Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasida sport turlari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2354-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2012-yil 21-mart 270-son “Oʻzbekiston Respublikasida sport turlari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2354, 2012-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 197-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-sentabr,
34-son
Kelishildi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXOBOV
2016-yil 9-sentabr
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2016-yil 9-sentabr
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
2016-yil 9-sentabr
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2016-yil 9-sentabr
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
2016-yil 9-sentabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2016-yil 9-sentabr
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2016-yil 9-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 480-modda)