Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 13.09.2016 yildagi 294-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-fevraldagi 31-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz shahrining tarixiy maydonida qurilayotgan majmualardan samarali foydalanish, ularning tarixiy-arxitekturaviy va turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, milliy hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlashga har tomonlama koʻmaklashish, hunarmandlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-fevraldagi 31-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 8-son, 82-modda) 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Tijorat banklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilarga hamda Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirish uchun jalb etilgan pudrat tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavkalar boʻyicha kreditlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz shahrining tarixiy maydonida qurilgan tadbirkorlik obyektlarini sotib olish uchun tadbirkorlar va hunarmandlarga 15 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkalari boʻyicha kreditlar ajratish tavsiya etilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 13-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 37-son, 431-modda)