirkorlar tashabbusi bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nazorat tartibida tekshirishlar mazkur Nizomning 20-bandi uchinchi xatboshida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buyruq asosida, 20 — 26-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi va natijalari 25-bandida belgilangan tartibda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nazorat qiluvchi organlarning Kengash bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nazorat qiluvchi organlar zimmalariga qonun hujjatlari bilan yuklatilgan ayrim nazorat vazifalarini mazkur Nizomning ilovasida nazarda tutilgan hollarda Kengash bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari nazorat qiluvchi organ rahbari yoki oʻrinbosarining buyrugʻi hamda tasdiqlangan dastur asosida amalga oshirilib, natijasi boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirilib, uning bir nusxasi sanani koʻrsatgan holda nazorat tadbiri oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan mazkur bobga muvofiq oʻtkazilgan nazorat tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishlicha yil yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organiga taqdim etilib, ular tekshirishlar toʻgʻrisidagi davriy maʼlumotlarga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tekshirishlarni oʻtkazilishi monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kengash, viloyat va tuman hududiy komissiyalari ishchi organlari Kengash viloyat va tuman hududiy komissiyalarining nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlaydi hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni maxsus kompyuter dasturi maʼlumotlar bazasiga kiritgan holda oyma-oy tahlil qilib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan har bir rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish boʻyicha nazorat qiluvchi organ vakolati doirasida chora koʻrish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin 10 kunlik muddat ichida tekshirishning boshlangan va tugallangan sanasi hamda unda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishlicha Kengash, viloyat va tuman komissiyalarining ishchi organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Kengash, viloyat va tuman hududiy komissiyalari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati noqonuniy tekshirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda tegishli choralar koʻrish uchun bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kengash va hududiy komissiyalar ishchi organlarining xodimlari, shuningdek nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari mazkur Nizom talablariga rioya etishlari, tekshirish munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlgan tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar, shuningdek oshkor etilmagan axborotini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi, oʻz vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruvlar oʻtkazmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toʻxtatib qoʻyganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar bevosita aybdorlardan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan Kengash va hududiy komissiyalar ishchi organlarining xodimlari, shuningdek, nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (hududiy komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorga taqdim etiladigan nazorat qiluvchi organ rahbarining yozma buyrugʻi asosida Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz nazorat funksiyalari quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari tomonidan va boshqa vakolatli organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish (xizmat) holatlarini bartaraf etish boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi yoki hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan tegishli buyruqlar asosida sut va sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarda namunalar tanlab olish yoʻli bilan sut va sut mahsulotlari, oqova suvlarni har oyda laboratoriyalarda tadqiq etishni amalga oshirish, shuningdek mavjud qonunlarga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak boʻlgan savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarida tibbiy shahodatlanish daftarchalarining mavjudligini olti oyda koʻpi bilan bir marotaba monitoringdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq ularga berilgan vakolatlar doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalarning, soliq va majburiy toʻlovlarning toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyalar yoki boshqa toʻlov hujjatlari, tovar cheklari kitobchasi (yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo faoliyati bilan shugʻullangan hollarda) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan elektr energiya hisoblagich asboblarining mavjudligi va ularning koʻrsatkichlarini foydalanilgan elektr energiya uchun haqiqatda toʻlangan miqdorlar bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” tomonidan gaz hisoblagich asboblarining mavjudligi va ularning koʻrsatkichlarini foydalanilgan gaz uchun haqiqatda toʻlangan miqdorlar bilan taqqoslash boʻyicha amalga oshiriladigan harakatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda rasmiy ravishda oʻz faoliyatini toʻxtatgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davom ettirayotgan jismoniy shaxslar faoliyatida tekshirishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan goʻsht va sut mahsulotlarini belgilanmagan joylarda hamda kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotilishi ustidan nazorat ishlarining amalga oshirilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan qurilish obyektlarida toʻsqinliksiz boʻlish va subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan qisqa muddatli inspektorlik tekshirishlarini keyinchalik Kengash hududiy komissiyalarini bir kun muddatda xabardor qilgan holda amalga oshirish, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilgandan keyingi davrda aniqlangan, u faoliyat koʻrsatgan vaqtda yoʻl qoʻyilgan qonun hujjatlari talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ish haqi belgilangan muddatda toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi murojaatini, nazorat tadbiri oʻtkaziladigan yakka tartibdagi tadbirkor toʻgʻrisida vazirlik tomonidan Kengash ishchi organini oldindan xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri buyrugʻi asosida oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari tomonidan naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochka orqali amalga oshirilgan toʻlov shaklidan kelib chiqib narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki kamaytirish, nazorat-kassa mashinalari, toʻlov terminallarini qoʻllash, shuningdek oʻrnatilgan tartibda talon va cheklarni berilishi, naqd pul tushumlarining toʻliq hajmda inkassatsiya qilinishi masalalari boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 348-modda, 25-son, 557-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y., Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2879-3/0438-son, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)