Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish” aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ–71) qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2194-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 9-dekabrdagi 136-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2194, 2011-yil 10-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ–71) quyidagi mazmundagi 42-band bilan toʻldirilsin:
“42. Uyqusizlik, uzoq vaqt davomida harakatda boʻlish yoxud ish vaqtidagi aqliy vazifalarning katta hajmini bajarishdan kelib chiqadigan dispetcherning toliqishi tufayli parvozlar xavfsizligiga tahlika solinishini oldini olish maqsadida OʻANM havo transporti qatnovini bevosita boshqaruvchi dispetcherlarning ish vaqti grafiklarini ishlab chiqadi.”.
2. Mazkur buyruq “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 3-oktabr,
87-N-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2016-yil 3-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 478-modda)