Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 05.06.2000 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 05.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRMONLARNING QOʻRIQLANISH TOIFALARINI ANIQLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻrmonlarning qoʻriqlash toifalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va manfaatdor organlar bilan birgalikda respublikaning barcha hududlaridagi oʻrmonlarning qoʻriqlash toifalarini 2001-yil 1-martgacha aniqlasin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 215-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRMONLARNING QOʻRIQLANISH TOIFALARINI ANIQLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlashda ularning maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq aniqlashning yagona tartibi, shartlari va farqlovchi belgilarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash oʻrmon fondi yerlari birkitilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlashning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni va respublika boʻyicha materiallarni umumlashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlashda, oʻrmon fondi yerlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini, oʻrmonlarning ekologik muvozanatga va tabiiy muhitning barcha komponentlariga taʼsirini, daryolarning gidrologiya rejimiga, namlik bugʻlanishining pasayishiga, yomgʻir va qor-muz suvlarining yuza oqimini tartibga solishga, shamol tezligining pasayishga taʼsirini va iqlimga taʼsirini hisobga olgan holda, qoʻriqlanishning ajratiladigan toifalarining asosiy maqsadiga eng koʻp javob beruvchi daraxtlarning puxta tanlab olinishini taʼminlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻrmonlar qoʻriqlashining muayyan toifasi davlat oʻrmon fondi yerlari uchastkalari chegaralarini belgilaydi. Ushbu chegaralar oʻrmon bilan qoplangan va qoplanmagan, alohida himoya, suvni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, rekreatsion, ilmiy, tarixiy yoki koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda koʻproq foydalanish uchun boshqa maxsus maqsadlar boʻyicha ajratilgan maydonlarni oʻz ichiga oladi. Bir xil maqsadda foydalanish uchun belgilangan tartibda ajratiladigan barcha oʻrmonlar qoʻriqlanishning bitta toifasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari chegaralari joylarda belgilangan va oʻrmon tuzilishi kartografiya materiallarida aks ettirilgan oʻrmon xoʻjaliklari va oʻrmon mavzelari chegaralari bilan qoʻshilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻrmon xoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanish tartibi oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalariga koʻra “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi va qonun hujjatlari bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston oʻrmonlari xalq xoʻjaligi ahamiyatiga, ularning joylashgan oʻrniga va bajaradigan funksiyalariga koʻra qoʻriqlanishning quyidagi toifalariga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oʻrmonlarning temir yoʻl va avtomobil yoʻllari boʻylab oʻtgan ihota mintaqalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) choʻl va chala choʻl mintaqasidagi oʻrmonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi koʻkalamzorlashtirilgan mintaqa oʻrmonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) kurortlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmon mavzelari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) yongʻoqchilik mintaqasidagi oʻrmonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) oʻrmonning mevali daraxtzorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) davlat qoʻriqxona oʻrmonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) davlat milliy tabiiy bogʻlari oʻrmonlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega boʻlgan oʻrmonlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega boʻlgan davlat qoʻriqxonalari va milliy tabiiy bogʻlarida, qoʻriqxona oʻrmon uchastkalarida, oʻrmonlarda, shahar oʻrmonlarida va oʻrmon bogʻlarida qoʻriqlanishning boshqa toifalari ajratilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bitta hududda oʻsuvchi va ayni bir vaqtda bir nechta himoya funksiyalarini bajaruvchi oʻrmonlar uning uchun oʻrmon xoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanishning yanada qattiqroq tartibi belgilangan qoʻriqlash toifasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalariga suvni qoʻriqlash-himoya qilish funksiyalarini bajaruvchi, daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillarida joylashgan, daryo oʻzaniga yoki havzasi sohiliga bevosita tutashgan oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari daryo boʻylarida, suv omborlarida va maydoni 100 gektardan koʻp boʻlgan koʻllar atrofida, ular kimning tasarrufida yoki foydalanishida ekanligidan