Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida Fransiyaning taraqqiyot agentligini va PROPARKO faoliyatini tashkil etish boʻyicha erishilgan shartnoma hamda xalqaro huquq talablariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2016-yilning 8-dekabr kuni Gamburg shahrida (GFR) imzolangan Oʻzbekiston Respublikasida Fransiyaning taraqqiyot agentligini va PROPARKOni taʼsis etish va faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-mart,
PQ-2830-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 157-modda)