07.04.2017 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.04.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratish, respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining viloyat va tuman darajalaridagi tibbiyot muassasalari bilan kasalliklarni profilaktika, diagnostika qilish va davolash, Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalaridagi oʻzaro vertikal aloqasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyat perinatal markazining bemorlar oʻrni fondini 160 tagacha koʻpaytirish, uni Surxondaryo viloyatining oftalmologiya shifoxonasi binolari va inshootlarida joylashtirish, shuningdek Denov, Sherobod, Shoʻrchi, Boysun va Qumqoʻrgʻon tumanlari tibbiyot birlashmalarida perinatal boʻlimlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyat oftalmologiya shifoxonasini Surxondaryo viloyat perinatal markazi binolari va inshootlariga joylashtirish, uning bemorlar oʻrni fondini 70 tagacha qisqartirish yoʻli bilan uni optimallashtirish, shuningdek Denov tuman tibbiyot birlashmasida oftalmologiya boʻlimi tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi urologiya boʻlimining bemorlar oʻrni fondini 50 tagacha koʻpaytirish, shuningdek Denov tuman tibbiyot birlashmasida urologiya boʻlimi tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Surxondaryo viloyati perinatal markazi, viloyat oftalmologiya shifoxonasi va viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi urologiya boʻlimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat va yaqin atrofdagi mintaqalar aholisining yanada samarali va yuqori texnologiyali diagnostika metodlariga, kasalliklarni ilgʻor jahon yutuqlari darajasida davolash va profilaktika qilishga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy texnika va apparatlarning mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni taʼminlash, muassasalarni ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiy anjomlar bilan jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasalarning tibbiyot xodimlari kasbiy darajasini shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot oʻquv muassasalari va klinikalarida stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassis vrachlarning oʻz maktabini shakllantirish va rivojlantirish hamda viloyatning boshqa tumanlarini oʻz sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorlarni davolashning oʻz ilgʻor metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqishga va tibbiy amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, axborotlar, toʻplangan tajriba va mutaxassislar bilan keng almashuvni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi va urologiya markazlari tegishli ravishda Surxondaryo viloyatining oftalmologiya shifoxonasiga va viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining urologiya boʻlimiga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyat perinatal markazi, viloyat oftalmologiya shifoxonasi, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi urologiya boʻlimining bemorlar oʻrni fondini optimallashtirish, shuningdek tegishli tumanlarning tibbiyot birlashmalarida ularning boʻlimlarini tashkil etish Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarining amaldagi bemorlar oʻrni fondi doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Surxondaryo viloyat perinatal markazi, viloyat oftalmologiya shifoxonasi va viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi urologiya boʻlimining binolari va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb ataladi) rekonstruksiya qilish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uyjoysanoatsuvqurilish” xususiy loyihalash korxonasi — bosh loyihalash tashkiloti etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalari boʻyicha pudratchi tashkilotlar — bosh pudratchi tashkilotlar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda obyektlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2018-yil 1-sentabrgacha foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek obyektlarni rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda obyektlarni yuqori texnologiyali tibbiy anjomlar bilan jihozlash uchun xorijiy kreditlarni va xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlar grantlarini jalb etish boʻyicha tizimli ishlar olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha, obyektlarni rekonstruksiya qilish doirasida chetdan keltiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tibbiy anjomlar, qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar 2018-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi obyektlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifatiga rioya etilishi yuzasidan zarur darajadagi davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 232-modda, 34-son, 893-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)