qatʼi nazar, davlat oʻrmon fondi yerlarida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daryolar boʻyidagi aniq oʻtloq yerlardagi taqiqlangan mintaqalar kengligi oʻtloq yerlar va ularga tutash mintaqalar kengligidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tikligi 30 gradusdan koʻp boʻlgan, katta daryolarga tutash togʻ qiyaliklari oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqasiga toʻliq kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari tashqi chegarasi ularni belgilashda imkoniyatga koʻra tabiiy chegaralar yoki daraxtlari kesilgan mavzelar, ajratilgan yerlar chegaralari bilan birga qoʻshib yuborilishi va toʻgʻrilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligining aniq hajmlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi organlari tomonidan, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari bilan kelishgan holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻllar va suv omborlari atrofidagi oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligi ularga quyiladigan daryolar boʻyicha ajratilgan mintaqalarga teng holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daryolarning asosiy oʻzanlari boʻyicha eroziya jarayonlariga uchragan hududlarda oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligi maxsus tadqiqotlar asosida ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daryolarning, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab belgilangan oʻrmonlarning taqiqlangan hajmi zarur boʻlganda maxsus tadqiqotlar asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu toifani ajratishdan maqsad suv obyektlarini qoʻriqlash va himoyalash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalariga daryolar, koʻllar va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab joylashgan, ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylar hisoblanadigan va daryolar oʻzaniga yoki suv havzasi sohiliga bevosita qoʻshiladigan oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmonlar qoʻriqlanishining ushbu toifasini ajratishdan maqsad ovlanadigan baliqlarni qoʻriqlash va ular uchun qulay sharoitlar yaratishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Eroziyadan himoyalaydigan oʻrmonlarga chuqurliklar, soylarda, oson toʻzgʻiydigan qumliklarda, toshloqlardagi tabiiy va sunʼiy holda yaratilgan oʻrmonlar, sel xavfi boʻlgan joylardagi oʻrmonlar, tik togʻ qiyaliklaridagi oʻrmon uchastkalari kiradi, shuningdek, ularga konlar va tuproq qatlamlari kovlangan yerlardagi tabiiy va sunʼiy yaratilgan oʻrmonlar ham kirishi mumkin, agar ular eroziyadan saqlash va himoyalashda muhim ahamiyatga ega boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu toifaning asosiy maqsadi yerlarni, birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi yerlarini suv va shamol eroziyasidan himoyalashdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻrmonlarning temir yoʻllar boʻylab oʻtgan ihota mintaqalariga temir yoʻlning har qaysi tomonidagi kengligi 300 metrgacha boʻlgan, ishlayotgan va qurilayotgan temir yoʻllarga tutash tabiiy va sunʼiy ravishda yaratilgan oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qumli hududlarda ihota mintaqalari kengligi zarur hollarda maxsus tadqiqotlar harakati xavfsizligini taʼminlaydigan hajmlargacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Temir yoʻllar boʻylab oʻrmonlar ihota mintaqalarining aniq kengligi temir yoʻl transporti organlari bilan kelishilgan holda, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllar boʻylab oʻrmonlar ihota mintaqalariga yoʻlning har qaysi tomonidan kengligi 20-50 metr boʻlgan, respublika va viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga tutash oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻllardagi qumli hududlarda oʻrmonlarning ihota mintaqalari kengligi zarur hollarda, maxsus tadqiqot asosida, avtomobil yoʻllarining saqlanishini va transport harakati xavfsizligini taʼminlaydigan hajmlargacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari boʻyidagi oʻrmonlarning ihota mintaqalari transport yoʻllarini noqulay ob-havo sharoitlarida, qum va qor bosishidan, yuvilib ketishdan, koʻchkilardan, iqlim noqulayliklari va sellardan himoyalash maqsadida, shuningdek, ulardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Choʻl va chala choʻl mintaqasidagi oʻrmonlarga tabiiy va sunʼiy ravishda yaratilgan oʻrmonlar, choʻl va chala choʻl hududlarida joylashgan, muhim ihota funksiyalarini bajaruvchi oʻrmon uchastkalari yoki mavzelari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choʻl va chala choʻl mintaqalarida joylashgan oʻrmonlar qishloq xoʻjaligi yerlari, aholi punktlari va boshqa obyektlarni noqulay tabiiy sharoitlar (qum bosishi)dan ihotalash uchun xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlariga shaharlar va