Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Kvars” AJda ishlab chiqilgan shisha bankalarni eksport qilishni koʻpaytirish haqida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Kvars” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan shisha bankalarni eksportga sotishni yanada koʻpaytirish, tovarlar eksportini tartibga solish va valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining shunday tartib oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsinki, unga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan “Kvars” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan shisha bankalarni (TIF TN kodi 7010 90 1000) eksportga sotish shartnomaviy narxlarda, biroq narxlarni tartibga solish organida deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxlardan (QQS hisobga olinmagan holda) past boʻlmagan narxlarda amalga oshiriladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjalari orqali eksportga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. “Kvars” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan 7010 90 1000 TIF TN kodi boʻyicha shisha bankalarni eksport qilish shartnomaviy narxlarda, biroq narxlarni tartibga solish organida deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxlardan past boʻlmagan narxlarda (QQSni hisobga olmagan holda) amalga oshiriladi.”
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-may,
261-son