Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.03.2020 28.11.2016 yildagi O‘RQ-413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.03.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 12-oktabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-588-sonli “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 638-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 344-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 20p2 yil, № 1, 20-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasaba uyushmasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga koʻra oʻz aʼzolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bogʻlangan fuqarolarning jamoat birlashmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xodimlar, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslar hamda ish bilan taʼminlangan boshqa shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan kirish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlar barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi), yakka tartibdagi tadbirkorlik va oʻzga mehnat faoliyati amalga oshirilayotgan boshqa ish joylarida kamida uch nafar xodimning tashabbusi bilan kasaba uyushmalarini tuzishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish-tarmoq prinsipiga koʻra tarmoqlar va hududlar darajasida tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlamaydigan pensionyerlarning kasaba uyushmasi aʼzoligiga kirishi yoki undan chiqishi tartibi kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika, tarmoq va hududiy birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek ularga kirishi mumkin, mazkur birlashmalarga kasaba uyushmalari faoliyatining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va kafolatlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatida davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, ish beruvchilardan va ularning birlashmalaridan, siyosiy partiyalardan hamda boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining ruscha matnidagi “Profsoyuzm” degan soʻz “Professionalnie soyuzi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismining ruscha matnidagi “Profsoyuzm”, “profsoyuzami” va “profsoyuznie obyedineniya i organizatsii” degan soʻzlar tegishincha “Professionalnie soyuzi”, “professionalnimi soyuzami” va “obyedineniya i organizatsii professionalnix soyuzov” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonun hujjatlarida kafolat beriladigan mehnat huquqlari, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari biror bir tarzda cheklanishiga sabab boʻlmaydi. Xodimni ishga qabul qilish, xizmat pogʻonalariga koʻtarish, shuningdek u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirishni yoki undan chiqishni shart qilib qoʻyish taqiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasaba uyushmasining faoliyatini tugatish ustavda belgilangan tartibda uning vakolatli organi qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid boʻlgan taqdirda, bu faoliyat sudning qarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalarining faoliyatini biror bir boshqa organning qaroriga koʻra taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunni Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar organlarida, Milliy xavfsizlik xizmatida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari ana shu tuzilmalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7-modda. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi oldindan xabardor etilgan holda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasaba uyushmalari oʻz aʼzolarining mehnat huquqini himoya qiladi, ish bilan taʼminlash borasidagi davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etadi, tashkilotlarda ishdan boʻshatiladigan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlari asosida jamoa shartnomasida belgilanadigan chora-tadbirlarini taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimlarning soni (shtati) yoki mehnat sharoitlari oʻzgarishiga olib keladigan tarzda tashkilotni va uning tarkibiy boʻlinmalarini tugatish, ishlab chiqarishni toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish tegishli kasaba uyushmalari kamida ikki oy oldin xabardor qilingan hamda ular bilan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan muzokaralar oʻtkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari aholini ish bilan taʼminlashning holati va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamoa shartnomasida, kelishuvida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday rozilikni olmay turib shartnomani bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 9, 10 va 11-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9-modda. Kasaba uyushmalarining muzokaralar olib borish va jamoa shartnomalari, kelishuvlari tuzish huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari ish beruvchi, ish beruvchilarning birlashmasi bilan jamoa muzokaralarini olib borishda va jamoa shartnomalarini, kelishuvlarini tuzishda ustuvor huquqqa ega boʻladi, ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kasaba uyushmalari jamoa shartnomasi, kelishuvi tuzish taklifi bilan chiqsa, ish beruvchilar, ularning birlashmalari bu haqda muzokaralar olib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Kasaba uyushmalarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga doir huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalarining mehnat sharoitlari va mehnatga haq toʻlash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlik, xodimlarning uy-joy sharoitlari, ularni ijtimoiy sugʻurta qilish, ularning sogʻligʻini va madaniy manfaatlarini muhofaza qilish, pensiya taʼminoti sohasidagi huquqlari tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari oʻz vakolatlari doirasida xodimlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi oʻzgarishiga qarab kompensatsiya toʻlash miqdorlarini aniqlashda ishtirok etadi, tirikchilik uchun qonunda belgilangan zarur eng kam miqdorga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning miqdoriga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kasaba uyushmalarining birlashmalari ushbu masalalar boʻyicha jamoa kelishuvlari tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Kasaba uyushmalarining qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari ish beruvchi tomonidan mehnat va kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, aniqlangan xukuqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Ish beruvchi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari haqida kasaba uyushmasiga oʻn besh kunlik muddat ichida xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga daʼvo arizasi bilan, shuningdek sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari huquqiy yordam xizmatlariga va boshqa zarur organlarga ega boʻlishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasaba uyushmalari yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqishda qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari qonun hujjatlarining, jamoa shartnomasi, kelishuvi shartlarining buzilganligi, mehnat va turmushning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini