Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2018 26.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2272-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 26.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2272-2
Kuchga kirish sanasi
31.12.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2018
Hujjat 31.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2272-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 412-mh-sonli “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2272-3, 10.08.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 30-sentabrdagi 222-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2272, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 432-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir M. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
305-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 305-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish munosabati bilan xodimga maʼlum boʻlib qolgan holatlar xizmat siri hisoblanib, ular, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor etilishi yoki eʼlon qilinishi mumkin emas.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ish yurituvida mavjud boʻlgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining yozma soʻrovnomalariga koʻra dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar yoki ulardan koʻchirmalar va maʼlumotnomalar berish;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish masalalari yuzasidan huquqiy targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 8-bandning ikkinchi xatboshisi “, shuningdek otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish harakatlarini amalga oshiradi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Adliya boshqarmalari FHDY arxivlari mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan funksiyalardan tashqari FHDY organlarining xabarnomalariga asosan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalariga tegishli oʻzgartirish va belgilar kiritadi hamda ularni bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi mavjud boʻlmagan taqdirda, uning ikkinchi nusxasiga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxasi saqlanayotgan Toshkent shahar adliya boshqarmasi FHDY arxivi dalolatnoma yozuvlarga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 25-band “chiroyli dastxatga” degan soʻzlardan keyin “hamda kompyuterda ishlash malakasiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“28. FHDY organlari xodimlari oʻzi, eri yoki xotini, oʻzining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillari) toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga haqli emas. Bunda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari adliya boshqarmasining yozma koʻrsatmasiga asosan boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida qayd etiladi va bu haqda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining belgilar ustuniga tegishli izoh kiritiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 607-modda)