29.09.2016 yildagi 580-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 29.09.2016 yildagi 580-III-son
Kuchga kirish sanasi
29.09.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan boshqa davlat organlari bilan birgalikda Dasturning bajarilishini mintaqalar va aniq korxonalar boʻyicha tizimli monitoring hamda tahlil qilish, mehnat bozoridagi talab va taklifni oʻrganish amalga oshirilmoqda hamda shu asosda Dasturning 2016-yil uchun tasdiqlangan parametrlarini bajarish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek yangi obyektlarni, asosan sanoatda, xizmatlar va servis sohasida, uy-joy qurilishida ishga tushirish, kichik biznesni, fermer va dehqon xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish joriy yilning yanvar — iyun oylarida 462,5 ming kishining bandligini taʼminlash imkonini berdi. Ish oʻrinlarining 59,8 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ishda band boʻlmagan vakillariga mehnat organlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish orqali ishga joylashishda koʻmaklashildi. Natijada tumanlar va shaharlar bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan ishga joylashish uchun murojaat etgan 124,6 ming nafar fuqaro doimiy va vaqtincha ish bilan taʼminlandi, 52,6 ming kishiga mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boʻyicha va ishga joylashish imkoniyatlari haqida axborot hamda maslahat berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash hisobidan 13,8 mingta ish oʻrnini tashkil etish taʼminlandi. Bunda past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, istiqbolsiz korxonalarni keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlari va ish oʻrinlari tashkil etish sharti bilan yangi mulkdorlarga realizatsiya qilish orqali tugatish boʻyicha maqsadli “yoʻl xaritalarini” amalga oshirish mexanizmlari ishga tushirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturida kichik biznesga alohida oʻrin ajratilgan boʻlib, mazkur sohada birinchi yarim yillikda umuman 356,1 mingdan ziyod kishining bandligi taʼminlandi, bu esa tashkil etilgan barcha ish oʻrinlarining 77,1 foizdan ziyodini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va boshqa tegishli muassasalar tomonidan Dasturning bajarilishini monitoring va tahlil qilish imkoniyatlaridan hali ham yetarlicha foydalanilmayapti, bunda Dastur parametrlarining amalga oshirilishini baholash ishlari yaxshilash va takomillashtirishni talab qiladi. Bu mamlakatimizning ayrim mintaqalarida yangi korxonalarni qurish hamda ishlab turganlarini kengaytirish, kichik va boshqa korxonalarni rivojlantirish hisobiga ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha qoloqlik aniqlanganligining sabablaridan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni taʼkidlash kerakki, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida aholi bandligini taʼminlash, mehnat bozorida talab etiladigan muayyan mutaxassisliklar boʻyicha kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga boʻlgan ehtiyojni rejalashtirish masalalarida hali kamchiliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (A. Abduhakimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini soʻzsiz bajarish, bunda ishchanlik muhitini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini bundan buyon ham olib borishga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi amalga oshirilishining borishini har tomonlama monitoring qilishni davom ettirib, keyingi yillarda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan, mehnat bozorining demografik omillarini hisobga olgan holda, takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari bilan hamkorlikda ish bilan band boʻlmagan aholini, ayniqsa, qishloq joylardagi aholini, aholining ijtimoiy jihatdan kam taʼminlangan toifalarini, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, kasbga qayta tayyorlash va ijtimoiy himoya qilishga doir chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari 2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini soʻzsiz bajarish, mehnat bozorining hududiy tuzilmasini takomillashtirish, ayniqsa, ishchi kuchi koʻp mintaqalarda ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifning mutanosibligini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish chogʻida yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini va aholining bandligi taʼminlanishini, ayniqsa, taʼlim muassasalarining, avvalo kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 29-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
580-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 9-son, 280-modda)