Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
“2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 10-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1732-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining 2007-yil 5-sentabrdagi 01-02/12-27, EG-01/10-3960, 33-son “2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1732, 2007-yil 22-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 438-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-28, 2015/10-6, 99-son “2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1732-1, 2015-yil 11-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 36-son, 483-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 30-mart,
01-02/12-9-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-mart,
2017/10-4-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 30-mart,
126-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 30-mart,
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2017-yil 30-mart,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 261-modda)