16.02.2017 yildagi PF-4958-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish samaradorligini oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yilning 1-yanvaridan boshlab doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilinishi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga yaqinlashtirishda muhim qadam bo‘ldi. O‘tgan davr ichida barcha zarur normativ-huquqiy baza shakllantirildi, o‘rnatilgan talablarga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarining faoliyati, doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan sur’atlar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, shuningdek tasarrufida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralarning qator xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotiga muvofiq 2017-yilning 1-iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) va o‘rnatilgan talablar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan va o‘rnatilgan talablar bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslarga ham falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, falsafa doktori (PhD) yoki fan nomzodi, yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslarga ham fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi amaldagi ilmiy kengashlar mazkur Farmon qabul qilingan kundan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi bo‘yicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilishni to‘xtatishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hozirgi vaqtda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida tahsil olayotgan yoki o‘rnatilgan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilgan shaxslar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim yangi tizimining tegishli institutlarida tahsil olishni davom ettiradilar va, tayyorligiga qarab, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi sharoitida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar yoki mustaqil izlanuvchilik institutini dissertatsiya himoyasisiz bitirgan, shuningdek, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirmagan holda o‘rnatilgan talablarga muvofiq dissertatsiyasini tayyorlagan va Oliy attestatsiya komissiyasida dissertatsiya mavzusini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lmagan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hozirgi vaqtda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida tahsil olayotgan yoki o‘rnatilgan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilgan shaxslar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim yangi tizimining tegishli institutlarida tahsil olishni davom ettiradilar va, tayyorligiga qarab, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi sharoitida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar yoki mustaqil izlanuvchilik institutini dissertatsiya himoyasisiz bitirgan, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirmagan holda o‘rnatilgan talablarga muvofiq dissertatsiyasini tayyorlagan va Oliy attestatsiya komissiyasida dissertatsiya mavzusini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur Farmonning ijrosi bo‘yicha, jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan Hukumat qarorini qabul qilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umum qabul qilingan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan takomillashtirilgan davlat talablarini, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlari mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribani hisobga olgan holda, Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning — falsafa doktori (PhD) diplomining davlat namunasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilning 1-iyuliga qadar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida tahsil olayotgan shaxslarni yangi tizimning tegishli institutlariga o‘tkazish, yangi talablarga muvofiq attestatsiya ishlarining qabul qilinishi, ko‘rib chiqilishi va talabgorlarga falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari berilishini ta’minlash, shuningdek tayanch doktoranturada, doktoranturada yoki mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishni boshlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi faoliyatini tashkillashtirish bilan bog‘liq barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarda berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish)ning amaldagi tartibini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga, vazirliklarga, idoralarga va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiradigan muassasalarga shu maqsadlar uchun har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-yil 1-iyulidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga stajor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo‘lmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonga muvofiq 2018-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini moliyalashtirishga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456- son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va 2012-yil 27-iyuldagi PF-4458-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 16-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4958-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 106-modda)