belgilash yoki mavjud shart- sharoitlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha jamoalarga doir mehnat nizolarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 13 — 16-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13-modda. Kasaba uyushmalarining mehnatga oid masalalar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa masalalari yuzasidan axborot olish huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari ish beruvchidan, shuningdek davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan belgilangan statistika hisobotlari doirasida bepul axborot olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Kasaba uyushmalarining ish beruvchilar, ularning birlashmalari tomonidan jamoa shartnomalari, kelishuvlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchilar, ularning birlashmalari jamoa shartnomalari, kelishuvlari shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, kasaba uyushmalari ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi. Ish beruvchilar, ularning birlashmalari kasaba uyushmalarining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad etgan yoki koʻrsatilgan muddatda ular oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Ish beruvchi va mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmasi oʻrtasidagi nizolarni koʻrib chiqish hamda hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda ish beruvchi va mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmasi oʻrtasida kelib chiqadigan nizolarni hal etishga doir masalalar qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Kasaba uyushmalarining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari migratsiya, ish bilan taʼminlash, mehnat, narx belgilash va ijtimoiy taʼminot masalalariga doir Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 17 — 22-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchilar va mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishi, ularning faoliyatiga koʻmaklashishi shart. Ular kasaba uyushmalarining huquqlarini buzganlik yoki ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Ish beruvchilar va mansabdor shaxslar kasaba uyushmalari vakillarining shu kasaba uyushmalari aʼzolari ishlayotgan tashkilotlarga ustavda belgilangan maqsad va vazifalarni hamda qonun hujjatlarida berilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishiga toʻsqinlik qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasaba uyushmasi organi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan xodimlarga — shu organning roziligi olinmasdan turib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot boʻlinmalaridagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmasi organining roziligi olinmasdan turib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga, kasaba uyushmalari tashkilotchilariga — tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olinmasdan turib.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, ular aʼzo boʻlgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan taqdirdagina, tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining raislari va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa, yuqoridagilardan tashqari faqat tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalarining tashkilotchilari va kasaba uyushmalari guruhlarining tashkilotchilari bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga tegishli kasaba uyushmalari birlashmasi organining roziligi olingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari saylab qoʻyiladigan organlarining ishlab chiqarishdagi oʻz ishidan ozod qilinmagan aʼzolariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan shartlarga koʻra jamoa manfaatlarini koʻzlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan boʻsh vaqt beriladi, shuningdek kasaba uyushmasining qisqa muddatli oʻquvi vaqtida ularning oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalarining saylab qoʻyiladigan organlari aʼzolari kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda, shuningdek kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida delegat sifatida ishtirok etayotgan vaqtga ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinib, ularga kasaba uyushmasining mablagʻlari hisobidan oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilingan holda kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari organlaridagi saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga ularning saylov vakolatlari tugaganidan soʻng avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmagan taqdirda esa, oʻsha tashkilotda yoki xodimning roziligi bilan boshqa tashkilotda avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarga tegishli ish (lavozim) berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular qonunda, jamoa shartnomalarida, kelishuvlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarning mehnatga oid qoʻshimcha kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylab qoʻyiladigan lavozimdagi vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Kasaba uyushmalarining hamda ularga qarashli tashkilotlarning mulkiy va moliyaviy huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari mulk huquqi asosida oʻziga qarashli boʻlgan mol-mulk va pul mablagʻlariga egalik qiladi, ulardan foydalanadi hamda ularni tasarruf etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, oʻz navbatida ular ham kasaba uyushmalarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari budjeti mablagʻlarining manbalari, mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi ularning ustavlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati ularning ustavlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalariga qarashli tashkilotlar daromadlarining manbalari, ular olgan mablagʻlarning miqdorlari va soliqlarni toʻlash davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari oʻz ustavlarida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiq belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, tijorat tashkilotlarini tashkil etish, noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish, turli fondlar tuzish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Ish beruvchining kasaba uyushmalari faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish borasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa shartnomasiga, kelishuviga muvofiq tashkilot oʻz mulki boʻlgan yoxud oʻzi ijaraga olgan binolarni, xonalarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya- sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan dam olish maskanlarini, bolalar-oʻsmirlar oromgohlarini va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlarini kasaba uyushmalariga tekin foydalanish uchun beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot maqsadi va miqdorlari jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan mablagʻlarni kasaba uyushmalariga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotda ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi, kelishuvi bilan tartibga solinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-413-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 546-modda)