23.08.2016 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimiga kiruvchi teleradiokanallar efirini yuqori sifatli tele-radio mahsulotlari bilan toʻldirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Televideniye va radioefirga uzatish uchun jahon ishlab chiqaruvchilarining eng yaxshi asarlari va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish huquqlarini sotib olish yoʻli bilan tomoshabinlar auditoriyasining qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni taʼminlash, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston MTRK deb ataladi) realizatsiya qilishda mutlaq huquqqa ega boʻlgan umumeʼtirof etilgan xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini teleradioefirlarda joylashtirishga litsenziya huquqlarini sotib olish boʻyicha tanlov (tender) savdolarini oʻtkazmasdan, keyinchalik ularni Oʻzbekiston MTRK teleradiokanallarida joylashtirgan holda import shartnomalarini tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston MTRKning tegishli buyrugʻi bilan tashkil etilgan Ijodiy kengashning qarorlari umumeʼtirof etilgan xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini teleradioefirlarda joylashtirish uchun litsenziya huquqlarini sotib olish boʻyicha import shartnomalarini tuzish uchun asos hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston MTRK raisi Ijodiy kengash tomonidan shakllantirilgan xorijiy ishlab chiqaruvchilarning teleradiomahsulotlari roʻyxatini tasdiqlaydi va xarid qilinayotgan teleradiomahsulotlarning milliy urf-odatlar va umumqabul qilingan madaniy qadriyatlarga muvofiqligi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda umumeʼtirof etilgan xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini realizatsiya qilish boʻyicha mutlaq huquqlarga ega boʻlgan teleradioefirlarda joylashtirish uchun litsenziya huquqlarini sotib olishga doir import shartnomalari ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumeʼtirof etilgan xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini realizatsiya qilishda mutlaq huquqlarga ega boʻlgan teleradioefirlarda joylashtirish uchun litsenziya huquqlarini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston MTRKning ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli bank bilan birgalikda umumeʼtirof etilgan xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini teleradioefirlarda joylashtirish uchun litsenziya huquqlarini sotib olish boʻyicha import shartnomalari haqini toʻlash uchun mablagʻlarni belgilangan tartibda xorijiy valyutaga konvertatsiya qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272-son