Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019 12.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2883
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining Qarori, 12.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2883
Kuchga kirish sanasi
15.05.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019
Hujjat 15.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2883]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/13-sonli “Tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi qaror va unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2883-2, 16.07.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 8-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7/3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi 7/3-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mikrokredit tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga (bundan buyon matnda qarz oluvchi deb yuritiladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy mobaynida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun toʻlovlilik, muddatlilik, taʼminlanganlik, pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va qaytarish shartlari asosida eng kam ish haqining 100 barobarigacha miqdorda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mikrokredit qarz oluvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida belgilangan maqsadlar uchun (savdo sohasi va umumiy ovqatlanishdan tashqari) bir yillik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori boʻlmagan miqdorda, bankning Imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi hisobidan mikrokredit ajratilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokreditlar boʻyicha foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishiga qarab oʻzgarishi mumkin. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oshirilgan taqdirda shartnomada koʻrsatilgan foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan mikrokredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davrda mikrokredit boʻyicha faqat foizlar hisoblanadi va toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mikrokredit olish boʻyicha buyurtma berish va mikrokreditni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qarz oluvchilar mikrokredit olish uchun tijorat bankiga buyurtma taqdim etadi. Buyurtma Oʻzbekiston Respublikasi “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasida koʻrsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Buyurtmaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining bank hisobvaragʻiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi koʻrsatilgan biznes-reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli kredit taʼminoti turlaridan biri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qarz oluvchi mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni topshirishda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatadi hamda undan nusxa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qarz oluvchilar buyurtmani axborot tizimi orqali elektron shaklda berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida quyidagi kredit taʼminoti turlaridan biri taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank yoki sugʻurta tashkilotining kafolati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxs kafilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼminotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 20 barobarigacha miqdorda ajratilgan mikrokredit hisobiga olingan tovarlar kredit uchun taʼminot sifatida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 60 baravarigacha miqdorda boʻlgan mikrokreditlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasida koʻrsatilgan vakolatlari doirasida bergan kafilligi kredit taʼminoti sifatida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bank buyurtmani olganidan soʻng uch ish kuni ichida uni koʻrib chiqishi va mikrokredit berish yoki mikrokredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Buyurtma bank tomonidan koʻrib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtma beruvchining (qarz oluvchining) daromadlari yetarliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmada bayon etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank oldidagi majburiyatlarni buyurtma beruvchi (qarz oluvchi) tomonidan oʻz vaqtida bajarish imkoniyatining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, bank buyurtma beruvchiga (qarz oluvchiga) bu haqda yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Buyurtmani koʻrib chiqish natijalariga koʻra mikrokredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank va qarz oluvchi oʻrtasida yozma shaklda shartnoma tuziladi hamda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayotgan kredit taʼminoti turi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mikrokreditlarni berish va soʻndirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shartnoma tuzilgandan hamda kreditning taʼminoti rasmiylashtirilgandan soʻng, qarz oluvchiga bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit hisobvaragʻi ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mikrokredit qarz oluvchiga naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qarz oluvchilarga ajratilgan mikrokredit “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”ning (roʻyxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) mos balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mikrokreditni soʻndirish muddatlari jadval koʻrinishida shartnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qarz oluvchining mikrokredit boʻyicha hisoblangan foizlar va kredit qoldigʻini toʻlash uchun mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, qarzdorlik Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) belgilangan tartibda undiriladi. Bunda dastlab kredit boʻyicha hisoblangan foizlar, soʻngra kredit boʻyicha asosiy qarz soʻndiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tijorat banklari tomonidan mikrokreditdan foydalanishning butun muddati davomida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimi ishtirokida mikrokreditdan samarali hamda maqsadli foydalanilayotganligini aniqlash boʻyicha bevosita joyiga chiqib doimiy monitoring oʻtkaziladi. Monitoring qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarishi uchun yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring natijasidan kelib chiqib tijorat banki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimi bilan birgalikda qarz oluvchi ishtirokida tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring davomida qarz oluvchining faoliyati bilan bogʻliq barcha holatlar, shuningdek taqdim etilgan garov taʼminotining holati qarz oluvchi uchun tijorat bankida ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mikrokreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda, tijorat banki kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning boshqa maqsadda ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qarz oluvchi mikrokredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma asosida toʻlashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini bank tasarrufiga berishdan bosh tortgan hollarda, bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 351-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 10/17/2883-1/0330-son)