Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Qarori, 24.04.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2876
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2876]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-son “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-son “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2017-yil 28-mart,

30-son

Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 28-martdagi 30, 128-sonli qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-sonli “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-sonli “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarma “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda Jamiyat deb yuritiladi) huzurida hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash, shuningdek Jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni hamda Jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan xoʻjalik shartnomasiga asosan qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni (bundan buyon matnda servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar deb yuritiladi) modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarmani boshqarish faoliyati “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (bundan buyon matnda Xolding deb yuritiladi) boshqaruvi tomonidan har yili tayinlanadigan besh nafar aʼzodan iborat Jamgʻarma kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xolding boshqaruv raisi va Jamiyat bosh direktori tegishlicha Kengashning raisi hamda rais oʻrinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi Jamgʻarma faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kengashning majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruriyat tugʻilganida navbatdan tashqari majlislar oʻtkazilishi mumkin. Muhokama qilinayotgan barcha masalalar yuzasidan qarorlar Kengash aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kengashning majlisi qarorlari bayonnoma koʻrinishda rasmiylashtiriladi, masʼul kotib tomonidan imzolanadi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni mazkur Nizomda belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirish (ajratish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mablagʻlari maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalaridan kelib tushayotgan mablagʻlarni Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻida shakllantirish (jamlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga mablagʻlar ajratilishida ularni ishlatish shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma ishchi organini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma ishchi organining takliflarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Kengashning asosiy huquqlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlarning belgilangan maqsadlarda ishlatmaslik holatlari aniqlanganda ularni moliyalashtirishni toʻxtatish yoki ajratilgan mablagʻlarni qaytarilishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Kengashning asosiy majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini mazkur Nizom va qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilgan holda boshqarilishini taʼminlash hamda ulardan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasini Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi bilan kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilmaganlik holatlari aniqlanganda zudlik bilan ularni bartaraf etish, asossiz xarajatlar va keltirilgan zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kengash oʻz faoliyatini Jamgʻarma ishchi organi (bundan buyon matnda Ishchi organ deb yuritiladi) orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Ishchi organning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tayyorlash va Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari moliyalashtirilishi taklif etilayotgan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishning yillik dasturlari loyihalarini tayyorlash va Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlardan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida kelib tushgan arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish va taqdim qilingan hujjatlarni toʻliqligi va muvofiqligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlardan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Kengashga asosli takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat va servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida maqsadli moliyalashtirish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlarining ishlatilishi yuzasidan oylik monitoring oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarning Jamgʻarmadan olgan mablagʻlarini maqsadli sarflanishi boʻyicha hisobotlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlash va har oyda Kengashga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va yanada toʻldirib borish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar maqsadsiz ishlatilgan holatlarda Ishchi organ Kengashga mablagʻlarni qaytarish boʻyicha taklif kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar Ishchi organning asosiy majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlardan kelib tushayotgan arizalarni va ularga ilova qilinayotgan hujjatlarni toʻliqligini, Jamgʻarma mablagʻlarini ajratishning zarurligini va asoslantirilganligini har tomonlama koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mablagʻlarining harakatiga doir tegishli tahliliy va hisobot materiallarini tayyorlash va Kengashga taqdim etilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarmada har yili Xolding tomonidan uch nafar aʼzodan iborat taftish komissiyasi (bundan buyon matnda Taftish komissiyasi deb yuritiladi) tayinlanadi. Xolding ichki audit xizmatining rahbari Taftish komissiyasining rahbari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taftish komissiyasi tegishli hisobot materiallarini tahlil qilish, shu jumladan joyiga chiqib oʻrganish yoʻli bilan Jamgʻarma mablagʻlaridan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilganligi, shuningdek hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganligi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar Taftish komissiyasining asosiy huquqlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mablagʻlarini maqsadli ishlatilishi toʻgʻrisida servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlardan tegishli maʼlumotlarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini olgan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarda nazorat tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlari natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga kelgusida yoʻl qoʻymaslik borasida Kengashga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bilan kelishilgan holda nazorat tadbirlarini oʻtkazish uchun Xolding va Jamiyatdan tegishli mutaxassislarni jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar Taftish komissiyasining asosiy majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlarini oʻtkazishda oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan belgilangan muddat ichida Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadli sarf qilinishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning belgilangan tartibi buzilganligi holati aniqlangan taqdirda Kengashga maʼlum qilish va tegishli choralarni koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilar Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushadigan sof tushumning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamgʻarmaning mablagʻlarini shakllantirish uchun Jamiyat tomonidan asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi joylashgan tijorat bankida maxsus hisobvaraq ochiladi. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish uchun boshqa hisobvaraqlar ochish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy tashkilotlar buxgalteriya maʼlumotlari asosida Jamiyatning maxsus hisobvaragʻiga mazkur Nizomda belgilangan ajratmalarni har oyda, kelgusi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan toʻlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushadigan sof tushumning hajmi asoslangan ravishda oʻzgartirilganda Jamgʻarmaga toʻlangan ajratmalar ham oʻzgartirish kiritilgan hisobot davriga mutanosib ravishda oʻzgartiriladi (qoʻshimcha toʻlanadi yoki chegiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamiyat har yili 1-dekabrgacha boʻlgan muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligiga Kengash tomonidan tasdiqlangan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 10 kun ichida Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasini kelishadi va Jamiyatga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash uchun Jamgʻarmaning mablagʻlarini yoʻnaltirish Jamgʻarma mablagʻlarining maxsus hisobvaraqda shakllanishiga qarab, daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish maqsadida Jamgʻarma mablagʻlarini olish uchun Ishchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza;

