Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2021 13.09.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2823
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 13.09.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2823
Kuchga kirish sanasi
19.09.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2021
Hujjat 19.09.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 13-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2823]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 6-fevraldagi 01-02/12-08-sonli “Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2823-2, 04.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-maydagi 239-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashilayotgan tovarlarni bojxona tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais Z. DUSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 19-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/12-58-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 19-avgustdagi 01-02/12-58-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-maydagi 239-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashilayotgan tovarlarni bojxona tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda DBQ YaAAT deb yuritiladi) — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va maʼlumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joʻnatuvchi bojxona posti — tovarning toʻliq turkumi yoki uning qismini bojxona nazorati ostida tashish boshlangan bojxona posti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzil bojxona posti — tovarning toʻliq turkumi yoki uning qismini bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan bojxona posti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat — bojxona hududida bojxona nazorati ostida olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat, garov toʻgʻrisidagi shartnoma, bank kafolati, sugʻurta polisi yoxud kafillik hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli shaxs — chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan yuk joʻnatuvchi, yuk qabul qiluvchi, tashuvchi yoxud boshqa manfaatdor shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni hisobga olish va nazorat qilish DBQ YaAAT orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilinishi uchun vakolatli shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlangandan soʻng Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hududiy boshqarma oʻn kunlik muddat ichida bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobida oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi. Zarur hollarda hududiy boshqarma bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatga aloqador boshqa hujjat va maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan mustaqil ravishda soʻrab olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobida oʻrnatilgan talablarga muvofiq boʻlganda hududiy boshqarma mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan oʻn kunlik muddat mobaynida bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DBQ YaAATga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DBQ YaAATda vakolatli shaxsga avtomatik ravishda identifikatsion raqam biriktiriladi va Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobida oʻrnatilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda hududiy boshqarma mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan oʻn kunlik muddat mobaynida vakolatli shaxsga Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali sabablarini koʻrsatgan holda chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish rad etilganligini maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakolatli shaxs hududiy boshqarmaning chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Chet el tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tashishni boshlashdan oldin, vakolatli shaxs Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalidagi “Chet el tovarlarining harakatiga bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash” interaktiv xizmati orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan, quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq biriktirilgan identifikatsion raqam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasi toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalidagi “Chet el tovarlarining harakatiga bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash” interaktiv xizmati orqali kiritilgan maʼlumotlar DBQ YaAATdagi formatli-mantiqiy nazoratdan ijobiy oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda vakolatli shaxsga har bir avtotransport vositasi boʻyicha identifikatsion kod beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Identifikatsion kod chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish maqsadida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish vaqtida joʻnatuvchi bojxona postiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Identifikatsion kod Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 307-son “Avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarining elektron tarzda oldindan xabardor qilinishini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq elektron tarzda oldindan xabardor qilishda taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. DBQ YaAATda chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlarni bajarishning har bir bosqichida formatli-mantiqiy nazorat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Formatli-mantiqiy nazoratni amalga oshirish natijasida xatoliklar aniqlangan taqdirda avtomatik tarzda vakolatli shaxsga tegishli maʼlumotlar ularni toʻgʻrilash uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish vaqtida yoki elektron tarzda oldindan xabardor qilishda taqdim qilingan identifikatsion kod orqali bojxona posti xodimi tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan DBQ YaAATdagi maʼlumotlarni solishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Solishtirish natijasi boʻyicha maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqliklar aniqlanmagan taqdirda bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilingan holda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Identifikatsion kod va bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta avtotransport vositasiga qoʻllanilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasidan ushbu avtotransport vositasiga nisbatan tovarlarni tashish majburiyatlari bajarilgunga qadar boshqa avtotransport vositasiga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 19-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 37-son, 436-modd; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 10/18/2823-1/2009-son)