24.06.1999 yildagi 313-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.12.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmogʻini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha bolalar muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha taʼlim tizimida raqobat muhitini yaratish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining davlat maktabgacha bolalar muassasalari bilan bir qatorda tijorat asosida faoliyat koʻrsatuvchi, davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari oʻz ustav jamgʻarmasini muassislarning mablagʻlari hisobiga shakllantiradi, har xil tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari belgilangan tartibga muvofiq xususiylashtiriladigan davlat maktabgacha muassasalari negizida ham tashkil etilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan davlat maktabgacha bolalar muassasalarining boʻshayotgan binolari va inshootlari mavjud jihozlari va asbob-uskunalari bilan birgalikda, keyinchalik sotib olish huquqi bilan 3 yilgacha muddatga ijara haqi undirmasdan, davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalariga ijaraga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalarining ishlab turgan davlat maktabgacha bolalar muassasalari tarkibi va hududida, shuningdek boshqa davlat maktabgacha bolalar muassasalariga ega boʻlmagan aholi yashash joylaridagi ishlab turgan davlat maktabgacha muassasalari oʻrniga tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasasi (tashkiloti) toʻgʻrisida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda ularni tashkil etish tartibini, ularning tashkiliy-huquqiy maqomini, tegishli davlat standartlarini taʼminlash boʻyicha asosiy talablarni, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibini, mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini va boshqalarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xizmat koʻrsatiladigan bolalarning sifatli ovqatlantirilishini tashkil etish uchun davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar maktabgacha muassasalariga olinadigan daromadlarning 15 foizgachasini chakana savdo tarmoqlaridan va dehqon bozorlaridan naqd pulga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishga sarflash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanuvchi davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari xizmatlari uchun toʻlov miqdorlarining deklaratsiya qilinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalarini rivojlantirish, ularning faoliyat koʻrsatish huquqiga litsenziyalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib borish, shuningdek ularga uslubiy yordam koʻrsatish hamda ularning bolalar tarbiyasi va taʼlimi sohasidagi davlat standartlariga rioya etishlarini nazorat qilish funksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalarida davlat standartlariga muvofiq sanitariya, gigiyena va salomatlikni mustahkamlash darajasi ustidan tibbiy kuzatuv va nazoratni taʼminlash funksiyasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalarini tashkil etishga amaldagi qonun hujjatlari doirasida har tomonlama koʻmaklashsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab turgan davlat maktabgacha bolalar muassasalarining joylashuvini va bolalar bilan toʻldirilganligini, ularning bir qismini keyinchalik sotish yoki yangidan tashkil etilayotgan maktabgacha bolalar muassasalariga ijaraga berish uchun aniqlab olish maqsadida budjet mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligini puxta oʻrganib chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼminoti muassasalari uchun xaridlarning umumiy hajmini aniqlashda davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalarining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olsinlar va davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tomonidan davlat taʼminoti tizimining savdo korxonalari tarmoqlari, shuningdek chakana savdo tarmoqlari orqali naqdinasiz hisob-kitob boʻyicha mayda ulgurji tartibda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish imkoniyatini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 397-son qaroriga 1-ilovaning 1.2-bandi 3-xatboshidagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish hajmini aniqlashda davlat taʼminoti muassasalari tarkibiga davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari, shuningdek tegishli muassasalar balansida turadigan korxonalar bilan kelishgan holda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan idoralarga qarashli maktabgacha bolalar, oʻquv va davolash muassasalari kiritilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 24-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
313-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami, 2005-y., 40-son, 307-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami, 2017-y., 30-son, 732-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 1-modda)