Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2018 10.09.2016 yildagi PQ-2584-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2018
Hujjat 10.09.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini optimallashtirish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish ishlari samaradorligini va natijadorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, taʼlim va ilm-fan masalalari kompleksining rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri hamda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari — Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari yangidan kiritilayotgan lavozimlarning funksional vazifalari toʻgʻrisidagi Nizomlarni bir hafta muddatda tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi (Abduqodirov R.V.):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining shtatlar jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri va tegishli Bosh vazir oʻrinbosarlari bilan birgalikda tashkil etilgan axborot-tahlil departamentlarini chuqur maxsus bilimlarga ega boʻlgan va chet tillarini biladigan, departamentlarga yuklangan vazifalarning bajarilishini yuqori kasbiy darajada taʼminlashga qodir boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish yuzasidan takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyuldagi PQ-2374-son qarorining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandi, 2-bandi (toʻrtinchi xatboshi bundan mustasno), 4-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1, 2, 3, 9-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 10-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2584-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga
2-ILOVA

Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Departament mudiri

1

1. Taʼlim shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Maktab taʼlimi va maktabdan tashqari taʼlim masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Oliy taʼlim masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Oliy taʼlim ilm-fanini rivojlantirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

2. Ilm-fan shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Ilmiy muassasalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Inspektor

1

Jami:

10

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralar

1.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

3.

Xalq taʼlimi vazirligi

4.

Davlat test markazi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi

6.

Oliy attestatsiya komissiyasi

7.

Fanlar akademiyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga
3-ILOVA

Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Departament mudiri

1

Yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlantirish masalalari shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Jamoat yoshlar tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Teleradioeshittirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (texnik qismi bundan mustasno)

1

Kinematografiya masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Ommaviy axborot vositalari, poligrafiya va noshirlik ishi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Madaniyat va sanʼat masalalari shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Madaniy-ommaviy tadbirlar, estrada-konsert faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Teatr faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Milliy axborot makoni monitoringi va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Milliy axborot makoni monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Pochta va telekommunikatsiyalarni, arxiv ishi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va arxiv ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

2

Jami:

24

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari:

1.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

2.

Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi

3.

Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi

4.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi (madaniyat qismi masalalari boʻyicha)

5.

Badiiy akademiya

6.

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

7.

“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi

8.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

9.

“Oʻzbekkino” milliy agentligi

10.

“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita

12.

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi

13.

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

14.

“Mahalla” fondi

15.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

16.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (texnik qismi boʻyicha)

17.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

18.

Intellektual mulk agentligi

19.

“Oʻzarxiv” agentligi

20.

Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi

21.

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”

22.

Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona

23.

Axborot tizimlarini, texnologiyalarini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

24.

Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida oʻz faoliyatini litsenziya bitimlariga muvofiq amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Departament mudiri

1

Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Jismoniy tarbiya va sport masalalari shuʼbasi

Shuʼba mudiri

1

Jismoniy tarbiya masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Oliy mahorat sporti masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Inspektor

1

Jami:

12

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik
boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari:

1.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

3.

“Nuroniy” jamgʻarmasi

4.

“Oʻzfarmsanoat” davlat konserni

5.

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi

6.

“Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasi

7.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi (jismoniy tarbiya va sport masalalari qismi)

8.

Milliy olimpiya qoʻmitasi

Keyingi tahrirga qarang.