Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2019 20.10.2016 yildagi PQ-2637-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2019
Hujjat 14.11.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlarini xalqaro norma va standartlarga muvofiq huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, unga xos boʻlmagan va umrini oʻtab boʻlgan vazifalarni bekor qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatiga zamonaviy interfaol davlat xizmatlarini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari hamda boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan oʻtkazish, roʻyxatga olish va hisobga qoʻyishni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat patent fondi va intellektual mulkning rasmiy roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish va olib borish, iqtisodiyotning real sektorining xoʻjalik yurituvchi subyektlari, ilmiy tashkilotlar, olim va mutaxassislarning maʼlumotlardan samarali foydalanishi uchun ularning saqlanishi va foydalanish qulayligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga “bir darcha” tamoyili asosida interfaol davlat xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy intellektual mulk obyektlarini chet elda huquqiy himoya qilishni taʼminlash boʻyicha korxonalar va tashkilotlarga konsultativ va amaliy koʻmak berish, shuningdek intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 61 kishidan iborat yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining yangi Nizomini tasdiqlasin, unda, mazkur qarorda belgilangan uning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlariga muvofiq Agentlikning funksiyalari tubdan oʻzgartirilishi nazarda tutilsin, shuningdek xalqaro huquqiy meʼyorlarga toʻgʻri kelmaydigan, oʻz umrini oʻtab boʻlgan va unga xos boʻlmagan funksiyalar tugatilsin, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlariga boʻlgan avtorlik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, bunda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bern konvensiyasiga muvofiq tegishli asarning yaratilgani fakti boʻyicha avtorlik huquqining yuzaga kelishini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vakolatlarini takrorlamaslik uchun mulkiy huquqlarni koʻpchilik asosida boshqarayotgan tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga litsenziya shartnomalarini roʻyxatga olishning amaldagi mexanizmini takrorlamaslik uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida intellektual mulk obyektlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning hisobini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Iqtisodiyot vazirligi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimizda intellektual mulkni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, uni xalqaro standartlar va talablarga moslashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016-2017-yillarda “Intellektual mulk” axborot tizimi yaratilishini taʼminlasin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patentlarga elektron buyurtmalar berish hamda patent fondining maʼlumotlar bazasini barcha uchun foydalanishi mumkin boʻlgan koʻrinishda shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bir darcha” tamoyili asosida intellektual mulk sohasidagi davlat interaktiv xizmatlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Komissiya 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya (A.N. Aripov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni hamda uni yuqori malakali tashabbuskor, intellektual mulk sohasi masalalari boʻyicha zarur bilim va amaliy tajribaga ega kadrlar bilan butlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-sonli qarorining 2-bandi va 3-bandi birinchi xatboshisi, shuningdek 1 va 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2637-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 45-son, 520-modda)