Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 29-maydagi 146-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi munosabati bilan rangli metallar jahon bozorining konyunkturasi oʻzgarib turgan davrda yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek mis quvurlarni eksport qilishni taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 29-maydagi 146-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-aprel,
188-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 29-maydagi 146-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshidagi, 3-bandning birinchi xatboshidagi, 4-banddagi, 10-bandning birinchi xatboshidagi, 11 — 13-bandlardagi “OAJ” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Olmaliq KMK” AJning “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida vujudga kelgan mulkiy kompleks negizida “Olmaliq KMK” AJ tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinma tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”.
4. 7-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “OAJ” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Olmaliq KMK” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 250-modda)