Jamgʻarmaning mablagʻlarini jalb qilish zarurati toʻgʻrisidagi servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarning tegishli boshqaruv organi qarori nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarning tegishli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarmaning mablagʻlarini olish maqsadga muvofiqligini asoslovchi biznes-reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza berilayotgan chorakdan oldingi chorak uchun moliyaviy hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar yuzasidan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kreditlari boʻyicha qarzdorlik va 2-son kartoteka holati haqida xizmat koʻrsatuvchi bankdan maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tarkibiga kirmaydigan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan xoʻjalik shartnomasi nusxasi ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish uchun servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga mablagʻ ajratish, Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Ishchi organ tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ishchi organ koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Kengashga mablagʻlarni ajratish maqsadga muvofiqligi yoki ajratilmasligini asoslantiruvchi taklif taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kengash 5 kun ichida Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga mablagʻlarni ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarini olish uchun mazkur Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarning Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish haqidagi murojaati Jamgʻarma mablagʻlarini ishlatish maqsadlariga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kengash tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bayonnomada rad etishning sabablari koʻrsatilib, Jamgʻarma mablagʻlari ajratilishni soʻrab murojaat qilgan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilot xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kengash tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Jamiyat va servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida maqsadli moliyalashtirish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi va mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda Jamgʻarma mablagʻlari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish hisobi va hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamgʻarma mablagʻlarining buxgalteriya hisobini yuritish Jamiyat tomonidan buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy tashkilotlar har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechikmasdan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Jamgʻarmaga ajratmalar toʻlanganligi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mablagʻlarini olgan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechikmasdan Jamiyatga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda mablagʻlarning ishlatilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Moliya yili yakunlanganidan soʻng oʻttiz kun ichida Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda oʻtgan yil uchun Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur Nizom “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N. OTAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-mart

“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori U. TURSUNOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLAYMAN” Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi kengashi raisi ___________________________ (F.I.O.) “___” ____________ 20__ yil
“KELISHILGAN” Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari
__________________________ (F.I.O.) “___” ____________ 20__ yil.
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarining 20___ yildagi DAROMADLAR VA XARAJATLAR SMETASI
T/r
Koʻrsatkichlar nomlanishi
Summa, ming soʻmda
1.
___ _________ 20__ y. holatiga qoldiq mablagʻlar
2.
Tushumlar
2.1.
Sof tushumning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar
2.2.
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
3.
Foydalanish
3.1.
Hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash
3.2.
Modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish
Shu jumladan:
3.2.1.
____________ (har bir obyekt kesimida foydalanishning aniq yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda)
4.
___ _________ 20__ y. holatiga qoldiq mablagʻlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlanishi toʻgʻrisida 20___ yil _______ uchun HISOBOT* ______________________________________________________ MCHJ boʻyicha (Jamiyatning hududiy tashkiloti nomi)
T/r
Koʻrsatkichlar nomlanishi
Summa, ming soʻmda
1.
Hisobot yili boshida Jamgʻarmaga toʻlovlar yuzasidan kreditorlik qarz
2.
Yil boshidan Jamgʻarmaga hisoblangan ajratmalar
2.1.
shu jumladan, hisobot oyi uchun
3.
Hisobot yili boshidan Jamgʻarmaga toʻlangan summa
4.
Hisobot oyi oxirida Jamgʻarmaga toʻlovlar yuzasidan kreditorlik qarz
*Izoh: hisobotda har bir koʻrsatkich boʻyicha batafsil maʼlumot ilova qilinadi.
Rahbar
/imzo/
/F.I.O./
(M.Oʻ.)
Bosh buxgalter
/imzo/
/F.I.O./
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarini ishlatilishi toʻgʻrisida 20___ yil _______ uchun HISOBOT* ______________________________________________________MCHJ boʻyicha (Jamiyat tashkilotining nomi)
T/r
Koʻrsatkichlar nomlanishi
Summa, ming soʻmda
2.1
Jamgʻarmadan olingan jami summa
Shu jumladan:
2.1.1.
Joriy yilda
2.1.2.
Hisobot oyida
2.2.
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish, jami
2.2.1.
Shu jumladan:
2.2.2.
Joriy yilda
2.2.3.
Hisobot oyida
2.3.
Olingan jamgʻarma mablagʻlari qoldigʻi
*Izoh: hisobotda har bir koʻrsatkich boʻyicha batafsil maʼlumot ilova qilinadi.
Rahbar
/imzo/
/F.I.O./
M.Oʻ.(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
Bosh buxgalter
/imzo/
/F.I.O./
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikalariga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish jamgʻarmasining daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi toʻgʻrisida 20__ yil uchun HISOBOT*
T/r
Koʻrsatkichlar nomlanishi
20__ yil uchun prognoz ming soʻmda
Haqiqatda, ming soʻmda
Farq ming soʻmda
1.
___ ________ 20__ y. holatiga qoldiq mablagʻlar
2.
Tushumlar
2.1.
Sof tushumning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar
2.2.
Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
3.
Foydalanish
3.1.
Hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash
3.2.
Modernizatsiya va rekonstruksiya qilish
shu jumladan:
3.2.1.
____________ (har bir obyekt boʻyicha foydalanishning aniq yoʻnalishlarini koʻrsatish kesimida)
4.
___ _________ 20__ y. holatiga qoldiq mablagʻlar.
*Izoh: hisobotda har bir koʻrsatkich boʻyicha batafsil maʼlumot ilova qilinadi.
“Oʻzagroservis” AJ bosh direktori
/imzo/
/F.I.O./
(M.Oʻ.)
“Oʻzagroservis” AJ bosh buxgalteri
/imzo/
/F.I.O./
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 306-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)