01.05.2017 yildagi PF-5030-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2018
 LexUZ sharhi
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzurida, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzurida 1a-ilovaga* muvofiq namunaviy tarkibda hududiy arxitektura qurilish kengashlarini tuzish va ularning zimmasiga quyidagi vazifalarni yuklash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
ixtisoslashtirilgan oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibiga o‘tkazish, ularni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolish;
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-ilovaga* muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
 LexUZ sharhi

Keyingi yillarda shahar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy me’moriy qiyofasini shakllantirish, uy-joy va ijtimoiy-maishiy qurilishni jadal rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini yangilash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon, Urganch, Qarshi, Shahrisabz shaharlarining arxitektura-loyihalashtirish tizimini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. Guliston, Termiz va Jizzax shaharlarini rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi zamonaviy turar joylar barpo etilishi natijasida qishloq aholi punktlarining qiyofasi tubdan yaxshilanib bormoqda. 2016-yil oxiridan boshlab aholining kam ta’minlangan qatlami uchun shaharlar va qishloq aholi punktlarida arzon uy-joylarni qurish ishlari yanada tezkor sur’atlarda davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, tahlillar aholi punktlarida qurilish ishlarini olib borish va rekonstruksiya qilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davomida belgilangan tartib, qoida va me’yorlar qo‘pol ravishda buzilayotgan holatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Joylarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida hududlarni rivojlantirishda shaharsozlik jarayonini boshqarish borasida vazifalar va vakolatlarning aniq chegaralari mavjud emasligi shaharlar hamda boshqa aholi punktlarini rejali rivojlantirish va kompleks qurish hamda izchil rivojlantirish borasida shoshilinch, ba’zida esa noto‘g‘ri loyihaviy-rejali qarorlar chiqarilishiga sabab bo‘lmoqda.

Zamonaviy loyihalashtirish usullarini, amaliy dasturiy mahsulotlarni, ilm-fan, arxitektura va dizayn yutuqlarini hayotga tatbiq etish, zamon talablariga javob beradigan, murakkab hamda yuqori kategoriyali loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega istiqbolli yoshlarni jalb etish uchun yetarli qiziqishi bo‘lmagan loyiha tashkilotlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish talab etilmoqda.

Bugungi kunda shaharsozlik sohasiga oid asosiy masalalar va muhim muammolarni hal etish g‘oyat dolzarb vazifa ekani inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Xususan, qabul qilingan Farmon, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining arxitektura va shaharsozlik sohasida yagona davlat va ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish jarayonidagi rolini oshirishga qaratilgan bo‘lib, uning faoliyatidagi asosiy vazifalar va yo‘nalishlarni belgilab beradi. Jumladan:

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy bazani muntazam ravishda takomillashtirib va yangilab borish;

loyihalash ishlari va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, qurilishda ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or texnologiyalar jalb qilinishini tashkil etish;

bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kapital qurilishda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish;

arxitektura, loyihalash va qurilish sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlashni ta’minlash.

Farmonda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, jumladan, aholi punktlarini loyihalash va qurishda, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda, qurilish materiallari hamda mahsulotlarini ishlab chiqarishda, buyurtmachi tomonidan texnik nazorat hamda loyihalash tashkilotlari tomonidan mualliflik nazoratining olib borilishida shaharsozlik tartib-qoidalari va me’yorlariga rioya et�sh bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil qilindi.

Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘z lavozimiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, hududiy inspeksiyalar boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, viloyatlar hamda Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining o‘rinbosarlari hisoblanishlari belgilab qo‘yilgan.

Yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari inspektorlariga quyidagi huquq berilmoqda, ya’ni:

nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar bilan kelishilmagan holda, moliyaviy manbalarning turidan qat’iy nazar, barcha qurilish obyektlarida, jumladan, shaxsiy uy-joy qurilish obyektlarida ruxsat beruvchi hujjatlarning mavjudligini aniqlash hamda shaharsozlik me’yorlari va qoidalari talablarining bajarilishini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlarini amalga oshirish.

Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni tegishli tartibga keltirish va mazkur qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlardan biri — tasdiqlanmagan bosh rejalarsiz va mukammal rejalashtirilmagan loyih�larsiz shahar va tuman markazlarida har qanday ko‘rinishdagi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, loyihalarsiz va qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ushbu Farmonga muvofiq taqiqlanadi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, shuningdek, respublikaning o‘n to‘rtta hududida bittadan arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimiga o‘tkazilgani qabul qilingan Farmondagi muhim yangiliklardan biridir.

Bunday yoshlarni tarmoqqa jalb etish, soha kadrlarini tayyorlash sifatini tubdan oshirish, fan, nazariya va amaliyotning, shuningdek, o‘quv jarayonini loyihalashtirish va qurilish amaliyoti bilan uzviyligini ta’minlash, o‘quv muassasalari bitiruvchilarini kafolatli ish bilan ta’minlashga qaratilgandir.

Mazkur vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzurida asosiy faoliyati o‘quv jarayonlariga mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari, loyiha-qurilish firma va kompaniyalaridan malakali mutaxassislarni jalb etish orqali o‘quv jarayonlari sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi jamg‘arma tashkil etilmoqda.

Ushbu Farmon bilan shaharlar qiyofasini shakllantirishda arxitektura-shaharsozlikning muhim o‘rin egallashi inobatga olinib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi va uning vazifalari belgilab berildi. Ushbu vazifalar qatoridan aholi punktlari infratuzilmasini rivojlantirish va kompleks qurilishlarning bosh rejalarga mosligi ta’minlanganini inobatga olgan holda, davlat va xo‘jalik yurituvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitish ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatidagi ana shu muhim va ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qaror bilan:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining markaziy apparati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi tashkiliy tuzilmalari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari, shuningdek, tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlandi;

hududiy bo‘linmalarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysundirilishi va hisobdorligi, shuningdek, hududiy bo‘linmalar rahbarlarini tayinlash va ozod etishning yangi tartibi joriy etilishi belgilandi.

Yuklatilgan vazifalarni bajarishni ta’minlash maqsadida Qo‘mita tuzilmasida yangi vazifa va faoliyat yo‘nalishlariga ega quyidagi boshqarma va bo‘limlar tashkil etiladi:

loyihalashda texnik me’yorlashtirish, qurilishda yangi loyihaviy yechimlar, texnologiyalar va materiallarni joriy etish boshqarmasi;

litsenziyalash, loyihalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalash xizmati bozorini rivojlantirish boshqarmasi;

pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar boshqarmasi;

ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va Jamg‘armani boshqarish bo‘limi.

Qo‘mitaning hududiy bo‘limlari faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlashtirish maqsadida davlat arxitektura-qurilish �azorati hududiy inspeksiyalari, davlat ekspertizasi boshqarmalari hamda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga qayta bo‘ysundirildi.

Umumiy hisobda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimidagi xodimlar soni 466 nafarga yetkazilib, ularning 386 nafarini tuman hamda shahar arxitektura va qurilish bo‘limlaridagi xodimlar tashkil etadi. Bu bilan shahar hamda tuman arxitektura va qurilish bo‘limlari shtat birliklari uch nafarga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qaror bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik bazani takomillashtirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq choralar ko‘rishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni va qarori ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimi faoliyatini samarali boshqarish imkonini beradi.

Aholi uchun qulay turmush tarzini yaratish, shuningdek, rivojlangan ishlab chiqarish, ijtimoiy, muhandislik-transport infratuzilmasiga ega obod aholi punktlarini barpo etish olib borilayotgan shaharsozlik siyosatining muhim natijasi bo‘lib qoladi, albatta.