shaharchalarning shahar hududining belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralarida joylashgan oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar oʻrmonlari shaharlar, shaharchalar va boshqa shahar tusidagi aholi punktlari hududi chegaralari belgilanayotganda (oʻzgartirilayotganda) ajratiladi. Oʻrmon-bogʻlarga shahar hokimliklari tasarrufidagi, shaharlar chegarasi tashqarisida joylashgan oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlaridan birinchi navbatda madaniy-sogʻlomlashtirish maqsadlarida va aholining dam olishi uchun foydalaniladi. Ushbu oʻrmonlarda aholi dam olishiga toʻsqinlik qiluvchi daraxt kesish va yogʻoch tayyorlash kabi ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi koʻkalamzorlashtirilgan mintaqadagi oʻrmonlarga shaharlar, aholi punktlari va sanoat obyektlari chegarasidan tashqarida joylashgan, muhim ihota, sanitariya-gigiyena, ekologik va boshqa funksiyalarni bajaruvchi, aholini sogʻlomlashtirishni, mehnat qobiliyatini oshirishni va dam olishini taʼminlovchi, shaharlar havo boʻshligʻini tozalovchi va aholi punktlarini ifloslanishdan saqlovchi oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlarga suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqalari belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralardagi oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlar suvdan ichish uchun foydalaniladigan joylarda suvni tozalash, muhofaza qilish, saqlash va uning sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlarda daraxtlarni faqat qatʼiy belgilangan chegaralarda parvarish qilish va sanitariya maqsadida kesishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kurortlarni sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlarga kurortlarning belgilangan tartibda aniqlangan sanitariya jihatdan muhofaza qilish hududlari chegaralaridagi oʻrmonlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu oʻrmonlar iqlimni, sanitariya-gigiyena sharoitlarini hamda tuproq va suvni muhofaza qilishni tartibga soladi, kishilarning dam olishga va ularni sogʻlomlashtirishga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmon mavzelariga serunum oʻrmonlar, shuningdek, qimmatli genetik ahamiyatiga ega boʻlgan relikt va endemik daraxtlar navlaridan iborat oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu toifaning maqsadli ilmiy-tarixiy maqsadlar uchun qimmatli tabiiy oʻrmonlarni saqlab qolishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yongʻoqchilik mintaqasidagi oʻrmonlarga shirin, madaniylashgan grek yongʻogʻi, pista va bodom mevalari tayyorlash uchun xom ashyo bazasi sifatida muhim ahamiyatiga ega boʻlgan, tabiiy va sunʼiy ravishda yaratilgan oʻrmonlar va plantatsiyalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mevali oʻrmon daraxtzorlariga davlat oʻrmon fondi yerlaridagi tabiiy va sunʼiy ravishda yaratilgan oʻrmonlar va xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan qimmatli meva-rezavor daraxtlar va oʻsimlik navlari oʻsadigan plantatsiyalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat qoʻriqxona oʻrmonlariga respublika Hukumati qarori bilan barpo etilgan davlat qoʻriqxonalari hududlaridagi barcha oʻrmonlar, plantatsiyalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻriqxona oʻrmonlarining asosiy maqsadi tabiiy tabiat muhiti sharoitlarida oʻsimlik va hayvonot dunyosining ahvoli va rivojlanishini kuzatish, oʻsimlik va hayvonot dunyosining alohida ahamiyatiga ega boʻlgan relikt va endemik turlari genofondini saqlab qolish, shuningdek, oʻziga xos qimmatli hududlarni tabiiy holatda saqlashdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat milliy tabiiy bogʻlari oʻrmonlariga respublika Hukumati qarori bilan tashkil etilgan davlat milliy tabiiy bogʻlari hududida joylashgan oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy tabiiy bogʻlarning asosiy vazifasi alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega boʻlgan tabiat komplekslarni saqlab qolishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega boʻlgan oʻrmonlarga tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar hududlarida joylashgan muhim tarixiy voqealar bilan bogʻliq alohida qimmatli va saqlanishi kerak boʻlgan joylardagi oʻrmon uchastkalari yoki alohida oʻrmon mavzelari, shuningdek, ilmiy kuzatishlar uchun xizmat qiluvchi oʻrmonlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi organlari tomonidan tayyorlanadi va joylardagi davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor organlar bilan kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taklifga oʻrmonlar qoʻriqlanishining bir toifasidan boshqasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslashlar, kartografik, hisobga olish hamda boshqa zarur materiallar va hujjatlar ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.