18.05.2000 yildagi 192-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

BOLALARNI BOSHQA MAMLAKATLARGA OʻGʻIRLAB OLIB KETISHNING FUQAROLIK JIHATLARI TOʻGʻRISIDAGI GAAGA KONVENSIYASINI AMALGA OSHIRISH BOʻYICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bolalarni boshqa mamlakatlarga oʻgʻirlab olib ketishning fuqarolik jihatlari toʻgʻrisidagi Gaaga Konvensiyasiga qoʻshilganligi munosabati bilan hamda vazirliklar va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bolalarni boshqa mamlakatlarga oʻgʻirlab olib ketishning fuqarolik jihatlari toʻgʻrisidagi Gaaga Konvensiyasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha markaziy organ etib tayinlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, markaziy organning Gaaga Konvensiyasi doirasidagi koʻrsatmalari Oʻzbekiston Respublikasining barcha vazirliklari, idoralari va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Bolalarni boshqa mamlakatlarga oʻgʻirlab olib ketishning fuqarolik jihatlari toʻgʻrisidagi Gaaga Konvensiyasini amalga oshirishga doir tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi rahbari D.M. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 18-may,

192-son