29.03.2017 yildagi PQ-2856-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish, pilla, xom ipak, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni chuqur qayta ishlashning samarali usullarini keng joriy etish, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni taʼminlaydigan yagona va yaxlit tashkiliy-texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, tijorat banklari va pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” hududiy birlashmalari negizida tashkil etiladigan hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va tumanlararo “Pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari negizida tashkil etiladigan tuman “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish, pillani qayta ishlash hamda ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ozuqa bazasini takomillashtirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida sugʻoriladigan yer maydonlari ajratish boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipak qurti parvarish qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamchi faoliyatni amalga oshirish hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ipak qurti urugʻi va pilla yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli urugʻ ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlari boʻyicha pilla yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash, pilla tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari boʻyicha pilla yetishtirish uchun buyurtmalarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni dastlabki qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) pillani chuqur qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va uning sifatini yanada yaxshilash, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini oʻzlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borish, ipak mahsulotlari narxini shakllantirishning maqbul mexanizmini yaratish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tarmoqni jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pillachilik tarmogʻini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil yuritish hamda ichki va tashqi bozordagi narxlar monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, imtiyoz va yengilliklar berish, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning mablagʻlarini jalb qilish orqali Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar manfaatlarini koʻzlab, davlat bojini toʻlamasdan sudga daʼvo arizalari tayyorlash va taqdim etish hamda davlat organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, pillachilik tarmogʻi tashkilotlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining muassislari hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi, uning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 40 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi hamda “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlarining namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisiga, zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining raisi va uning oʻrinbosarlari muassislar umumiy yigʻilishining qarori bilan saylanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga koʻra tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining joriy taʼminoti va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2017 — 2021-yillarda pillachilik tarmogʻini kompleks ravishda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarga eʼtiborni qaratsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma va uning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, pillachilik sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tutzorlarni barpo etish, tut qatorlarini kengaytirish va mavjud tutzorlarni modernizatsiya qilish orqali pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipak qurti urugʻining mahsuldor zotlarini yaratish va joriy etish, importni qisqartirish va kelgusida respublikaning ichki ehtiyojini toʻliq taʼminlash maqsadida ularni ishlab chiqarish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pilla yetishtirish va tayyorlash hajmlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish, sifatini yanada yaxshilash, ipak qurtining mahsuldorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pillaga dastlabki ishlov berishning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini xatlovdan oʻtkazish, ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun koʻmir, polietilen, polipropilen, mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarini oʻz vaqtida, tartibga solinadigan narxlar boʻyicha ajratish orqali belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish hamda pillachilik tarmogʻining xoʻjalik yurituvchi subyektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifat menejmentining zamonaviy usullarini, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etish, uning xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirilishi va standartlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida pillachilik tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish va yangilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2023-yil 1-yanvargacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish, pillani yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlash, tayyor ipak mahsulotlar hamda pillachilik tarmogʻi uchun yordamchi materiallarni (sunʼiy pilla oʻrash dastalari) ishlab chiqarishdan olinadigan daromadlar — yuridik shaxslarning yagona soliq toʻlovini toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan pilla yigirish va ipak gazlama toʻqish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urugʻi va koʻchatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urugʻlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2019-y., 07/19/4411/3500-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi (kasanachi)lar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pilla yetishtiruvchi tashkilotlar — pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilar va boshqa ishchi-pillakorlar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovdan ozod etilsin va bundan boʻshagan mablagʻlar kasanachilar va ishchi-pillakorlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Mehnat vazirligining pillachilikni, pillachilik tarmogʻi ishchilari va tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan toʻliq bir mavsum ishlangan davrlari ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga Uyushma aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab sudga daʼvo arizalarini taqdim etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini belgilangan tartibda telekommunikatsiya tarmoqlariga, jumladan, hukumat aloqasiga ulashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Toshkent shahri hokimligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini joylashtirish uchun Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoil ota koʻchasidagi 1-a uydan ijara haqi boʻyicha “nol” stavkasini belgilagan holda zarur maydon ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2856-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi



Buxoro (1), Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1) va Xorazm (1) viloyatidagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Samarqand (1), Navoiy (1) va Jizzax (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Fargʻona (1), Namangan (1) va Andijon (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Toshkent (1) va Sirdaryo (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari



Samarqand (14), Navoiy (5) va Jizzax (12) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Fargʻona (15), Namangan (12) va Andijon (14) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Toshkent (10) vaSirdaryo (8) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Buxoro (10), Qashqadaryo (12) va Surxondaryo (12) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (7) va Xorazm (10) viloyatidagi tuman “Agropilla” MCHJlari



Samarqand (3), Navoiy (1) va Jizzax* viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Fargʻona (4), Namangan (2) va Andijon (4) viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Toshkent (2) va Sirdaryo* viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Buxoro*, Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (1) viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi* va Xorazm viloyatida (1) joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar



Samarqand (4), Navoiy (2) va Jizzax (1) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Fargʻona (5), Namangan (4) va Andijon (4) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Toshkent (1) va Sirdaryo* viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1) va Xorazm (1) viloyatidagi pillani qayta ishlash tashkilotlari


Buxoro (4), Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (2) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari




Fargʻona (3), Namangan (2) va Andijon* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Toshkent* va Sirdaryo* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi* va Xorazm* viloyatidagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Samarqand*, Navoiy* va Jizzax* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari


Buxoro (1), Qashqadaryo* va Surxondaryo* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari


Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti



Tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti (1)**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu tashkilotlarning “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasiga kiritish yoki undan chiqarish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yangi korxonalarni tashkil etish koʻzda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ilmiy-tadqiqot sohasida “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Z.T. Mirzayev

Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh raisi

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh raisi oʻrinbosari

A.J. Vaxabov

qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

moliya vaziri oʻrinbosari

Sh.O. Tulyaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari

A.A. Usmanov

adliya vaziri oʻrinbosari

D.A. Xidoyatov

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

X.A. Shakirov

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

I.U. Haydarov

“Oʻzbekyengilsanoat” AJ raisi

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamenti mudiri, Ishchi guruh kotibi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 204-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son, 01.08.2019-y., 07/19/4411/3500-son; 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son; 08.05.2024-y., 06/24/72/0331-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)