Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019 13.04.2017 yildagi PQ-2887-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019
Hujjat 03.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-sonli Farmonini ijro etish hamda tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari Kompleksi tarkibiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 67 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziriga, zarur hollarda, xodimlarning belgilangan shtat soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillarini lavozimlarga tayinlash va ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri tomonidan, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi markaziy apparati xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi markaziy apparati xodimlarining shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining markaziy apparatini zarur anjomlar, tashkiliy texnika bilan jihozlash va zarur miqdorda xizmat avtotransporti vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlar, shuningdek, xizmat avtotransporti vositalari taʼminoti uchun tegishli limitlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tashqi savdo vazirligini belgilangan tartibda telefon aloqasi, jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 51a-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2887-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 67 nafar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 248-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 07/17/3326/0113-son; 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)