17.03.2017 yildagi PQ-2843-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida roʻyxatdan oʻtgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari (kabel-oʻtkazgich mahsulotlaridan tashqari), shuningdek, pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar 2017-yilning 1-aprelidan 2022-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda mulk soligʻi, yer soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yili natijalari boʻyicha sotuvning umumiy hajmida ushbu mahsulotlarni sotishdan tushadigan sof tushumning ulushi 60 foizdan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etuvchi yuridik shaxslar mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar jumlasiga kirishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzfarmsanoat” AK, “Oʻzeltexsanoat” AK va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ bilan birgalikda 2017-yilning 1-apreligacha mazkur qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari, shuningdek, pardozlash qurilish materiallariga taalluqli boʻlgan mahsulotlarning aniq roʻyxatini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida roʻyxatdan oʻtgan va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan eksportyor yuridik shaxslar uchun respublika doirasida ichki yuk tashishga amaldagi tarif stavkalari boʻyicha yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasigacha yetkazib berishga temir yoʻl tariflarini qoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu qarorni yoritish boʻyicha keng tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2843-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 186-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)